Xalqaro mexnat taqsimotining moxiyati


Mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashlariga tasir qiluvchi omillar va uning rivojlanish ko’rsatkichlari



Yüklə 86,3 Kb.
səhifə4/9
tarix20.11.2023
ölçüsü86,3 Kb.
#163358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro mehnat taqsimoti-fayllar.org

2.Mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashlariga tasir qiluvchi omillar va uning rivojlanish ko’rsatkichlari
Mamlakatlaming XMTda qatnashishlariga nima turtki bo‘ladi? XMT rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Mamlakat ichki bozorining hajmi. Rivojlangan bozorlarga ega yirik mamlakatlarda zaruriy ishlab chiqarish omillari va iste’mol tovarlarini topish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Demak, bu mamlakatlaming xalqaro ixtisoslashuv va tovar ayirboshlashda qatnashish ehtiyoji kam bo‘ladi. Shu bilan birga rivojlangan bozor talabi importni kengaytirishni talab etadi. Bu — eksportga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvni kengaytirish evaziga qoplanadi.


2. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati qanchalik kam bo‘lsa, uning XMTda qatnashish zaruriyati shunchalik yuqori bo‘ladi.
3. Mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi. Mamlakatning yuqori darajada monoresurslar bilan ta’minlanganligi (masalan, neft), shuningdek, uning foydali qazilma boyliklari bilan kam darajada ta’minlanganligi ham uning XMTda faol qatnashish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
4. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida asosiy sanoat tarmoqlarining ulushi (energetika, qazib olish sanoati, metallurgiya va b.) qancha yuqori bo'lsa, odatda, mamlakat XMT tizimiga shuncha kam jalb etilgan bo‘ladi. Shuni qayd etib o‘tish lozimki, yuqorida keltirilgan barcha omillar namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zgarmas emas. Ulaming ta’siri u yoki bu darajada kamayishi mumkin. Masalan, mahalliy mahsulotning xalqaro raqobatbardoshligining o ‘zgarishi, eksportning cheklanishi shular jumlasidandir. XMTning rivojlanish jarayonidagi asosiy xususiyati — ushbu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda, naf qidirishi va topishidir. XMTning rivojlanish tendensiyalari iqtisodchilarning kelajakda bu jarayon yanada chuqurlashib boradi deb xulosa chiqarishlari uchun asos bo‘ladi. Uning asosida tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning miqyosi jadal sur’atlar bilan o‘sib boradi. Har qanday davlat xalqaro ayirboshlov jarayonida XMTning ustunliklaridan foydalanar ekan: birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlaming tashqi hamda ichki bozor narxlari o'rtasidagi farqdan yutishi; ikkinchidan, ichki xarajatlami kamaytirish maqsadida arzonroq bo‘lgan importdan foydalanish evaziga milliy ishlab 12chiqarishdan voz kechishi mumkin. Jahon xo‘jaligini tizim sifatida ko‘rib chiqqanda XMTni bu tizimni tashkil qilgan birlashtiruvchi asos, deb ta’kidlash mumkin.. Xalqaro mehnat taqsimotining shakllari Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi. XMT ichki tarkibga va rivojlanish usullariga ega. XMTning muhim ajralmas xususiyatlari ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi .Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi ikki yo'nalish bo'yicha rivojlanadi — ishlab chiqarish va hududiy. O'z navbatida, ishlab chiqarish yo'nalishi: - tarmoqlararo ixtisoslashuv; - tarmoqlar ichra ixtisoslashuv; - alohida korxonalar ixtisoslashuviga bo'linadi. Ishlab chiqarish xalqaro hududiy ixtisoslashuvi muayyan tovarlar va ulaming qismlarining jahon bozori uchun ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini o‘z ichiga oladi: • - alohida mamlakat; - mamlakatlar guruhi; - regionlar. Ishlab chiqarish xalqaro ixtisoslashuvining asosiy turlariga quyidagilar kiradi: - predmetli (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuv; - detalli (mahsulot qismlari va komponentlarini ishlab chiqarish) ixtisoslashuv; - texnologik yoki bosqichli (ya’ni, alohida texnologik jarayonlami amalga oshirish. Masalan, vig'ish, bo'yash va h.k.) ixtisoslashuv. Jahon xo‘jalik aloqalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuv keng tarqalgan. Tayyor mahsulot ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi XMTning dinamik shaklidir. 1950—60 yillarda ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi boshlang'ich sohalarda (avtomobilsozlik, aviasozlik, plastmassa, ehtiyot qismlar, radio apparaturalar va b. ishlab chiqarish) oldingi o'rinda edi. 1970—80 yillarda esa tarmoqlar ichra ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi (masalan, teri va rezina poyabzallar) ustun darajada rivojlana boshladi. Oxirgi paytlarda asbob-uskunalar majmuasini ishlab chiqarish va Ishlab chiqarish korxonalarini «tayyor» holda topshirish bo'yicha ixtisoslashuv jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Detalli ixtisoslashuv — bu alohida detallar, butlovchi qismlar, agregatlar va ulami keyinchalik ushbu qismlarni yig'uvchi hamda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazib berishga ixtisoslashuvdir. Turli mamlakatlarga tegishli korxonalarning tayyor mahsulot qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvlari zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti bilan bog'liq. Ishlab chiqarishning texnologik tarkibidagi murakkabliklar tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda qo'llaniladigan detallar va butlovchi qismlar soni va turlarining ko'payishiga olib keldi. Masalan, yengil avtomobilda 20 mingtagacha, po'lat quyuvchi 66 stanoklarda 100 mingtagacha, elektrovozlarda esa 250 mingtagacha detallar va butlovchi qismlar mavjud. Bunday ixtisoslashuvga Shvetsiyada ishlab chiqarilgan «Volvo» rusumli avtomobilni misol sifatida keltirish mumkin. 0 ‘zbekistonlik iste’molchi Toshkentda shu markadagi avtomobilni sotib olar ekan shved mahsulotining uchdan biriga ega bo‘ladi. Shvetsiyadagi avtomobil kompaniyasi butlovchi qismlaming 60 %idan ortiqrog'ini xorijdan keltiradi. Texnologik ixtisoslashuv mamlakatning tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq muayyan operatsiyaga ixtisoslashuvini anglatadi (ya’ni muayyan texnologik jarayon, masalan, yig‘ish, bo‘yash, tayyorlash va h.k.). Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli — xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning obyektiv asosi bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining o‘sib borayotgan darajasi hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida ro‘y berishidan qat’iy nazar, mustaqil korxonalar o ‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish aloqalari jarayoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi m a’lum bir munosabatlar tizimi sifatida faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o ‘zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladi. Ishlab chiqarish-texnologik hamkorlik. Ular: a) litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish; b) loyiha konstruktorlik hujjatlarini, texnologik jarayonlami, mahsulotning texnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj ishlari, kooperatsiyalashgan korxonalami zamonaviylashtirishni ishlab chiqish va moslashtirish; d) ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikatsiyalash, sertifikatsiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash. 1.Kooperativ mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdoiqtisodiy jarayonlar. 2. Sotilgan texnikaga xizmat ko'rsatish. Kooperatsiya aloqalarini o ‘matishda foydalaniladigan quyidagi uch asosiy usullar alohida ko‘rsatib o ‘tilishi lozim: - hamkorlikdagi dasturlami amalga oshirish; - shartnoma asosida ixtisoslashish; - qo‘shma korxonalar tashkil qilish. Hamkorlikdagi dasturlami amalga oshirish, o‘z navbatida, ikki asosiy shaklda amalga oshadi: pudratli ishlab chiqarish kooperatsiyasi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish. 67 Shartnoma asosida ixtisoslashish ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqarish kooperatsiyasi ishtirokchilari orasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Qo‘shma korxonalar — bu integratsiyalashgan kooperatsiyadir. Xalqaro ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi yuqori texnologik tarmoqlar, awalo mashinasozlikda keng tarqalgan bo‘lib, mashinasozlik korxonalari yagona fabrikaning alohida sexlari kabi turli mamlakatlarda yagona reja va o ‘zaro kelishilgan sur’atlarda ishlaydi13.
2021-yilning to‘rtinchi choragida import va eksport pandemiyadan oldingi darajadan yuqoriroq bo‘ldi. Global savdo 28,5 trln dollarni tashkil qildi. Bu haqda BMT savdo va taraqqiyot konferensiyasi Qayd etilishicha, o‘tgan yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda tovarlar savdosi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda kuchliroq o‘sdi. UNCTAD 17-fevralda Global savdo yangilanishini e’lon qildi. Unga ko‘ra 2021-yilda jahon tovarlar savdosi oshdi va xizmatlar savdosi nihoyat COVID-19’dan oldingi darajaga qaytdi14
Umuman olganda, jahon savdosining qiymati 2021-yilda rekord darajaga – 28,5 trillion dollarga yetdi, — deyiladi hisobotda.
Bu 2020-yilga nisbatan 25 foizga va 2019-yilga nisbatan 13 foizga ko‘pdir.
Xizmatlar savdosi 50 milliard dollarga oshib, 1,6 trillion dollarga yetdi. Bu pandemiyadan oldingi darajadan biroz yuqoriroq.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda savdoning o‘sishi
2021-yilda rivojlanayotgan mamlakatlar eksporti 2020-yilning shu davriga nisbatan qariyb 30 foizga, rivojlangan mamlakatlarda esa 15 foizga yuqori bo‘lgan.
Tovarlar bahosi oshgani sababli ularni eksport qiluvchi davlatlarda o‘sish yuqoriroq bo‘ldi, 2022 yil uchun prognozlarUNCTAD hisobotida aytilishicha, savdo o‘sishi 2022 yilning birinchi choragida sekinlashadi.Tovarlar va xizmatlar savdosi bo‘yicha ham kam miqdorda bo‘lsada ijobiy o‘sish sur'atlari kutilmoqda.
“2021-yilda xalqaro savdodagi ijobiy tendentsiya asosan tovar narxlarining oshishi, pandemiya cheklovlarining pasayishi va iqtisodiy rag‘batlantirish paketlari tufayli talabning kuchli tiklanishi natijasi bo‘ldi”, deyiladi hisobotda.
Xalqaro savdodagi tovar narxlarining o‘sish ko‘rsatkichlari susayishi mumkinligi sababli, tendensiyalar 2022-yilda normallashishi kutilmoqda.Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022-yilda savdo o‘sishi kutilganidan past bo‘lishi mumkin.Bundan tashqari, savdo shakllari ekologik jihatdan barqaror mahsulotlarga global talab ortib borayotganini aks ettirishi kutilmoqda.Avvalroq pandemiya davrida dunyoda qurol-yarog‘ savdosi oshgani haqida xabar berilgan edi.15
1-jadval

No mi 16




Yüklə 86,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin