Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid ta'limotning XX asrdagi xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti


XALQARO KAPITAL HARAKATI VA INVESTITSIYALARGA OID NAZARIYALAR



Yüklə 37,12 Kb.
səhifə2/4
tarix20.06.2023
ölçüsü37,12 Kb.
#132893
1   2   3   4
JAhon xo\'jaligi to\'g\'risida

XALQARO KAPITAL HARAKATI VA INVESTITSIYALARGA OID NAZARIYALAR

Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, shvedlar frantsuzlar pishlog’ini iste’mol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar donidan non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita o’ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste’molchilar turli mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo’ladigan savol shundan iboratki, nega o’zi xalqaro savdo mavjud?


Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo’li bilan ishlab chiqariladi. Ko’pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun tariflar, ya’ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim o’ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valyuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika haridorlari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab chiqarayotgan yapon ishchilari o’z maoshlarini iyenlarda olishni istaydilar. Demak, bu yerda xalqaro hisob-kitob masalasi ko’tariladi.
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo’jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham yetakchi o’rinni egallaydi. SHu sababli ularga bag’ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud.
Tarixan birinchi bo’lib neoklassik ta’limotlar vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (SHvetsiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSH) asarlarida o’z aksini topgan. Ular o’z ta’limotlarida marjinalizm kontseptsiyasiga asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, «kapitalning eng yuqori unumi» (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo’l-ko’lligining turlicha ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning «mo’l-ko’lligi» yoki «kamligi» uning migratsiya sababi qilib ko’rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo’lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o’sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi.
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta’limoti 30-50-yillarda shakllandi, F.Maxlup, ye.Domar va R.Harrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to’lov balansining o’zgarishi tufayli, ya’ni aktiv savdo balansi bo’lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg’armalarning investitsiyalardan ko’pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati ro’y beradi. «Jamg’armalar»ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi ko’rash yoki uning oldini olish uchun «jamg’armalar» hisobiga qo’shimcha tovar eksportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo bunda import oshmasligi, ya’ni kapital chiqarish yo’li bilan hal etilishi kerak.
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo’ladi: ishlab chiqarishning doimo o’sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo’lmasligi ta’minlanadi; iqtisodiyotning doimo o’sishi tufayli aholining turmush darajasi ko’tariladi; ishchi va kapitalistlar o’rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakatlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bo’lgan illatlarni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi.
Iqtisodchi olimlar xalqaro valyuta munosabatlariga alohida e’tibor beradilar. Valyuta bozorida milliy valyuta chet el valyutasiga (masalan, AQSH dollariMeksika pesosinemis markasi, iyena yoki funt sterling) almashtiriladi. Almashuv (valyuta) kursi - bu chet el valyutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. Bu munosabatlar har kuni, hatto har soatda o’zgarib turishi mumkin. Valyuta kursini stabil (turg’un) qilish uchun to’lov balanslarining tengligiga erishish yo’li taklif etiladi.
30-yillargacha to’lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.YUm, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega bo’lgan. Bu g’oyaga ko’ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning o’zgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog’liq, oqibatda barcha mamlakatlarning to’lov balansi barqarorlikka intilish tendentsiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko’pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o’tib oldilar («Oltin standarti» XIX asrda va XX asrning ma’lum davrida amalda bo’lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQSHda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). YAngi sharoitda to’lov balansini tartibga solishda asosiy e’tibor davlatning hisob stavkasiga ta’siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag’batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki to’lov imkoniyatlari talabini pasaytirish (deflyatsiya yo’li) yoki milliy valyutani devalvatsiya qilish usuli taklif etiladi.

Yüklə 37,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin