,,Al jabr’’ matni asosida mantiqiy topshiriqlar.
Riyoziyot olimi Al-Xorazmiydan inson haqida so‘rashdi. Olim shunday deydi; Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa u 1 ga teng agar inson husn sohibi bo‘lsa birning yoniga 0 ni qo‘shamiz, 10 bo‘ladi, agar inson boy bo‘lsa yana bir nolni qo‘shamiz -100 bo‘ladi. Agar nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘shamiz - 1000 bo‘ladi. Agar 1 raqami yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib, nollarning o‘zi qoladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida inson kapitalini shakllantirish asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va ularni hayotga tadbiq etish yo‘llari atroflicha belgilab berildi. Jumladan unda mamlakatimizning
2030 - yilga kelib PISA o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur reytingda jahonning 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishga erishish vazifasi qo‘yilgan.
1-usul –“10 x 10” yoki o‘ntalikni top deb nomlanadi. Bunda o‘quvchilar berilgan savollarga 10 ta variantdagi javob keltirishlari talab etiladi. Bu usul o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, so‘z boyligini oshiradi, sinonim so‘zlardan foydalanish mahoratini shakllantiradi, zehnining o‘tkir bo‘lishi va har bir narsaga diqqat bilan qarashiga o‘rgatadi.
7 kichik guruhlarda ishlaymiz.
Asarning bosh qahramoni kim ?
Unga 10 ta ta’rif bering. Masalan: Asarning bosh qahramoni Inod. 1. oilasidan ayrilgan inson .
2 . Mehribon muallim. 3. Jonkuyar jafokash kishi . 4. Sabr- toqatli , itoatkor shaxs. 5. Yaxshi uloq chopadigan. 6. Oilasiga va otiga vafodor . Ishonuvchan. 8. Kimsasiz kishi. 9. Xotiralari bilan yashaydigan. 10. Odamovi yigit. 11. Taqdirga tan beruvchi , kurasha olmaydigan obraz.
Kichik guruh. Asarning ikkinchi darajali qahramonlari kimlar?
Ularga 10 ta ta’rif bering. Asarning ikkinchi darajali qahramonlari Egamberdi Xudoyberganov va Bo’riboy. Egamberdi -1. Kichik letenat . 2. Rahmsiz va insofsiz odam. 3. Nafsning quli. 4. Poraxo‘r. 5. Yolg‘onchi razil kishi. 6.Qorabayir otning o‘limiga sababchi inson. 7. Sigir va qo‘yga ham qanoat qilmaydigan o‘g‘ri. 8. Qo‘rqoq odam. 9. Qo‘shnisi. 10. Maktab qorovuli.
Muhokama va Natijalar.
Yuqorida keltirilgan usullar yordamida berilgan hikoya o‘quvchilar tushunchasini kengaytiradi, asarni tahlil qilishga yordam beradi. O‘rtoqlarning fikrlarini umumlashtirish, jamlash va xulosa chiqarish ko‘nikmasini shakllantiradi. Endi e’tibor qilaylik, PISA xalqaro tadqiqot topshiriqlari darajalariga qanday talablar qo‘yiladi?
- Topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan intellektual va fikrlash qobilyatiga ko‘ra ular uchta kognitiv darajaga ajratiladi.
1.Quyi daraja –bir bosqichli amallar.
2.O‘rta daraja- hodisalarni tavsiflash.
3.Yuqori daraja- murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish.
Shu talablarga tayanadigan bo‘lsak, biz yuqorida hikoyaning tahlili uchun qo‘llagan usullarimiz xalqoro baholash tizimi qoidalariga imkon qadar javob bera oladi, deb o‘ylaymiz. Bundan tashqari, tahlillar o‘quvchini kitobni sevishga, qiziqarli asarlarni ko‘proq o‘qishga turtki bo‘ladi. Chunki, kitob o‘qigan sari uning ongi o‘sadi, hayotga qarashi o‘zgaradi, tafakkur doirasi kengayadi va eng asosiysi, nutqi rivojlanadi .
Xulosa tariqasida shuni ta’kidlash joizku, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar yangilanish adabiyotning o‘zida ham uning o‘qitish sohasida ham yangilanishlarni, yangicha yondashuvlarni taqozo etgani aniq. Bu narsa ta’lim metodlaridan boshlab o‘qituvchi va o‘quvchining munosabatlarigacha, o‘quv dasturlari darsliklardan boshlab adabiyot darslarini tashkil etishgacha bo‘lgan muomalarning barchasiga bir xilda daxldor bo‘lib turadi. Bugun axborotlar oqimi shiddat bilan kuchayib, borayotgan kompyuter va umuman texnika olami inson hayotida tobora kengroq va mustahkam o‘rin olib borayotgan bir zamonda kitob o‘qish kitobxonlik muammosining yanada dolzarb kasb etishi sir emas zero, kitob va kitobxonlik inson ma’naviy olamning ajralmas qismi ekan, kitob o‘qishni o‘rganish, kitobxon ma’naviyatni shakllantirish ta’lim – tarbiya jarayonidagi eng asosiy vazifa bo‘lib qolaveradi.
O'zbekistonning nomi 57 ta davlat va 8 ta iqtisodiyotlar qatnashgan PIRLS 2021 yirik xalqaro tadqiqoti ishtirokchilari qatoridan o'rin oldi.
Ta‘kidlash joizki, yurtimizdagi ijobiy islohotlar doirasida Hukumat qaroriga asosan Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari milliy markazi tashkil etilib, xalqaro IEA tashkiloti bilan olib borilgan to'rt yillik chora-tadbirlar natijasida ushbu xalqaro tadqiqotda O'zbekistonning ishtirokini ta'minlashga erishildi.
Ushbu tadqiqot orqali boshlang'ich ta'lim sifatini xalqaro darajada solishtirish, oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi boʻyicha natijalarini taqqoslash, ota-onalar va o'qituvchilarning roli, farzandlarning taʼlim olishlari uchun maktab va uydagi sharoitlar boʻyicha atroflicha ilmiy asoslangan va ishonchli maʼlumot olish imkoniyatlari paydo boʻldi.
Mazkur 5 yilda o'tkaziladigan tadqiqotning keyingi 2026-yildagi davriyligida ishtirok etish orqali mazkur sohalardagi o'zgarishlarni kuzatib borish mumkin bo'ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/17/pirls/
Dostları ilə paylaş: |