Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid ta'limotning XX asrdagi xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti



Yüklə 37,12 Kb.
səhifə4/4
tarix20.06.2023
ölçüsü37,12 Kb.
#132893
1   2   3   4
JAhon xo\'jaligi to\'g\'risida

Milliy valyuta paritetini belgilash. valyuta pariteti – ikki valyuta orasidagi qonuniy asosda belgilangan nisbat. Monometallizm davrida (oltin yoki kumush) valyuta kursining asosi tanga pariteti hisoblanadi. Tanga pariteti – turli mamlakatlar pul birliklarini o‘zidagi metall sig‘imiga ko‘ra o‘zaro solishtirishdir.
Tanga pariteti tushunchasi valyuta pariteti tushunchasi bilan mos keladi.
Oltin monometallizmi davrida valyuta kursi oltin paritetiga asoslangan edi. Bunda valyutalar zaminidagi rasmiy oltin miqdorlari bo‘yicha o‘zaro solishtirilar edi. Mazkur sharoitda valyuta kursi ushbu oltin pariteti atrofida, oltin nuqtalar chegarasida stixiyali asosda tebranar edi. Oltin nuqtalarning klassik mexanizmi 2 shartning mavjudligi holatida amal qilar edi, ya’ni oltinning erkin asosdagi oldi-sotdisi va uning chetga cheklanmagan miqdorda erkin olib chiqilishi. valyuta kursining tebranish chegaralari oltinni xorijga olib chiqish (transportirovka) xarajatlari bilan belgilangan va amalda paritetdan Q;-1% dan ziyod bo‘lmagan. Oltinni xorijga olib chiqish xarajatlariga fraxt, sug‘urta, kapitalga foiz yo‘qotishlari, probani aniqlash va boshqa shu kabi xarajatlar kiritilgan. Oltin standartining bekor qilinishi bilan oltin nuqtalar mexanizmi o‘z harakatini to‘xtatdi.
Oltinga almashmaydigan kredit pullar sharoitida valyuta kursi asta-sekin oltin paritetidan uzoqlasha boshladi, chunki oltin muomaladan xazinaga siqib chiqarilgan edi.
1970-yilning o‘rtasigacha valyuta kursining asosi sifatida valyutalarning zaminidagi oltin sig‘imi, ya’ni rasmiy baho masshtabi va oltin paritetlar xizmat qilgan edi. valyutalarning rasmiy baho masshtablari va oltin paritetlari, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Xalqaro valyuta Fondida qayd etiladigan bo‘ldi. valyutalar o‘zaro nisbatining o‘lchovi kredit pulda ifodalangan oltinning rasmiy bahosi edi. Ushbu baho boshqa tovarlar baholari bilan birga, milliy valyutalarning qadrsizlanish darajasi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qildi. Davlat tomonidan qayd etiladigan oltin rasmiy bahosining uzoq vaqt davomida qiymatidan uzilib qolishi natijasida oltin paritetining sun’iylik xarakteri kuchaydi.

1


2


Yüklə 37,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin