Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Mahalliy 
imidj.
Xorijliklar 
nazorat 
qilayotgan 
narsalarga 
raqiblik 
munosabatlari mavjud bo’lsa, ba’zan firma uchun mahalliy imidjni yaratish 
foydalidir. Mahalliy rahbarlar “jonkuyar vatanparvarlar» sifatida qabul qilinadi, 
bunda ular mahalliy manfaatlarni kompaniyaning global maqsadlaridan ustun 
qo’yadilar degan taxminga asoslanadi. 
Mahalliy xodimlarni rag’batlantirish.
Mahalliy kadrlarni yollash tarafdorlari 
mahalliy kadrlarning xizmat pog’onalaridan tez ko’tarilish imkoniyatlarini samarali 
mehnatni rag’batlantiruvchi omil deb hisoblaydilar. Bu kadrlar yetarlicha 
rag’batlantirilmasa boshqa firmalarga murojaat qilishlari mumkin deb hisoblashadi. 
Qarshi bo’lganlarning fikricha esa yuqori malakali kadrlarning xizmat lavozimi 
o’sishini ularning millatidan qat’iy nazar cheklash xizmatchilar motivatsiyasiga 
salbiy ta’sir qiladi. 
Uzoq muddatli maqsadlar.
Filialga ishga o’tkazilgan xizmatchilar odatda u 
yerda bir necha yil bo’lishni taxmin qilib, mahalliy rahbarlarga nisbatan xorijiy 
filialdagi xizmat davri ichida amalga oshira olish uchun qisqa muddatli loyihalarga 


92 
intilishadi. Shu sababdan, korporatsiyaning filialida uzoqroq muddatda ishlaydigan 
mahalliy rahbarlar ko’proq uzoq muddatli maqsadlarga erishish ehtiyojiga ega 
bo’lishi mumkin. 
Ekspatriantlar xizmatidan foydalanishga sabablar. 
Ekspatriant-rahbarlar 
xalqaro firmalar rahbarlarining kamchilik qismini tashkil etishiga qaramasdan
dunyoda ularni yuz minglab uchratsa bo’ladi. Ekspatriantlar xizmatidan 
foydalanishga asosiy sabab ba’zida texnik tayyorgarlikni talab qiluvchi lavozimlarga 
mahalliy nomzodlarni topishning qiyinligidan iborat. Odatda bu shu davlatning 
rivojlanganlik darajasi bilan bog’liq, shuning uchun sanoati rivojlangan davlatlarda 
ekspatriantlar kamchilikni, rivojlanayotgan davlatlarda esa ko’pchilikni tashkil etadi. 
Bundan tashqari, bosh firma joylashgan mamlakatda ishlab chiqilgan qandaydir 
texnologiyani xorijiy filiallarda joriy etishda yuqori malakali kadrlar kerak bo’ladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin