MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mavzuni o’rganishda meta-tahlil uslubidan foydalanildi. Ya’ni loyihaga asos gender tengligiga tegishli ma’lumotlar BMT va Jahon Banki ma’lumotlari va bir qancha rasmiy saytlardan hamda maqolalardan yig’ilgan ma’lumotlar tahlili asosida shakllandi. Mavzuni o’rganish jarayonida ushbu metoddan foydalanilganligi sababi gender tengsizlik masalasi juda ommoviy muammo bo’lib uni o’rganishdan kamida 10-yillik kuzatuv-tadqiqot usuli zarur. Meta-tahlil esa ushbu mavzuga doir ma’lumotlarni bir biri bilan solishtirib, taqqoslab mavzu ustida ishlashga yengillik tug’diradi. Metadologik asos sifatida bir nechta ilmiy maqola olindi. Ular McKinsey ning 2018 yilda chop etilgan “ Still-looking-for-room-at-the-top” va “Human Rights Environment Gender Equality” kabi maqolalaridir. Shu qatorda loyihaning asosiy masalalaridan inson rivojlanishining gender masalalarga bog’liqligini gender tenglik va inson kapitali indeksi ko’rsatkachlarini tahlil qilish bilan yoritilib berilgan.
XXI asr texnika-texnologiya asriga qaramasdan iqtisodiyotda erkaklar va ayollarning ishtiroki, ularning karyerada o’sish tezliklari ham , mehnat bozoridagi vaziyat, ijtimoiy hayotdagi o’rni ham hali hanuz tenglik darajasiga chiqamagan. Turli mamlakatlarning mehnat bozorida gender tengligi rivojlanishning turli bosqichda. McKinseyning 1o yillik muddatni o’z ichiga olgan tadqiqotidagi 2010-yilda 279
1 G.Q. Abduraxmanova, . Abtluramanov. Ijtimoiy sohalar va inson taraqqiyoti // akademik Q.X.Abduraxmanov tahriri ostida. - .: «Fan va texnologiya», 2018, 312 bet.
kompaniyada oʻtkazilgan global soʻrov shuni koʻrsatdiki, ularning ijroiya qoʻmitalarida ayollarning katta qismi boʻlganlar oʻz mablagʻlaridan 47 foizga koʻproq daromad olishgan 2 . Bu bilan McKinsey ayollarning jamiyatda aynan iqtisodiyotdagi o’rnining darajasining yuqori ekanligini so’zsiz isbotlab berdi. Agar ayollar jahon iqtisodiyotida teng ishtirok etsalar, ular 2025 yilga borib 28 trillion dollarlik qo’shimcha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishi mumkinligi3 ham uning gender tengligini o’rganishga qaratilgan tadqiqotida ma’lum bo’ldi. Ayollar ishlab chiqaradigan YaIM miqdori Xitoy va AQSh iqtisodlarining umumiy hajmiga taxminan tengdir. Xalqaro insonlarning farovonligi va ularning rivojlanishi ularning jinsiga bog’liq bo’lmagan davlatni yaratishga , hamda demokratik va ijtimoiy huquqlarida gender tengligini himoya qilishga qaratilgan. Ayollar uchun har qanday kasb-hunar ta’limi va ish joyining mavjudligi ham ushbu masalaning ajralmas qismidir. Bunga misol sifatida Islandiyada (ayollar aholisining 72% dan ortig’i) va Daniyada (taxminan 80%) ayollarning bandlik ko’rsatkichlari yuqori ekanligini olishimiz mumkin. Ko’p sonli ayollar iqtisodiyotda davlat tizimida boshqaruv lavozimlarini egallaydilar, erkaklar esa asosan xususiy biznesda bandlar. Ushbu davlatlarda gender masalalari boshqa davlatlarga nisbatan yuqori ekanligini ularning tarixiga nazar tashlasak yaqqol ayon bo’ladi. Misol uchun, Daniyada 1976 yilda erkaklar va ayollar uchun teng ish haqi to’g’risidagi qonun qabul qilingan va ushbu qonun hozirgi kungacha bir necha o’zgarishlarni boshidan kechirgan. Shvetsiyada esa 1974 yildan beri kvota qoidasi mavjud bo’lib, unda ish o’rinlarining 40% ayollar uchun ajratilgan. Hokimiyat apparatida ayollarning vakiliga keladigan bo’lsak, Norvegiya aholisi mamlakatning farovonligi, shuningdek, Shvetsiya va Finlyandiyada bo’lgani kabi, ayollarning 40% dan ortig’i davlat lavozimlarida ishlaydigan ayollarning boshqaruvga jalb qilinishiga bog’liqligini ko’rishimiz munkin. Kamsitishga qarshi qonunlarni ishlab chiqishda 90-yillarning birinchi yarmida Shimoliy Yevropaning beshta davlatida hayotning barcha sohalarida jinsiy tenglik to’g’risidagi qonunlar tasdiqlangan, unda erkaklar va ayollarga to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita kamsitishni taqiqlash to’g’risida gap boradi. 1961 yilda Shvetsiya xalq partiyasi a’zosi munozaralarning paydo bo’lishi va teng huquqlilikka erishish dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirishga xizmat qilgan dasturi qabul qilingan , jamiyatda zo’ravonlikdan aziyat chekkan ayollar uchun zo’ravonlikka qarshi markazlar ochildi, markazlar davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlandi. Gender tenglik uchun ayollarni qo’llab-quvatlash harakatlari Shimoliy Yevropaning boshqa mamlakatlarida parallel ravishda rivojlana boshladi. Bugungi kunda Yevropa
2 McKinsey-March-2018-Still-looking-for-room-at-the-top.pdf
3 Final_HumanRightsEnvironmentGenderEqualityKM.pdf
mamlakatlarida gender tengligi fuqarolarning ijtimoiy farovonligining asosi hisoblanadi. Gender tengligi siyosatini yo’lga qo’yish boshqa mamlakatlarda ham muvaffaqiyatli yetakchilik qilmoqda.
Inson resurslarining rivojlanishi albatta davlat rivoji bilan hamohang bog’liq. Demak albatta rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan indeks yuqori bo’lishi tabiiy. Misol uchun Daniya, Norvegiya va Shvetsariya davlatlari rivojlangan davlatlar qatrida turadi, O’zbekiston esa rivojlanayotgan davlatdir. Bundan kelib chiqqan holda inson resurslarini rivojlantirish davlatning YaIM ga bog’liqmi? Yo’q, chunki loyiha boshida ta’kidlaganimdek inson resurslarini rivojini o’lchash iqtisodiy emas balki demagrafik ko’rsatkichlarga asoslanadi. Agar inson resurslarini rivojlantirish YaIM ga bo’g’liq bo’lganda Amerika yoki Xitoy kabi davlatlar gender tenglik, inson kapitali indekslarida peshqadamlik qilishgan bo’lar edi. Gender tengligi masalasida izlanishlardan Mc Kinsey taqdiqoti jarayonida YaIM ko’rsatkichlariga gender tengligi qanday ta’sir qilishi o’rganilganda gender tengligi yuqori darajada bo’lgan holatda YaIM o’sishi ham unga proportsional ravishda o’sishi kuzatilgan. Ushbu jadvalda aholi jon boshida YaIM o’sishi yashil chiziqda gender tenglik ko’rsatkichlarining past ekanligi sabab sariqq chiziqqa nisbatan ancha past. O’z navbatida sariq chiziqda gender tenglik yuqori bo’lib undagi YaIM o’sishi ham unga parallel tarzda o’sgan.
