83
Filial xodimlariga beriladigan anketada xalqaro kompaniya va uning xorijiy
filiali faoliyatining barcha tomonlariga, kompaniyaning umumiy ahvolidan tortib
konkret xodimning ish xaqi darajasi va ish joyida mehnat sharoitlaridan
qoniqishigacha tegishli savollar beriladi. Oxirgi savollar guruhi o’zining bevosita
boshlig’ini baholashni taklif qiladi. Menejer uchun so’rov natijalari bo’yicha
ishonchsizlikdan ko’ra faqat yillik mahsulot sotish rejasi bajarilmasligi yomon
bo’lishi mumkin. So’rov natijalari tahlilidan so’ng yuzaga chiqqan muammolarni
bartaraf qilish bo’yicha choralar ishlab chiqiladi.
2. Motivatsiya ko’p darajada bo’ysunuvchilarning psixologiyasi va fikrlashiga
bog’liq. Rivojlangan davlatlarda motivatsiya manbalari bo’lib ko’pincha xodimlarni
hurmat qilish, ularning yuqori malakasini tan olish, ularning tashabbus ko’rsatishi
uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi. Masalan, Germaniyada bir necha yuz
firmalarda so’rov o’tkazish natijalari xodimlarni motivatsiyalashning asosiy omillari
bo’lib, ularga yuqori malakali mutaxassislarga hurmat ko’rsatishning namoyon
bo’lish shakllari xizmat qilishini aniqladi. Ish xaqi omili bor-yo’g’i oltinchi o’rinni
egalladi. Rivojlanayotgan davlatlarda ko’pincha motivatsiyaning dastlabki vositalari
– bir tomondan moddiy rag’batlantirish, ikkinchi tomondan – intizomiy choralar
ta’siri kuzatiladi.
3. Kommunikatsiya xodimlar jamoasida axborot, goyaviy mazmun, ishonch va
kayfiyat uzatilishini o’z ichiga oladi. Bunda til va psixologik to’siqlarni hisobga olish
zarur. Ayniqsa xorijiy filial va bosh kompaniya o’rtasida ishonchli aloqa va o’zaro
tushunish o’rnatilishi muhim. Elektron aloqada zamonaviy ilmiy-texnik yutuqlar
xalqaro korporatsiyalar xodimlarining bir-birini tushunishiga tezroq erishishda ulkan
masofa va soat farqlarini bosib o’tish imkoniyatini beradi.
4. Nazorat TMK tizimi amal qilishida barcha xorijiy filiallar xarajatlari
kalkulyatsiyasida, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligi va tijorat faoliyat
natijalarining tahlilida ayniqsa muhim.
Dostları ilə paylaş: