Qoida va jarayonlar auditor ish sifatini nazorat qilish samarali olib borilayotganligi to’g’risidagi asosli ishonchni taminlab berishi kerak. Mazkur talabning bajarlishi uchun har bir xizmatchi vazifalarining bajarilishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa sherik yoki xizmatchi tomonidan amalga oshirilishi kerak bo’ladi. Ma’muriy ishlar va xizmatchilar tomonidan yuritiladigan ishlarni ham nazorat asosida tekshirib chiqilishi lozim. Auditorlik tashkiloti tomonidan hujjatlar
asosida nazorat qilish natijalarini tasdiqlovchi tavsiyanoma beradi. Hujjatlar shakli va xajmi auditorlik tashkiloti hajmiga, funktsional bo’limlar soni, faoliyat tusi va boshqa omillarga bog’liq.
Hamkor yoki hamkorlar.
Hamkor yoki hamkorlar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hajmidan kelib chiqqan holda mazkur auditorlik tashkilotida amal qilib kelayotgan sifat ustidan nazorat qilish tizimi samaradorligi uchun javobgar bo’lishlari kerak. Maqsad bunday nazorat qilish qoida va jarayonlari, vazifalarning taqsimlanishi va xizmatchilarga belgilangan qoida va jarayonlarning ma’lum qilinishi xuddi avvflgidek o’z maqsadiga qanchalik javob berishini amaliyotining o’z vaqtida aniqlab olinishidan iborat.
Auditor ishi sifatini nazorat qilishining qoida va jarayonlari tusi va miqiyoslari quyidagi shartlarga bog’liq.
Auditorlik tashkilotning hajmiga;
Auditorlik tashkilotlari va funktsional bo’linmalari xizmatchilarining mustaqillik darajasiga;
Ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi, yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari auditi kabi uning kompanentlarining e’tiborga olgan holdagi amaliy faoliyat mohiyatiga;
buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatini tahlil qilish sohasidagi xizmatlar;
foyda solig’i hajmlarini aniqlash bo’yicha xizmatlar;
o’zaro auditning o’tkazilishi bo’yicha majburiyatlariga.
olingan foydaga oid auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlarini ishlab chiqish va qo’llanishi bilan bog’liq chiqimlar darajasiga.
Auditorlik tashkiloti tomonidan auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlarning belgilanishi chog’ida u quyidagi choralarni ko’rishi lozim:
auditor ishini nazorat qilish qoida va jarayonlarining amalga oshirilishi bo’yicha malakali xizmatchilar o’rtasida vazifalarni taqsimlashi;
auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlarini xizmatchilarga etkazish;
auditor ishi sifatini nazorat qilish tizimi samaradorligini qoida va jarayonlarining avvalgidagidek ularning qo’llanish usullari va xizmatchilarga
etkazilishi amaliyotiga javob berish-bermasligini aniqlash maqsadida tekshirib ko’rish.
Auditor ishi sifatini nazorat qilish qoida va jarayonlari yozma shaklda bayon qilinishi shart emas. Ular xizmatchilarning ishga qobul qilinishi chog’ida og’zaki ravishda ma’lum qilinishi va auditorlik tashkiloti umumiy yig’ilishida, bir yilda bir marotaba takrorlanishi mumkin.
Shu bilan birgalikda auditor tashkilotlari o’z qoida va jarayonlarini hujjatlar asosida mustahkamlab borishlari tavsiya etiladi. Hujjatlarning turi va hajmi, eng avvalo, auditorlik tashkiloti hajmiga va uning faoliyat tusiga bevosita bog’liq hisoblanadi.
Audit sifatini nazorat qilish bir necha darajada bo’ladi:
Davlat tomonidan auditorlik faoliyatini nazorat qilish (litsenziya berish, bekor qilish);
Auditorlik kompaniyasining etakchi auditorlari ustidan nazorat:
muayyan mijozlarni tekshirishda dasturga asoslanganligini tekshirish va muhokama qilish;
auditorning Axloq kodeksiga qattiq rioya qilishini ta’minlash;
auditorlik kompaniyasining doimiy mijozlarini tekshirishda etakchi auditorlar smenasiga e’tibor berish.
