PIRLS tadqiqotlarida ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egalladi Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unda ilk bor qatnashgan O‘zbekiston 57 davlat orasida o‘rtacha balldan pastroq natijani qayd etib, 49-o‘rinni egalladi. PIRLS natijalari haqida batafsil.
КириллчадаKecha, 15:47 Jamiyat Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achievement) 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholaydigan PIRLS tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Xalqaro miqyosda beshinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro dasturda O‘zbekiston ham ilk bor ishtirok etdi.
Tadqiqot 2021-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston PIRLS dasturi uchun qabul qilingan o‘rtacha balldan (500) sezilarli past (437 ball) natija qayd qilgan va 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egallagan.
Tadqiqotda qatnashgan ayrim davlatlarning o‘rinlari va o‘rtacha ballari: