Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. XMT nazariyasi burjuaziya siyosiy iqtisodi klassiklari A. Smit va D. Rikardolar asarlarida asoslandi va rivojlantirildi. A. Smit XM T ni tahlil qilar ekan, «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari» kitobida (1776-y.) savdo va tadbirkorlik erkinligining zarurligini isbotlaydi. Uning fikricha, savdo erkinligini turli yollar bilan cheklash alohida mintaqalar va davlatlar o‘rtasida mehnat taqsim otining chuqurlashuviga xalaqit beradi. A. Smit g ‘oyalari keyinchalik ingliz iqtisodchilari — D. Rikardo, R. Torrens va J. S. M illarning ilmiy ishlarida rivojlantirildi Iqtisodiy nazariya klassiklarining g‘oyalari E. Xeksher, R Samuelson, B. Olin, V. Leontev va boshqa hozirgi zamon iqtisodchilari tomonidan rivojlantirildi.2Barcha olimlar xalqaro mehnat taqsimotining qanchalik muhim ekanligini oz asarlarida takidlab o’tishgan
Kurs ishining maqsadi.Xalqaro mehnat taqsimotining jahon xo’jaligidagi o’rnini ilmiy-uslubiy yo’nalishda tadqiq etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari. Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan xolda , kurs ishida quyidagi vazifalar belgilab olingan :
Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati va ahamiyatini ochib berish;
Jahon iqtisodiyotida xalqaro mehnat taqsimotining o’rnini ko’rsatish;
Dunyo mamlakatlarining xalqaro mehnat taqsimotidaga ishtirokini ko’rib chiqish;
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko’rsatib o’tish va kelgusida buni mustahkamlash bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Xalqaro mehnt taqsimotining zamonaviy g’arb nazariyalarini o’rganish, chuqur tahlil qilish va uni o’zbekiston sharoitida qo’llash imkoniyatlarini ko’rib chiqish;
Xalqaro mehnat taqsimotiga doir ilmiy-amaliy uslublarning shakllanishi qonuniyatlarini o’rganish ;
Kurs ishining predmeti.Xalqaro mehnat taqsimotining tashkil etishni strategik rejalashtirish jarayonlari va bu jarayonlarda mavjud hamda shakllanishi mumkin bo’lgan qonuniyatlar tubdan tahlil qilinadi va o’rganiladi.