Xalqaro valyuta o‘tkazishlari quyidagi vositalar bilan amalga oshirilishi mumkin: •aviapochtalar; •elektron tarmoq orqali; •xorijiy bank cheklari; •plastik kartochkalar yordamida Tijorat banki aviapochta yordamida valyuta o‘tkazish shaklini
Ishlatganda korrespondent bankka pul o‘tkazish hati (avizovka)ni jo‘natadi, qaysiki uni
barcha banklar to‘lov yo‘riqnomasi yoki ko‘rsatmasi singari qabul qilishadi. Unda,
qancha pul, qaysi valyutada, kimdan va kimga o‘tkazilishi kerakligi ko‘rsatilgan bo‘ladi.Hatda uzil-kesil hisob kitob qanday amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘ladi. Avizoda zarur imzolar soni to‘liq bo‘lishi va korrespondent bank o‘zida mavjud bo‘lgan nusxa bilan yagona ekanligini tekshiradi. Jahon amaliyotida avizoni qalbakilashtirish holatlari ham gohida uchrab turadi. Misol uchun, Rossiyada
XXasrning 90yillarida keng masshtabda qalbaki avizovkani ishlatish yo‘li bilan
o‘g‘irliklar sodir bo‘lgan.
Elektron tarmoq orqali valyuta o‘tkazish xuddi aviapochta shakliga o‘xshab
ketadi. Uni, eskichasiga qilib aytganda, telegraf pul o‘tkazishi deb ham atashadi,
chunki XIX asrning 60 yillarigacha, ya’ni kompyuter tarmoqlari yuzaga kelguncha,
bunaqangi to‘lovlar telegraf ishlatilishi orqali amalga oshirilgan. Elektron pul
o‘tkazish (transfer) elektron imzolar bilan yoki maxsus test kaliti bilan
identifikatsiya qilinadi.
Bank cheki ishlatilish bilan valyuta o‘tkazish aviapochta yordamida valyuta
o‘tkazishga nisbatan anchagina ishonchli hisoblanadi, chunki bu holatda bank
topshiriqnomasi to‘lovchi bankka bevosita kelib tushadi. Misol uchun, O‘zbekiston
banki AQSH dagi korrespondent bankka jismoniy shaxsga ma’lum summani berish
to‘g‘risida topshiriqnoma bilan chek yozib beradi. U AQSHga kelib, ko‘rsatilgan
bankka chekni taqdim etib va uni haqiqiyligi tekshirilgandan keyin pulni oladi.
Gohida chekni taqdim qilishda, O‘zbekistondagi bankdan qo‘shimcha tasdiqlovchi xabar
(avizo) talab qilinadi.
Keyingi vaqtda yana ham keng tarqalib borayotgan xalqaro hisob-kitoblardan
biri plastik kartochkalar yordamidagi valyuta o‘tkazilish shakli hisoblanadi.
Keyingi 10 yillikda esa xabarlarni yetkazish va uzil-kesil hisob-kitoblarni
o‘tkazish kompyuter tarmog‘ini ishlatish bilan amalga oshirish faol
rivojlanmoqda.
Xalqaro banklararo moliyaviy telekommunikatsiya jamiyati tizimi (Society for World- ide Interbank Financial Telecommunications – SWIFT) 1973 yildan boshlab
amal qila boshladi, uni bazasida aslida ―NATO‖ telekommunikatsion kanallarining
bank xabarlarini yetkazish uchun ishlatilatadigan tizimga asoslanadi. U faqat
xabarlarni yetkazish uchun ishlatiladi, lekin o‘zil-kesil hisob-kitoblarni amalga
oshrishga mo‘ljallanmagan.
