89
9 - BOB. XALQARO MENEJMENT TIZIMIDA INSON
RESURSLARINI BOSHQARISH
9.1. Xalqaro firmada inson resurslarini boshqarish xususiyatlari
Xorijiy filiallarga ega ko’pgina firmalar kadrlar siyosati bilan bog’liq bo’lgan
bir qator muammolarga duch keladilar. Xalqaro korporatsiyalarda
inson resurslarini
boshqarish bo’yicha turli xil yondashuvlarning mavjud bo’lishiga qaramay, ularning
aksariyat qismi belgilangan maqsadlarga erishish
hamda chet elda korxonaning
iqtisodiy rivojlanishi uchun yuqori malakali xodimlar muhim ahamiyatga egaligini
e’tirof etadi. “Sanoat konferentsiyasi kengashi”
nomli tadqiqot tashkiloti
korporatsiyalar prezidentlari o’rtasida dunyodagi o’zgarishlar jarayoni va ularni
boshqarish muammolariga bag’ishlangan o’zaro muloqot o’tkazdi. “Yunilever”
korporatsiyasining raisi bu to’g’risida shunday dedi: “Biz
uchun yagona va eng
asosiy masala - bu tashkilot va insonlardir”.
Tashkilot shtatini to’ldirish jarayonida malakali mutaxassislarga bo’lgan
ehtiyojni hisobga olmaslik aslo mumkin emas. Har bir firma o’z ishini yuqori
darajada yuajarish hamda malakasini oshirish layoqatiga ega bo’lgan
kadrlar va
yollanma xodimlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan boshlashi zarur. Quyida xalqaro
operatsiyalar miqyosida inson resurslarini boshqarishning
mamlakat ichkarisida
ushbu resurslarni boshqarishdan farqlarini ko’rsatib beruvchi omillar keltirib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: