Xalqaro menejment


Tartibli biznesmenlar uchun “Ahloq kodeksi”



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Tartibli biznesmenlar uchun “Ahloq kodeksi”. 
XXI asrda xalqaro
biznes uchun ulkan istiqbollar ochilmoqda. Samarali tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanmokchi bo’lganlar uchun biznesmenlarning milliy
assotsiatsiyasi xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqadilar. Ular esa erkin bozor va
umumqabul qilingan tadbirkorlik amaliyotining “tayanch - harakat tizimi” ni
tashkil etadi. Ko’pincha bu qoidalarning uslubiy negizini “ahloq kodeksi”
tashkil etib, ularni ishlab chiqish bo’yicha Xalqaro savdo palatasi (XSP) 80
yillik tajribaga ega. Ularga huquqiy qurollarning umumiy to’plami, intellektual
mulkni himoya qilish usullari, ta’magirlik va poraxo’rlikka qarshi kurash 
usullari, samarali soliqqa tortish mexanizmlarini yaratish, bojxona rejimini
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar, tijorat bahslarini arbitraj orqali hal
qilish tajribasi kiradi. 
Ko’pchilik 
tadbirkorlarning 
ahloq 
kodekslariga
qo’shilishidan manfaatdorligi sabablariga ularning xalqaro ko’lamda
tadbirkorlik bilan shug’ullanishini yengillashtiruvchi sharoitlarni yaratishga va
doimiy o’zgarib turuvchi jahon tovarlar va xizmatlar bozori kon’yukturasi
sharoitlarida o’z korxonasining havfsizligiga intilishi kiradi. 
Xulosa 
Global menejerga etika ichki milliy va xalqaro ziddiyatlarning oldini
olish imkoniyatini beradi. Global menejer malakasi iqtisodiy va texnik
bilimlardan tashqari ijtimoiy soha haqidagi bilimlarni va muloqotga
kirishuvchanlikni ham o’z ichiga olishi kerak. U o’z faoliyatining ijtimoiy
oqibatlarini hisobga olishi shart. 


108 
Xalqaro menejer o’z faoliyatini faqat xo’jalik muvaffaqiyatiga
erishishga yo’naltirganda va qabul qiluvchi mamlakatda jamoatchilik fikrini
inkor etganda yoki qabul qiluvchi mamlakatda kishilarning asosiy guruhlari 
- xalqaro kompaniyalarning xorijiy filial ishchi va xizmatchilari, mahalliy
aktsionerlar, hukumat mansabdorlari, kasaba uyushma rahbarlarini o’z
faoliyatining foydaliligi, to’g’riligi va bezararligiga ishontira olmaganda
ziddiyatlar tug’iladi. 
Ahloqiy jihatdan xalqaro menejerning jiddiy xatosi bo’lib, qabul
qiluvchi mamlakatda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xususiyatlarini
o’rganishni inkor etish, xorijiy faoliyatdan kutilayotgan natijalarning real
emasligi, xorijiy sheriklar bilan o’zaro tushunishga intilmaslik, muammolar
va ziddiyatlarning sabablarini yaxshi o’rganmay turib xorijiy sheriklar bilan
munosabatlarni uzish hisoblanadi. 
Biznesni ahloqiy yuritishning 3 belgisi: 
1) biznesning o’z maqsadlariga mosligi; 
2) sog’lom tafakkurga itoat etish
3) oddiy insonparvarchilik prinsiplari bo’yicha harakat qilish.
Moliyaviy faoliyat etikasi barcha ishga doir, shu jumladan, buxgalterlik
hisob-kitoblarining haqqoniyligidan iboratdir. 
Poraxo’rlik doim ma’naviy qoralanadi va ahloqsizlikka kiradi. 
Xalqaro tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishni
hohlovchilar uchun biznesmenlarning milliy va xalqaro assotsiatsiyalari xulq-
atvor qoidalari va “ahloq kodeks”larini ishlab chiqadilar. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin