Xalqaro menejment


Xorijiy operatsiyalarda kadrlar joyini o’zgartirish



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Xorijiy operatsiyalarda kadrlar joyini o’zgartirish. 
Xalqaro firmalar 
boshqaruv xodimlarini odatda mahalliy fuqarolar va ekspatriantlar (xorijdan kelgan 
kadrlar)ga bo’lishadi. Ekspatriantlar o’z navbatida kelib chiqish mamlakati 
fuqarolariga va uchinchi davlat fuqarolariga bo’linadi. Bosh kompaniyadagidek
uning xorijiy filiallarida ham boshqarish lavozimlarining katta qismini, xorijdan 
ko’chib kelganlar emas, balki mahalliy fuqarolar egallaydi. Yuqori malakali mahalliy 
kadrlar yetishmovchiligi sezilganda ekspatriantlar taklif etiladi. Masalan, Saudiya 
Arabistoni kabi mamlakatlarda shunday hol kuzatiladi. 
Harakatchanlik.
Ko’pchilik odamlar, ayniqsa, ular doimiy yoki juda uzoq 
muddatga tayinlangan bo’lsa, millatidan qat’iy nazar begona davlatga borib ishlashni 
hohlamaydi. Ko’pchilik hollarda kompaniyalar xorijga borishni hohlamaydiganlar 
uchun sharoit yaratish maqsadida ish joylarida yangi bo’linmalar barpo qilishga 
majbur bo’ladilar. Masalan, mahalliy kadrlarning bosh shtab-kvartira joylashgan 
davlatga borishni rad etishi, korporatsiyalarni ilmiy-tekshiruv laboratoriya va hududiy 
idoralarni xorijda qurishiga sabab bo’ladi. Rahbarlar boshqarish lavozimiga xodim 
tanlaganda ekspatriant mehnatidan foydalanish qiymatini ham hisobga olishi lozim. 
Odatda firmalarga ekspatriantlarning xizmati, mahalliy boshqarish xodimlariga 
nisbatan qimmatga tushadi. Mamlakat tashqarisida professional tayyorgarlikni 
olganlar uchun yurist va buxgalterlik xizmatlaridan foydalanishga yo’l qo’ymaydigan 
litsenzion talablar kabi huquqiy to’siqlar, shuningdek immigratsion cheklashlar ham 
mavjud. Hukumatning yo’riqnomalari to’satdan va tez-tez o’zgarib turishi tufayli 
firmalar yetarlicha aniq bo’lmagan sharoitda ishlaydilar. 
Mahalliy raqobatbardoshlik.
Mahalliy sharoitlarga moslashish qanchalik 
qiyin bo’lsa, firmalar uchun mahalliy kadrlardan foydalanish shunchalik samarali 
bo’ladi, negaki ular mahalliy sharoitlarni yaxshiroq tushunadilar. Bu zaruratning 
kelib chiqishiga atrof-muhitning noyob xarakteri, bojxona to’siqlari, kuchli mahalliy 
raqobatchilar yoki manfaatli buyurtmachilarning mavjudligi sabab bo’lishi mumkin. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin