auditorlarning mustaqilligi, kasb mahorati va kompetetliligini ta’minlashi;
auditorlar uchun zarur harakat erkinligini ta’minlash;
auditning yozma dasturidan foydalanish.
Kuzatuv:
auditorlar ishini joriy nazorat qilishni ta’minlash;
monand harakatlarning qilinishi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobiga oid muammoli masalalarni bilish.
V) Tekshirish:
-uning andozalariga muvofiq bajarilishi, hujjatlarning etarliligi, auditorlik tekshirish maqsadlariga erishilishini ta’minlash uchun auditorlar tomonidan amalga oshirilgan jami ishlarning tekshirilishi.
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagi unsurlar mavjudligi asosida amalga oshiriladi:
G) Mustaqillik.
Qoida va jarayonlar barcha darajalardagi xizmat ko’rsatuvchilar o’z mustaqilliklarini saqlab qolishlariga asosli ishonchni ta’minlashi lozim. Ushbu talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkilotlari bir yilda bir marotaba o’z mijozlari ro’yxatini tarqatishi va o’z xizmatchilaridan mustaqillik to’g’risidagi arizani imzolashlarini talab qilish mumkin.
Xizmatchilarga topshiriqlar.
Qoida va jarayonlar ish maxsus tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishiga asosli ishonchni ta’minlab berishi kerak. Mazkur talabning bajarilishi uchun auditorlik tashkiloti ishni o’z xizmatchilari uchun zarur topshiriqlarning oldindan aniqlab olishi mumkin bo’lgan holda rejalashtirib olishi kerak bo’ladi.
Maslahatlar.
Qoida va jarayonlar auditorlik tashkilotining xizmatchilari texnikaga oid masalalar bo’yicha yaxshi xabardor bo’lgan va obro’li shaxslardan yordam olishga intilishlari mumkinligiga asosli ishonchni ta’minlab borishi lozim. Ushbu talabning bajarilishi yo’lida auditorlik tashkilotlar audit, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritish, soliqqa tortish, maslaxat hizmatlari kabi soxalar bo’yicha auditorlik tashkilotini ekspertlar sifatida ma’lum bir shaxslarni tayinlashi mumkin.