“Xalqaro bank ishi va moliya” фани 1-mavzu. Globalizatsiya va xorijiy firmalar. Xalqaro valyuta tizimlari



Yüklə 45,12 Kb.
səhifə6/12
tarix07.01.2024
ölçüsü45,12 Kb.
#209747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Xalqaro bank moliya (1)

3. Global transmilliy banklar butun Jahon boʼylab keng tarqalgan filiallari va ―shoʼʼba‖ banklari mavjud. Ulardan har biri Jahonni barcha moliyaviy markazlarida amal qiladi va global miqѐsda oʼz mijozlariga kompleks moliyaviy xizmatning barcha turlarini koʼrsatishadi. Odatda, ularning mijozi turli davlatlarning hukumatlari va yirik transmilliy kompaniyalar (TMK) hisoblanadi.
Bu guruhga, odatda, oʼrta hisobda 100 bank kiradi. Ularning birinchi oʼntasi,
milliardlab shaxsiy kapitaliga ega va ularni tarkibi quyidagi jadvalda
koʼrsatiladi:
Jahonda oʼta yirik aktivga ega boʼlgan transmilliy banklar
(TMB) (mlrd. dollarda)
Jahonda aktivining miqdori jihatidan oʼta yirik boʼlgan roʼyhatdagi 100 ta
global bank va moliyaviy kompaniyalarning ikkita birinchi oʼrnini Yaponiya kompaniyasi egallaydi, ular qoʼshilish natijasida tashkil topgan: Mizuho Holdings va Sumitomo Mitsui Banking. Bu roʼyhatda jami boʼlib 11 oʼrinni yapon kompaniyalari egallagan.
Shuningdek bu roʼyhatda Yevropa moliyaviy kompaniyalarining oʼrni 53 taga
yetdi. Shundan 11 tasi – Buyuk Britaniyada, 9 tasi – Germaniyada va 8 tasi – Frantsiyada joylashgan.
Yevropaning eng yirik moliyaviy kompaniyasini nemislarni Deutsche Bank va Allianz kompaniyalari tashkil etadi.
Аmerika moliya kompaniyalari ushbu roʼyhatdan 26 ta oʼrinni egallagan.
АQShning eng yirik kompaniyasi Citugroup hisoblanadi va roʼyhatda uchinchi oʼrinni egallagan. Sakkizinchi oʼrinni J.P. Morgan Chase egallagan, u J.P. Morgan Chase va Chase Manhattan kompaniyalarining qoʼshilishi natijasida paydo boʼlgan. Bu global banklarni ulushiga bank aktivlarini yarmiga yaqini toʼgʼri keladi.
4. Yirik transmilliy banklar moliviy markazlarda va Ofshor zonalarda oʼzining vakolatxonalari, filiallari ѐki ―shoʼʼba‖ banklarini ochishgan. Yirik transmilliy va global banklar ѐki umuman turli xil guruhdagi tijorat banklari oʼrtasidagi chegara ѐki tafovut juda koʼp va ular ancha chalkash hamdir. Global va transmilliy banklar qatoriga 500 taga yaqin banklarni qoʼshish mumkin, ular barcha bank aktivlarining 85 %ini nazorat qilishadi. 13 ta yirik moliyaviy markazlarda hozir 1000 taga yaqin global va transmilliy banklarning filiallari va vakolatxonalari ishlab turibdi, ularning koʼpchiligi rivojlangan davlatlarda joylashgan.
5. Milliy banklar asosan oʼz davlatlarining teritoriyalarida amal qiladi. Gohida ular xorijiy davlatlarda vakolatxonalari va filiallarini ochishadi, bir soʼz bilan aytganda, bular ham nisbatan uncha katta boʼlmagan transmilliy banklar hisoblanadi. Xorijiy davlatlarda bir-ikki vakolatxonasi ѐki filiali boʼlgan banklar milliy banklar guruhiga kiradi. Transmilliy banklar soni unchalik kata emas. Misol uchun, Аmerikadagi 15 ming banklari ichida 150 tasi (ѐki jami banklarni 1 %i) transmilliy hisoblanadi. Milliy banklar, belgilangan tartibga asosan xorijiy banklar bilan keng korrespondentlik tarmogʼiga ega boʼlishadi.
i.
6. Oʼrta va kichik regional, tarmoq va ixtisoslashgan banklar, odatda, oʼzining regioni ѐki tarmogʼi doirasida amal qiladilar. Koʼp hollarda bu banklar xalqaro valyuta bozorlariga va Yevrobozorga mustaqil ravishda chiqishmaydi. Bu guruhdagi banklar barcha milliy banklar bilan va koʼrgazma uchun xorijiy banklar bilan korrespondentlik munosabatlarini oʼrnatgan boʼlishadi. Jami boʼlib rivojlangan davlatlarda 28 mingtaga yaqin banklar boʼlsa, shundan katta qismi shu guruhdagi banklar qatoriga kiradi.
7. Ofshor banklar dunѐ bank tizimida yana bir muhim guruhni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ular juda keng tarqalgan. Ularsiz transmilliy banklarning operatsiyalarining birontasi ham amalga oshirilmaydi. Ofshor banklar, ofshor kompaniyalari singari oʼz oldilariga maqsad qoʼyib tuziladi. Ulardan eng asosiysi –soliq toʼlanishini minimallashtirish.

Yüklə 45,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin