Mualliflar haqida ma’lumot Shonazarov Jamol Umirzoqovich
Shonazarov Jamol Umirzoqovich 1977 yil 14 noyabrda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1995 yil Qamashi tumanidagi 53-o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirib, shu yili Qarshi Davlat Universitetiga o‘qishga kirgan.
1999 yil Qarshi davlat universitetining Pedagogika va musiqa fakultetini «Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2000 yildan 2003 yilgacha QMII rektori yordamchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatdi.
2002 yil Qarshi Davlat Universiteti Magistraturasiga o‘qishga kirib, 2004 yil magistraturani Pedagogika (ta’lim turlari buyicha) mutaxassisligi bo‘yicha bitirdi. J.Shonazarov 2004 yildan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Kasbiy ta’lim va o‘qitish uslubiyoti” kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
2005 yildan buyon “Kasb ta’limi va pedagogika” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari respublika va xalqaro miqyosdagi matbuotlarda e’lon qilingan.
Boshqaruv organlari tizimidagi ish tajribasi – 6 yil, ulardan 5 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida dekani muovini, 1 yil Kasb ta'limi fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
2020 yildan «Ijtimoiy fanlar» kafedrasida ish faoliyati bilan birga professor A.Jabborov rahbarligi ostida “Ta’lim jarayonida shakllanadigan muammolarning milliy-psixologik xususiyatlari” mavzusida o‘z ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.
2015-2016 o‘quv yilida “Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining institut bosqichida “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominasiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2016-2017 o‘quv yilida “Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining institut bosqichida “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominasiyasi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egallab institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2017-2018 o‘quv yilida “Oliy ta'lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining institut bosqichida “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominasiyasi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egallab institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
Hozirgi kunda Xalqaro Innovatsion Universiteti “Pedagogika fanlari” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.