Auditorlik kompaniyasining assistentlari ustidan nazorati.
5-standart barcha auditorlik tashkilotlarida mavjud bo’lishi lozim bo’lgan audit sifati nazorati tizimini funktsiyalashtiruvchi va tashkil etuvchi birdan bir talablarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bunday tizimning tarkibi va xususiyatlari bir qancha faktorlardan iborat:
auditorlik tashkilotining hajmi (xodimlar soni),
auditorlik tashkilotining ixtisosligi,
auditorlik tashkilotining tashkiliy strukturasi,
auditorlik tashkilotining tarkibiy tashkilotlarining mavjudligi va uning territorial ajratilishi,
sifat nazorati tizimining iqtisodiy samaradorligi.
Sifat nazorati ta’minlash borasidagi tashkiliy ishlar auditorlik tekshiruvidan oldin amalga oshirilishi kerak. Auditorlik tashkiloti xodimlarining, ya’ni auditorlar, ekspertlar, mutaxassislar malakasining yuqori darajada bo’lishini ta’minlashi zarur. Buning uchun birinchi navbatda kadrlarning maxsus protsedurasi ko’zda tutilishi lozim. Ayniqsa, ishga qabul qilish jarayonida malaka imtihonlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Imtihonlar (misol uchun, buxgalteriya hisobi, soliq, audit savollari bo’yicha testlar) bir qancha bosqichlarda amalga oshirilishi lozim.
bosqichda ishga kiruvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda unga mos ravishda lavozimni egallashi uchun test o’tkaziladi.
bosqichda aniq lavozim uchun bilim darajasini aniqlashtirish maqsadida mukammallashtirilgan testni o’tkazish mumkin. Imtixonlarni test shakli bilan birgalikda suhbat tarzida o’tkazish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilar muhimdir:
ishga kiruvchi auditorlik faoliyatining mohiyati, auditorlik tashkilotlari mijozlarning huquq va majburiyatlari deganda nimani tushunadi;
nostandart vaziyatlarda ishga kiruvchining xarakatlari;
ishga kiruvchining nazariy va amaliy malakasi;
yangi ish joyi bilan bog’liq kelajakdagi rejalari;
komandirovkali ishlarga tayyorligi;
xizmat majburiyatlarini bajarishga ta’sir etishi mumkin bo’lgan oilaviy sharoitlari qandayligi.
Hozirgi kunda suhbatga malakali psixologlarni taklif qilish ham maqsadlidir. Har bir mutaxassis uchun oldingi ish malakasidan qat’iy nazar sinov muddatini berishi lozim. Chunki ushbu tashkilot uchun uning malakasi muhim ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Bulardan tashqari tashkilotda xodimlarni malakasini oshirish maqsadida qayta attestatsiyalashning doimiy ravishda amal qiluvchi tizimi bo’lishi lozim. Tashkilotda ichki seminarlarni tematikasi va uni o’tkazish grafigi tasdiqlangan bo’lishi lozim. Xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha ishlar puxta rejalashtirilgan va yaxshi tashkillashtirilgan bo’lishi darkor. Kichikroq tashkilotlarda bunday ishlar bir xodimga, katta tashkilotlarda esa maxsus bo’linmaga yuklatilgan bo’ladi.
Amaliyotni ko’rsatishicha g’arbiy auditorlik tashkilotlarida ichki firma seminarlarini o’tkazish va unga tayyorgarlik ko’rish tashkilot xodimlarining majburiyatlari hisoblanadi. Bunday ishlarni mukammalligi va sifati xizmat zinapoyalari bo’yicha ko’tarilishda e’tiborga olinadi. Shuning uchun barcha xodimlar bunga puxta tayyorlanadilar.Avval mutaxassis tematikasini va qaysi guruh tinglovchilari uchun mo’ljallangan ekanligini e’lon qiladi. Tematika firma raxbariyati tomonidan tasdiqlanganidan so’ng mutaxassis o’qituvchi va tinglovchilar uchun materiallar tanlaydi va ularni kerakli bo’limga taqdim etadi. Ana shu jarayonlarni barchasi amalga oshirilgandan so’ng seminar o’tkaziladi.
