Himoya hay’ati a’zolari 1._________________________ Bajardi: 5-kurs MMC-65guruh
2._________________________ talabasi: Xayrullayev Boburjon
3._________________________ Ilmiy raxbari : ________________
TOSHKENT-2022
MAVZU: Xalqaro savdo moliyalashtirishni takomillashtirish .
Reja: KIRISH Xalqaro savdo moliyalashtirishni takomillashtirish .
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdosining joriy holati tahlili
Global iqtisodiyotda Davlatlararo xalqaro savdoni takomillashtirish yo’llari
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH Respublikada ulgurji va birja savdosi korxonalari faoliyati uchun zarur huquqiy asos yaratilgan, zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan holda chakana savdo tarmoqlari jadal rivojlanmoqda, tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnik resurslardan foydalanishi kengaymoqda.
Shu bilan birga, tovar bozorlarining hozirgi holati, ulgurji va birja savdosining rivojlanish darajasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Savdo aylanmasining kengayishiga, ichki bozorni va ishlab chiqaruvchilarni zarur tovarlar bilan taʼminlashga hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator muammolar mavjud, xususan: ulgurji savdoning rivojlanishi, keyinchalik qayta ishlash uchun yarim tayyor mahsulotlarni va sanoat mahsulotlarini, “biznes uchun – biznes” (B2B) tamoyili boʻyicha boshqa tovarlarni yetkazib berish tizimi darajasining pastligi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tranzaksiya xarajatlarining oshishiga va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi pasayishiga olib kelmoqda; tadbirkorlarni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor narxlarining noqulay oʻzgarishi oqibatlaridan muhofaza qilish imkonini beruvchi fyucherslar, hosila moliyaviy vositalar va birja tovarlari savdosi boshqa zamonaviy mexanizmlarining sust joriy etilishi natijasida operatsiyalar hajmi va savdoga chiqariladigan tovarlar turlari cheklanmoqda; savdo subyektlarining ustav kapitalida davlat ulushining yuqoriligi, chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida eskirgan cheklovlarning saqlanib qolinayotganligi mazkur sohalarda raqobat muhitining izchil rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda;
tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni, shu jumladan, xorijiy isteʼmolchilarni mamlakatda ishlab chiqarilayotgan talab yuqori boʻlgan mahsulotlar turlari va hajmlari toʻgʻrisida xabardor qilishga doir ishlarning tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi respublika ichida, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqarish kooperatsiyasining rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Savdo mexanizmlarini yanada takomillashtirish, tovarlar bozorida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida: