1.3. Banklarning korrespondentlik munosabatlari va bank hisob-kitoblari texnologiyasi Korrespondentlik munosabatlari deganda banklarning ma’lum rejimda informatsiyalarni almashishi, hisob-kitob raqamlarini ochish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga kelishib olishlar tushuniladi. Korrespondentlik kelishuvi ikki tomonlama shartnoma shaklida yoki hatlarni almashish yo‘li bilan tuziladi. Korrespondentlik munosabatlari hisob-kitob raqami ochmasdan ham amalga oshirilishi mumkin, unda ishlar informatsiya almashish bilan chegaralanadi xolos. Banklarning korrespondentlik hisob raqami rejimi korxonalarni hisob kitob raqami rejimi singari joriy hisob raqami hisoblanadi. Korrespondentlik munosabati o‘rnatilganda, banklar bank nomidan hujjatlarni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning imzo nusxalari hamda elektron imzo va elektron usulda hujjatlarni yetkazishda imzo o‘rniga ishlatiluvchi pul o‘tkazish (teleks) kaliti bilan almashadilar. Korrespondentlik munosabati o‘rnatilgan har bir bank uchun, odatda, maxsus dose ochiladi hamda unda barcha zarur hujjatlar saqlab boriladi. .
Xorijiy banklar tomonidan mahalliy banklarda talab qilib olinguncha
depozitlar hisobi, loro hisobi (italyanchadan loro ular) deb atalish qabul
qilingan. Ba’zi bir davlatlarda bu hisoblar vostro hisobi (italyanchadan vostro
sizning) hisobingiz deb ataladi. Rivojlangan davlatlarning yirik banklari boshqa
davlatlarni banklariga tegishli bir qancha loro hisoblarini ochib unga xizmat
ko‘rsatadilar. Yirik banklar uchun, loro hisobini ushlab turish, ya’ni bu depozit
hisoblarda boshqa banklar pulini ushlab turish ular uchun bu qo‘shimcha moliyav y resurs hisoblanadi. Odatda, uni ishlatishdan olinadigan daromad hisobni ushlashga
ketadigan harajatdan ancha ko‘p bo‘ladi. Bu yerda milliy valyutada bankdagi
korporativ mijozlarning hisob raqami singaridir, chunki banklar ularga
joylashtirilgan mablag‘larni ham xuddi qo‘shimcha moliyaviy resurs sifatida
ishlatadilar. Loro hisobi hisobni ushlab turgan bank uchun majburiyat hisoblanib,
hisobotda passiv hisoblar qatoriga qo‘shiladi. Xuddi boshqa depozit hisoblar singari ko‘pgina davlatlarda markaziy bank tomonidan loro hisobidagi mablag‘ uchun majburiy rezerv ajratmasi aniqlanadi. Mahalliy banklar tomonidan xorijiy banklarda ochilgan hisobni nostro
hisobi (italyancha ―nostro‖ – bizning) deb ataladi. Hisoblarni maqsadini hammadan avval qulay qilib birinchi harfdan eslab qolish mumkin, ya’ni nostro – ulardagi
bizning hisob, loro – ularning bizdagi hisobi. Shunda bitta bankning loro hisobi
uning korrespondenti uchun nostro hisobi hisoblanadi. Nostro hisobi balansning
aktiv qismida talablar sifatida hisobga olinadi.