XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI Valyuta so‘zi italyancha valuta so‘zidan olingan bo‘lib, qiymat degan ma’noni anglatadi. Har qanday mamlakatning milliy pul birligi uning milliy valyutasi hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda valyutalaming quyidagi turlari mavjud: * Erkin ishlatiladigan valyuta (freely usable currency) - to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limida valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan mamlakatlaming milliy valyutalari. * Qattiq valyuta (hard currency) - iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan mamlakatlaming almashuv kursi barqaror bo‘lgan valyutalari.
* Yumshoq valyuta (soft currency) - xalqaro miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajara olmaydigan, ya’ni tashqi konvertirlikka ega bo‘lmagan valyutalar.
* Xalqaro rezerv valyutalar (reserve currency) - dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan yetakchi valyutalar. Yetakchi valyutalarga “xalqaro rezerv valyuta” degan maqomni Xalqaro valyuta fondi (XVF) ekspertlari beradi. XVF mezonlari bo‘yicha, xalqaro rezerv valyuta deganda davlatlaming xalqaro zaxiralari saqlanadigan va xalqaro kreditlar beriladigan valyutalar tushuniladi. XVF tomonidan hozirgi kunda AQSH dollari (USD), yevro (EUR), Buyuk Britaniya funt sterlingi (GBP), Yaponiya (JPY) iyeni va Xitoy yuaniga (CNY) xalqaro rezerv valyuta maqomi berilgan.
Xalqaro valyuta munosabatlari – valyutaning jahon xo‘jaligida amal qilishi borasida shakllanadigan va milliy xo‘jaliklar faoliyati natijalarining o‘zaro almashuviga xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir1. Yoki davlatlar, jahon valyuta bozorining subyektlari, muayyan davlatning rezident yoki norezident shaxslari orasida valyutalarni sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish va boshqa shu kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlardir.2 Valyuta munosabatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishining huquqiy asoslari xalqaro kelishuvlar hamda davlatning ichki qonun va qoidalari hisoblanadi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo‘lgani holda to‘lov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operatsiyalari orqali Jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Valyuta munosabatlarining holati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
milliy va jahon iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi;
siyosiy ahvol;
jahon bozorida davlatlararo munosabatlar borasidagi mu-ammolar va ularning rivojlanish tendensiyalari.
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, davlatlar, davlatlarning rezident va norezident shaxslari maydonga chiqadi.
Rezident shaxslar – bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan hamda shu davlatning fuqarosi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Norezident shaxslar – bu muayyan davlat hududida yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan, lekin shu davlatning fuqarosi bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslardir. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va kompaniyalarining filiallari va shu kabilar.
Shu bilan birga, bu yerda shuni ta’kidlab o‘tmoq lozimki, valyuta munosabatlarining faol ishtirokchilaridan biri bu – tijorat banklaridir.
Tijorat banklari milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlarida nafaqat o‘z manfaatlari, balki o‘z mijozlari manfaatlarining himoyachisidir. Jahonning yirik tijorat banklari o‘z mijozlarining topshiriqlarini yaxshi bajarish, ularning moliyaviy manfaatlarini himoya qilish va o‘z tijorat maqsadlari uchun jahon moliya bozorining yirik markazlarida o‘z filiallarini ochgan.
Tijorat banklarida va mijozlarida turli sabablarga ko‘ra hamda turli maqsadlarda xorijiy valyutaga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Masalan, agar tijorat bankining mijozi eksportyor bo‘lsa, u xorijiy valyutada tushum oladi va valyuta kursining tebranishi oqibatidagi risklarni hisobga olgan holda, unda shu xorijiy valyutada olingan tushumni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Shu sababli, u mazkur eksport tushumini sug‘urtalash maqsadida o‘z bankiga murojaat etadi. Yoki bank mijozi importyor bo‘lsa, kontragenti bilan tuzgan o‘zaro shartnoma shartlariga muvofiq, belgilangan muddatda eksportyor bilan hisob-kitob qilish uchun unga muayyan miqdorda xorijiy valyuta zarur bo‘ladi. Shunga muvofiq, mijoz o‘z bankiga xorijiy valyuta sotib olish maqsadida murojaat qiladi.
Yuqoridagilardan tashqari tijorat bankining xorijiy valyutaga bo‘lgan o‘z zaruriy ehtiyojlari mavjud. Bularga masalan, jahon valyuta bozorida oldi-sotdi baholarining farqi sifatida foyda olish maqsadida xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish, valyuta kursining tebranishi oqibatida vujudga keladigan valyuta risklarining oldini olish maqsadida xejerlash bilan bog‘liq turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish kabi harakatlarni keltirish mumkin.
Har qanday davlatda valyuta munosabatlari davlat tomonidan tartibga solinadi. Bunda tartibga solish turli qonunlar yordamida amalga oshadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini tartibga solish maqsadida 1993-yil 7-mayda «O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan. 2003-yil dekabrda ushbu qonun qayta qabul qilingan. Bundan tashqari, mazkur qonunlar harakatidan kelib chiqqan holda, tijorat banklari, jismoniy shaxslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qator me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalari mavjud.
Zamonaviy sharoitda valyuta jarayonlarini tartibga solish valyuta cheklovlari va soliqlarni hisobga olmagan holda valyuta kurslarini tartibga solish bilan bog‘liq. Bunday tartibga solishning amaliy instrumentlari davlatda unchalik ko‘p emas, ular rasmiy intervensiya deb atalmish valyuta bozori mexanizmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuv va pul-kredit munosabatlarini tartibga solishning an’anaviy uslublaridan iborat.
valyuta jarayonining muvozanatsizligi, valyuta kurslarining nazoratsiz ko‘tarilishi va pasayishi iqtisodiyotga tobora kuchayib boruvchi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan:
birlamchi ehtiyoj mollari bahosining oshishiga va mehnat-kashlar iqtisodiy ahvolining yomonlashuviga olib keluvchi import qilinayotgan inflyatsiya;
milliy valyuta kursining nisbatan o‘sganligi oqibatida mam-lakat tashqi raqobatdoshligining pasayishi;
valyuta zararlari oqibatida banklar va kompaniyalar moliyaviyholatining muvozanatsizligi;
rasmiy iqtisodiy siyosat samaradorligining pasayishi va shukabilar.
valyuta muvozanatsizligini davlat tomonidan cheklash bilan bog‘liq harakatlari amaliyotda qator qiyinchiliklarga duch keladi: barcha iqtisodiy jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘liq va hamma vaqt u bilan bog‘liq qo‘shimcha salbiy oqibatlar bo‘lish ehtimoli mavjud – davlat ma’lum bir jarayonlarni tartibga solgan holda boshqa jarayonlarga salbiy ta’sir etishi mumkin.
valyuta bozorida davlat vakillari sifatida ko‘p hollarda zimmasiga mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan Markaziy bank maydonga chiqadi. Markaziy banklar hukumat organlariga valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin yoki milliy valyutaga bo‘lgan talab va taklif balansini o‘zgartirish maqsadida xorijiy valyutalarning oldisotdi operatsiyalari bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
Hozirgi sharoitda rasmiy valyuta intervensiyasi deganda davlatning valyuta bozoridagi valyutaga bo‘lgan talab va taklifni hamda kurslar nisbatini o‘zgartira oladigan, bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati tushuniladi. Biroq amaliyotda valyuta intervensiyasi tushunchasi xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan oldi-sotdisi bilan bog‘liq rasmiy shartnomalardan iborat (shu jumladan, davlat tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish, Xalqaro valyuta Fondi bilan munosabatlar, valyuta zaxiralari bo‘yicha foiz to‘lovlari, xorijiy valyutada olingan qarzlar va shu kabilar).
Har qanday intervensiyaning hozirgi paytdagi yakuniy maqsadi – valyuta bozorida muvozanatli sharoitni ta’minlash, valyuta kurslarining keskin tebranishi ehtimolini bartaraf qilishdir. O‘z navbatida, valyuta bozorining barqarorligi mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati va yalpi iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi lozim. Har qanday davlat o‘z iqtisodiyotining konkret xususiyatlaridan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etishi uchun uning ochiqlik darajasidan kelib chiqqan holda o‘z valyuta intervensiyasining vazifalarini belgilaydi.
Amaliyot shuni ko‘rsatib turibdiki, hozirgi sharoitda davlatlar valyuta bozoridagi o‘z faoliyatida qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni ko‘zlamoqda. Shu bilan birga, ular tomonidan valyuta bozoridagi kursning harakat tendensiyasini o‘zgartirishga urinishlar qilinmoqda. Markaziy bank tomonidan mamlakat valyuta zaxiralari bilan operatsiyalar o‘tkazishda ko‘plab davlatlarning ehtiyotkorligi ko‘zga tashlanmoqda.
Valyuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga muvofiq valyuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish shakllarini o‘z ichiga oladi. valyuta tizimining quyidagi shakllari farqlanadi: milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, valyuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarning faqat qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi, birinchi navbatda, valyuta tizimi elementlarini belgilashni o‘z ichiga oladi.
Milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:
milliy valyuta va uning nomi;
xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanishni chegaralash (reglamentatsiya);
xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash;
mamlakat xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya);
milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyati rejimi;
valyuta cheklovlarini o‘rnatish tartibi;
valyuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.
Yuqorida zikr etilgan elementlar yig‘indisi xalqaro valyutakredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valyuta mexanizmidir.
Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi hisoblanadi.