Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/67
tarix27.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#200605
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi (1)

Tayanch iboralar:
xalqaro iqtisodiy integratsiya, integratsiya jarayoni 
dinamikasi ko’rsatkichlari, preferentsiyalarning umumiy tizimi, eksportni “ixtiyoriy” 
cheklash, NAFTA, ASEAN, MERKOSUR. 
Nazorat savollari

1.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga ta’rif bering. 
2.
Tadbirkorlik tuzilmalarning xalqaro iqtisodiy integratsiya aspektidagi 
manfaatlari qaysi omillarda jamlangan? 
3.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining ko’rsatkichlarini aytib bering. 
4.
Iqtisodiy integratsiya bosqichlarini aytib bering. 
5.
Eng yirik integratsion guruhlarni sanab bering. 
6.
YEIda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlarini qanday baholash 
mumkin? 


69 
7-BOB. KOMPANIYA FAOLIYAT YURITAYOTGAN 
MAMLAKATLARDA MENEJMENT USLUBINING XUSUSIYATLARI 
 
 7.1. Menejment uslubi 
 
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar 
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish, hamda korxonalarning samarali 
faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment 
uslubiga ta’sir ko’rsatadi. Global menejerning faoliyat doirasiga turli mamlakatlarda
muloqot ko’rinishi, ishlab chiqarish munosabatlari, muzokaralarda xulq-atvor 
xususiyatlarini hisobga olgan holda zamonaviy boshqaruv usullari asosida ishni 
tashkil qilish kiradi. Xalqaro menejer qabul qiluvchi mamlakatda o’z faoliyatining 
dastlabki qadamlaridanoq menejment uslubi xususiyatlariga duch keladi. Global 
menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning xalqaro menejment 
faoliyatining ilk davrida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan yettita 
asosiy elementlarini ajratadilar: 
1. Yangi xorijiy sherik bilan muzokaralar muhiti. Bu yerda muzokaralar 
o’tkazilayotgan mamlakatlik sheriklar ma’naviy ustunlikka ega bo’ladi. Ular 
muzokaralar davrida kam xarajat qiladi va mahalliy bozor ahvoli haqidagi tezkor 
axborot bilan yaxshiroq ta’minlangan. 
2. Qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari. Ularni bilish 
ishbilarmonlik muhitiga tezroq moslashishga, mahalliy iste’molchilar va yetkazib 
beruvchilar bilan oson til topishga yordam beradi. 
3. Qabul qiluvchi mamlakatning mafkurasi (millatchilik, islom fundamentalizmi, 
xitoy patriotizmi va b.) xorijiy korxona biznesini tashkil qilish va faoliyat yuritishiga 
jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
4. Byurokratik an’analar qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati 
o’rnatilishini uzoq muddatga cho’zib yuborishi mumkin. Masalan, Rossiyada 
“Makdonalds” restoranlarini tashkil qilish haqidagi muzokaralar 10 yil atrofida 
davom etgan. Ekspertlar baholashicha, 90-yillarda Xitoyda xorijiy va xitoy firmasi 
o’rtasida qo’shma korxona tashkil qilish to’g’risidagi muzokaralar o’rtacha ikki yil 
atrofida davom etgan.
5. Qabul qiluvchi mamlakat qonunlari. Ular xalqaro menejer tomonidan 
o’rganilgan bo’lishi va ularga qat’iy rioya qilinishi kerak. 
6. Turli pul tizimlari qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya xorijiy 
filialining faoliyatini jiddiy qiyinlashtiradi.
7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik xorijiy filial 
faoliyatida kutilmagan va keskin salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bryusseldagi YEI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YEIga a’zo-mamlakatlar 
korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin farqlanuvchi milliy 
xususiyatlariga duch keluvchi xalqaro menejerning qiyinchiliklari yumor yordamida 
ifoda etilgan.
Umumevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko’ring, agar: 
nemislar yumorni tushunmasa,
finlar sukut saqlasa,


70 
inglizlarning ovqati anglab bo’lmas aralashmalardan iborat bo’lsa, 
lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo’lsa, 
Fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa, 
ispanlar mag’rur, 
italyanlar xissiyot og’ushida, 
gollandiyaliklar ziqna, 
belgiyaliklar ish joyida o’tirmasa, 
portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o’zlashtira olmasa, 
shvedlar o’ta birqarashli, 
greklar tashkiliy bo’lmasa, 
irlandiyaliklar ichkilikni xush ko’rsa, 
avstriyaliklar sabrsiz bo’lsa. 
Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g’arbiy va sharqiy menejment 
uslublari mavjud. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin