«Kattato’rtlik» 4. Ichki auditorlarning professionaltashkilotlari
Takrorlash uchun savollar:
Xalqaro auditorlik tashkilotlari deganda nimani tushunasiz?
Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC), Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC), Xalqaro auditorlik amaliyoti qo’mitasi (IAPS)ning faoliyat yo’nalishlari xususida nimalarni bilasiz?
Xalqaro auditorlik kompaniyalari tarkibiga qaysi kompaniyalar kiradi?.
«Katta to’rtlik» tarkibiga kiruvchi auditorlik kompaniyalari deganda nimani tushunasiz?
Price Waterhouse, KPMG, Ernst and Young, Deloitte Touche Tohmatsu International auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari xususida nimalarni bilasiz?
MDHdagi yirik auditorlik kompaniyalarning faoliyati xususida nimalarni bilasiz?
Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir.
Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim. Auditorlik standartlarining quyidagi jihatlari mavjud:
unga rioya qilish orqali auditorlik tekshirishning yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi;
auditorlik tekshirish amaliyotida yangi ilmiy yutuqlarni qo’llash mumkin;
muayyan vaziyatlarda auditorning hatti-harakatini aniqlaydi.
Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi.
Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi.
Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan.
1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan
«Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi.
1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi.
Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (AICPA) katta ta’sir va tashabbus ko’rsatib keladi.
AICPA tomonidan auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik faoliyatiga oid bir nechta standart ishlab chiqildi. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan standartlar 3 ga bo’linadi:
Auditning umumiy malaka va etika standartlari:
Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak (The examinition is to be reformed by a person or persons having adequate technical training and proficience as an auditor).
Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart (In all matters relating to the assignment an independence in mental attitude is to be maintained by the auditor or auditors).
Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. (Due professional care is to be exercised in the performance of the examinition and the preparition of the report).
Ob’ektlarning ish standartlari:
To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim (The work is to be adequately planned and assistans, if any, are to be properly supervised).
Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart (The auditor should obtain a sufficient understanding of the internal control structure to plan the audit and to determine the nature, timing, and extent of tests to be performed).
Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig’ish (Sufficient competent evidentual matter is to be obtained through inspection, observation, inquires and confirmations to afford a reasonable basis for an opinion regarding the financial statements under examination).
Xulosa standartlari:
Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi (The report shall state whether the financial statements are presented in accordance with generally accepted accounting principles).
GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak (The
report shall identify those circumstances in the current period in relation to the preceding period).
Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa. (Informative disclosures in the financial statements are to be regarded as reasonably adequate unless otherwise stated in the report).
Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak (The report shall either contain an expression of opinion regarding the financial statements, taken as a whole, or an assertion to the effect that an opinion coannot be expressed. When an overall opinion cannot be expressed, the reasons therefore should be stated. In all cases where the auditor`s name is assotiated with the financial statements, the report should contain a clearcut indication of the character of the auditor`s examination, if any, and the degree of responsibility he is taking).
AICPA tomonidan qabul qilingan umumqabul qilingan standartlar auditorlik faoliyatining umumiy tamoyillarini, auditorlik kasbining umumiy yo’nalishlarini va auditor faoliyatining asosiy jihatlarini belgilab berdi. Yuqorida sanab o’tilgan standartlar asosida keyinchalik xalqaro auditorlik standartlari ishlab chiqildi.
Auditning barcha standartlari quyidagi qismlardan tashkil topadi:
Umumiy qoidalar;
Standartda foydalaniladigan asosiy tushuncha va qoidalar;
Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auduting – ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International Federation Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo’yicha Xalqaro Komitet – AAXK (International Auditing Practice Committe) tomonidan ishlab chiqiladi. IFAC 1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan. Ushbu Federatsiyaga dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham, milliy buxgalterlik jamoat tashkilotlari a’zo bo’lib kirgan.
Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va puxta bilimga egalik (kompetentlilik).
Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo’yicha 100 ta raqam (pozitsiya) berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo’lgani uchun jami 1100 standart ishlab chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj bo’lmaganligi sababli ularning ko’pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan,
«Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak, rejalashtirish masalalari bo’yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Bizga ma’lum bo’lgan manbalar asosida Auditning Xalqaro Standartlarini va ularning qisqacha mazmunini quyidagi jadval ko’rinishida keltiramiz.
Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi:
audit bo’yicha xalqaro me’yorlar;
IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining komitetlari orqali tashkil
etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti bo’yicha komitet, o’qitish bo’yicha komitet, etika (axloq) bo’yicha komitet, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha komitet, rejalashtirish bo’yicha komitet, jamoat sektori bo’yicha komitet va boshqalar kiradi.
Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi.
Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega.
Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil topadi: standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo’llanish sohasi, muammo tahlili va boshqalar.
Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi:
Auditning umumiy standartlari;
Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditning asosiy tamoyillari
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyatidir. Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi:
Auditni rejalashtirish Auditorlik isbotlash Auditni hujjatlashtirish
Audit davomida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash
Buxgalteriya hisobotida o’zgarishlar bo’lganida auditorning hatti-harakati
Ekspert xizmatidan foydalanish Auditorlik tanlash
Audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ekt rahbariga auditorning yozma axboroti.
Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi:
Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi
Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish.
Maxsus standartlarga quyidagilar kiradi:
Bank auditi bo’yicha maxsus standartlar
Sug’urta faoliyati auditi bo’yicha maxsus standartlar Bojxona auditi bo’yicha maxsus standartlar.
Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi mumkin. Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.