SWIFT Bryusseldagi shtab-kvartirasi bilan notijorat hamkorlikda
hisoblanadi. Uning asosida informatsiyalarni qayta ishlash hududiyal markazlari
(protsessing markazlari) tashkil etilgan (Yevropa uchun) Niderlandiyada, (Osiyo uchun) Tokioda, (Shimoliy Amerika uchun) Vashingtonda va (Lotin Amerikasi uchun)
Braziliyada. Hududiyal protsessing markazlari davlatlar bilan bog‘langan, misol
uchun, Moskvada (Rossiya uchun), o‘z navbatida ular bu tizimning a’zolari bo‘lgan
banklar bilan bog‘langan. SWIFT 130 ta xabarlar standartlariga asoslanadi, qaysiki
unda barcha bank operatsiyalarini kodlashtirilgan, ya’ni kreditlar, valyuta
almashinuvlari, akkreditivlar va boshqalar. SWIFT standartlari ko‘pchilik
davlatlarda informatsiyani yetkazish va qayta ishlash uchun umumqabul qilingan
tartib hisoblanadi. Ular to‘liq holda milliy tizimning uzil-kesil hisob-kitobiga
mos tushadi
Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda uzil-kesil hisob-kitob uchun milliy kompyuter tizimi ishlatiladi. Misol uchun, AQSH Federal rezerv tizimi (FZT) o‘zining FedWire deb nomlangan hisob-kitob tarmog‘iga ega. Rossiyadan va O‘zbekistondan farqi shundaki, AQSHda tijorat banklarining rezerv hisobi (federal fondlari) FZTda muzlatilmagan, ular operatsion hisoblanadi, ya’ni ular hisob orqali to‘lovlarni amalga oshirsa bo‘ladi. Rezerv hisobidagi oshiqcha mablag‘larni (federal fondlarni), ayni shu daqiqada federal fondlar uchun belgilangan normativlarga yetmay turgan banklarga sotish mumkin. Federal fondlarning bozori jami pul bozorini amal qilishiga asos hisoblanadi. Shu asosda FedWire‖ tarmog‘i amal qiladi. Banklararo operatsiyalar amalga oshirilishida FedWire‖ bir zumda to‘lovchi hisobidan pulni chiqaradi (uni hisobini debetlaydi) va ularni pul oluvchi hisobiga o‘tkazadi (ya’ni, uning hisobini kreditlaydi). Har bir operatsiya hech bir narsaga bog‘liq bo‘lmay va uzil-kesil amalga oshiriladi, shuning uchun ham netting, ya’ni umumiy hisob talab qilinmaydi.
FedWirega alternativa, ya’ni talabgor sifatida Kliring palatasining banklararo to‘lov tizimi (Clearing House Interbank Payments System – CHIPS) hisoblanadi. ―FedWire‖dan uning farqi-bu xususiy firmadir. U ―on line‖ rejimida ishlaydi, ya’ni to‘lovlar banklarning hisob–kitobi 20 kompyuter bazasidan so‘ng – real vaqtda amalga oshadi. Bu tizimning barcha ishtirokchilari Nyu-York shahrida joylashgan. Bir kunlik oborot 1 trln. dollardan oshadi. CHIPS kliring tizimi hisoblanadi, ya’ni uzil-kesil hisob-kitobi ish kuni oxirida amalga oshiriladi. Boshqa banklar bilan o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash uchun CHIPS davlat tarmog‘i hisoblangan ―FedWire‖da o‘zining hisob raqamiga ega. Markaziy CHIPS kompyuteri ish kuni yakunida ishtirokchilar operatsiyalarining yakunini chiqaradi va unga muvofiq har bir ishtirokchi tizimga qancha pul qo‘shish kerak yoki undan olish kerakligi belgilanadi. Bundan tashqari, CHIPS tizimdan tashqari banklardan qancha pul olish va chiqarish kerakligi ham aniqlaydi. FedWire va CHIPS tarmog‘i orqali talab qilinadigan summalar almashgandan so‘ng, kompyuterning o‘zi banklarning hisob-kitobi bo‘yicha netto-summalarni taqsimlaydi, ular esa o‘z navbatida, barcha tizim ishtirokchilari bo‘yicha taqsimlaydi.