1-grafik. Gender tengligining YaIM ga ta’siri
Xalqaro inson resurslarini rivojlantirishda gender tengligi va inson kapitali indekslarini ko’rib chiqsak. Chunki ushbu indekslar ijtimoiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida qaraladi. Hozirgi vaqtda indeks BMTga a’zo davlatlarni, shuningdek, alohida maqomga ega bo’lgan ba’zi ma’muriy hududlarni qamrab oladi, reyting jadvalida ko’pincha kamroq davlatlar mavjud, chunki ushbu
ko’rsatkich bo’yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etishni istamagan yoki taqdim eta olmaydigan mamlakatlar reytingga kiritilmagan. Indeks har yili yangilanadi, ammo BMT ma’lumotlari bilan hisobotlar odatda bir yildan ikki yilgacha kechiktiriladi, chunki ular milliy statistika xizmatlari tomonidan e’lon qilinganidan keyin xalqaro taqqoslashni talab qiladi. Gender tengsizligi indeksi— Birlashgan Millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturining (BMTTD) birlashtirilgan ko’rsatkichi bo’lib, u dunyo mamlakatlarida inson rivojlanishini uchta asosiy toifadagi jinslar tengligining mavjud darajasi bo’yicha o’lchaydi: reproduktiv salomatlikni himoya qilish, fuqarolik huquqlari va imkoniyatlari, iqtisodiy faoliyat va mehnat bozoridagi imkoniyatlar. Tenglik g’oyasi ilgari surishda ehtiyot bo’lish lozim. Agar u agressiv tarzda targ’ib qilinsa, bunga tayyor bo’lmagan aholida qarshilik paydo bo’lishi mumkin. O’z qarashlari va e’tiqodlariga ega shaxs uchun ham ularni yangisiga o’zgartirish yoki buzish juda qiyin. Hozirgi kunda (masalan, kundalik vazifalarni taqsimlash yoki oilani ta’minlash funktsiyalariga) boshqa tomondan qarashga aholi hali tayyor emas. Ya’ni gender tenglik inson resurslarini rivojlantirishda turli davlatlarda turlicha talqin qilinadi, qabul qilinadi. Uni ma’lum normaga solish uchun esa ta’lim, so’gliqni saqlash, davllatdagi demografik va ijtimoiy holat kabi ko’rsatkichlarni o’lchash bilangina amalga oshirish mumkin. Gender masalalarida statistika ham juda ahamiyatli o’rin agallaydi : bugungi kunda ayollarning 39 foizi qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi va baliqchilik bilan shug’ullanadi, ammo ularning atigi 14 foizi yer egalaridir. Parlament a’zolarining 75 foizi, boshqaruv xodimlarining 73 foizi, iqlim muzokarachilarining 70 foizi va deyarli barchasi erkaklar. Bu statistika asosida ayolarning huquqlari buzilganlik holatlarini tahmin qilish munkin ammo, gender tengsizligiga qarshi kurashda nafaqat ayollar huquqlarining buzilishini hisobga olish kerak, ularni ko’rib chiqish hozir juda mashhur, balki erkaklar huquqlarining buzilishini ham hisobga olish kerak, chunki rasmni alohida-alohida emas, balki butun holatida ko’rib chiqish muammoni hal qilishga yordam beradi.
Agar biz to’liq gender tengligi ehtimoli haqida gapiradigan bo’lsak, shuni ta’kidlash kerakki, erkaklar va ayollarning mentaliteti va xatti-harakatlaridagi ob’ektiv farqlar tufayli, ya’ni ularni tenglashtirishga emas, balki o’zlarining rivojlanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratishga harakat qilishlari kerak. Inson resurslarini rivojlantirishda muammoni yechimi sifatida avvalo quyidagi oltita asosiy tamoyilni qo’llash lozim: ayollar va erkaklar tengligi insonning asosiy huquqidir; demokratik jamiyat uchun qaror qabul qilish jarayonida ayollar va erkaklarning barqaror ishtiroki; har qanday stereotiplarni va ulardan kelib chiqadigan fikrlarni istisno qilish; mahalliy va shahar hokimiyati tomonidan ayollar va erkaklarning ehtiyojlarini teng ravishda hisobga olish; mablag’lardan foydalanishni puxta
rejalashtirish. Ayollar va erkaklar rivojlanishi ularning jamiyatdagi o’rnidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim. Hozirgi kunning global masalasi repraduktiv funksiyaning buzilishi va aholi o’rtasida ko’payish kamayishi va o’limning oshib borayotganligi yer yuzida nafaqat iqtisodiy balki ekologik , demografik muammolarga sabab bo’layapti. Gender tenglik masalasining yechimini topishda ayollarning teng huquqlilikka intilishi feminism g’oyalariga o’tib ketmasligini ta’minlash kerak.
Dostları ilə paylaş: |