Har bir auditorlik tashkiloti mijozlarni tanlash yoki ulardan voz kechishdek doimiy tadbirlar qo’llashi zarur. Ushbu tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:
auditorlik tashkilotining to’la mustaqillikka amal qilishini zaruriyati;
auditorlik tashkilotiga tekshiruv o’tkazish va buxgalteriya hisobotining haqqoniyligi haqida fikrlarni shakllantirish jarayonida 3-shaxslar tomonidan bo’ladigan bosimni neytrallashtiradi;
malakali auditni o’tkazish uchun auditorlik tashkilotlarida zarur resurslarning mavjudligi;
auditorlik tashkilotining mutaxassislari avvalambor, mustaqillik, haqqoniylik,ob’ektivlik, professionallik tamoyillariga asoslanishi lozim.
Audit jarayonida bajariladigan ishlarning sifati tekshiruv ishiga yo’naltirilgan nazorat orqali amalga oshiriladi.
Bosh auditor va tekshiruv ishtirokchilariga yo’naltirilgan farmoyishlar tarkibi quyidagi ma’lumotlardan iborat:
ushbu mutaxassislarning majburiyatlari to’g’risida;
mutaxassislar tomonidan bajariladigan protseduralarning maqsadi to’g’risida;
auditorlik jarayoniga ta’sir etuvchi buhgalteriya hisobi va audit bo’yicha muammoli savollarning mavjudligi to’g’risida.
Joriy auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayoni auditorlik guruhi ishtirokchilari har bir mutaxassisga yuklatilgan ishlarning sifati va ular qanchalik farmoyishlarni tushunib etganligiga e’tibor berishlari zarur.
Auditorlik tashkilotlarida nostandart hodisalar aniqlangan sharoitda mutaxassislarning harakati tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi lozim; misol uchun xodimlarning tezkor konsultatsiyasi.
Har bir ijrochining ish natijasini yuksak professional darajadagi xodimlar tomonidan tekshiriladi.
Tekshiruvchi asosiy e’tiborni quyidagi jarayonlarni aniqlashga qaratadi:
audit umumiy reja va dastur asosida amalga oshirilganligi;
audit jarayonida barcha maqsadlarga erishilganligi;
audit o’tkazish paytida aniqlangan farqlanishlar auditorlik xulosasida izohlanganligi;
auditorlik xulosasining asoslanganligi;
bajarilgan ishlar va ularning natijalari ish hujjatlarida kerakli tarzda aks ettirilganligi.
Auditorlik tashkilotlarida ish natijalari turli xil sxemalar tarzida ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Albatta, ish natijalari bo’yicha hujjatlashtirish «Hujjatlashtirish» nomli 230-son XAS asosida amalga oshirilishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi natijalarini sifat nazorati usullaridan biri mijozning taqriz va murojaatlarini o’rganish hisoblanadi.
Aytib o’tish lozimki, audit natijalarining sifatli nazoratini faqat ish tugagandan so’ng emas, balki ish jarayonida ham o’tkazib turish kerak.
Audit o’tkazish jarayonida ishning sifat nazorati uchun javobgar xodimlar doimiy ravishda quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
umumiy reja va audit dasturini bajarilishi jarayonini kuzatish;
ichki xo’jalik xatari, nazorat vositalari xatari va aniqlamaslik xatari darajasini baholash;
audit jarayonida olingan audtorlik isbotini hujjatlashtirilishini kuzatish;
tekshiruvlar jarayonida shakllangan xulosalarning to’g’riligini tekshirish;
audit paytida topilgan farqlanishlarni topish va baholash.
Auditorlik tashkilotining professional hodimlarining audit jarayonida bajaradigan vazifalari quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
Auditorlik tashkilotining rahbarlari;
Auditorlik tekshiruvining rahbarlari;
V) Bosh auditorlar;
G) Auditorlik tekshiruvining ishtirokchilari.