«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi


Tekshirish o’tkazishda shartnoma



Yüklə 166,56 Kb.
səhifə21/55
tarix18.12.2022
ölçüsü166,56 Kb.
#76152
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi (1)

Tekshirish o’tkazishda shartnoma


Auditorlik xizmatini ko’rsatish bo’yicha 2 tomon o’rtasidagi shartnoma boshqa fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farq qiladi. Mijoz bilan auditor o’rtasidagi o’zaro munosabat shartnoma asosida tartibga solinadi.
Shartnomada quyidagilar ko’rsatiladi:

  • xizmat ko’rsatish haqida tushuncha;

  • shartnomani bajarish tartibi;

  • xizmat haqi;

  • tekshiruv natijasining muvaffaqiyatli bo’lmasligi;

  • shartnomani bajarishda bir tomonning bosh tortishi paytida tomonlarning majburiyati.

Xizmat ko’rsatish haqida tushuncha. Ko’pgina hollarda auditorlik tekshiruvidan maqsad auditorlik xulosasini olish bo’lib hisoblanadi. Masalan, majburiy auditorlik tekshiruvida soliq inspektsiyasiga hisobot taqdim etish uchun, ochiq turdagi hissadorlik jamiyatining aktsiyalari emissiya prospektini tasdiqlash uchun auditorlik xulosasi kerak bo’ladi;
Shartnomani bajarish tartibi. Bunda tomonlarning shartnoma bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi va unga amal qilishi tushuniladi. 3-shaxsni shartnomani bajarishga chaqirish buyurtmachining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Xizmat haqi. Agar auditor salbiy auditorlik xulosasini bersa ham, unga shartnomada ko’zda tutilgan haq berilishi lozim.
Tekshiruv natijasining muvaffaqiyatli bo’lmasligi. Agar ikkala tomon ham tekshiruv muvaffaqiyatsiz chiqishida sababchi bo’lmasa, u holda buyurtmachi auditorning xarajatlarini qoplashi lozim.
Shartnomani bajarishda bir tomonning bosh tortishi paytida tomonlarning majburiyati. Agar buyurtma buyurtmachi tomonidan bajarilmasa, u holda auditor xizmatiga to’liq haq to’lanadi, agarda auditor tomonidan buyurtma bajarilmasa, buyurtmachi faqat auditorning haqiqiy xarajatlarini qoplaydi.
Auditorlik shartnomasida quyidagilar muhim hisoblanadi:

  1. Shartnoma bo’yicha ish bajarilishining o’z vaqtidaligi. Shartnomada odatda ish bajarishning boshlang’ich va oxirgi muddatlari ko’rsatiladi. Tomonlarning kelishuviga binoan ish bajarishning alohida bosqichlari muddatlari ham ko’rsatilishi mumkin. Shartnomani bajarishning boshlang’ich va oxirgi muddatlariga javobgarlik auditorlik firmasi tomonida bo’ladi. Agarda mijozning hisobotlari tayyor bo’lmasa va boshqa hollar yuz bersa, shartnomada «suzib yuruvchi» muddatlar ko’zda tutiladi.

  2. Hujjatlarning saqlanuvchanligi. Hujjatlarning saqlanishiga odatda mijoz javobgar bo’ladi. Agar tekshirish auditorlik firmasining yordamchi manzilgohlaridan o’tsa, u holda auditorlik firmasi hujjatlarning saqlanishiga javobgar bo’ladi. Auditorlik tekshiruvida foydalanilgan hujjatlarning mijozga qaytarilishiga auditor javobgar bo’ladi.

  3. Shartnomani bajarish vaqtida buyurtmachining huquqlari. Auditorlik tekshiruvi davomida mijoz korxonaning bosh buxgalteri va rahbari auditorning ishiga aralashmasligi kerak. Agar auditor tekshiruvga o’z vaqtida kelmasa va tekshiruv muddatini uzaytirsa, u holda mijoz shartnomani bajarishni rad qilishi mumkin.

  4. Buyurtmachining hamkorligi. Mijoz korxonaning ma’muriyati auditorga tekshirish o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligini ta’minlashda sharoit yaratib berishi zarur. Auditor inventarizatsiya o’tkazishda, hujjatlarni yig’ish va to’plashda va boshqa hollarda mijoz tashkilotdan yordam so’rashi mumkin.

  5. Tomonlar ma’lumotlarining maxfiyligi. Bunday axborotdan foydalanish tartibi va shartlari shartnomada belgilangan bo’ladi.

  6. Tekshiruv sifati past bo’lganda auditorning majburiyati. Agarda auditor tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilsa, u holda mijoz auditorning xizmat haqini pasaytirishi mumkin. Agarda auditor sifatsiz tekshiruv o’tkazsa va mijozga, davlatga zarar etkazsa, u holda sud yoki arbitraj orqali:

  • xarajatlarni to’liq qoplashi;

  • qayta tekshiruvni auditorlik firmasi hisobidan amalga oshirish;

  • jarima solish kabi hukmlar chiqariladi.

  1. Auditor tomonidan bajarilgan ishning buyurtmachi tomonidan qabul qilinishi. Buyurtmachi auditor bilan birgalikda bajarilgan ish natijasini muhokama qilish va qabul qilishga majbur. Agar tekshiruv natijasiga ko’ra kamchiliklar aniqlangan bo’lsa, u holda mijoz ularni qisqa muddat ichida to’g’rilashi lozim.

  2. Ishning sifati. Auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati shartnomaga muvofiq bo’lishi lozim. Bunda auditor ma’suliyatni o’z zimmasiga oladi.

  3. Ish sifati past bo’lganda uni to’g’rilash muddatlari. Agarda ish sifati past bo’lsa, uni to’g’rilash muddatlari ish natijasi topshirilgan kundan boshlab 2 yil ichida qilinadi. Agar yuqori organlar tomonidan talab qilinsa, to’g’rilash muddati 1 yildan iborat bo’ladi.

  4. Ish natijalarini qo’llashning shartlari va chegaralari. Shartnomada boshqacha tartib ko’zda tutilmagan bo’lmasa, u holda buyurtmachi va buyurtmani bajaruvchi ish natijalaridan o’z maqsadlari uchun foydalanishlari mumkin.

Intellektual ijod natijalari bo’yicha haq. Tomonlardan biri intellektual ma’lumotlarni saqlashi lozim. Ko’p hollarda ushbu ma’suliyat mijozga tushadi.



      1. Yüklə 166,56 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin