Xalqaro savdo - miqyos samarasi bilan ham tushuntiriladi. Nazariy jihatdan olganda u mikroiqtisodiy hodisalarga kiritiladi hamda mahsulot ish lab chiqarishning o'rtacha chiqimlari va hajrnlari dinamikasini qiyoslashga asoslanadi. Agar ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirganda, o'rtacha chiqimlar mahsulot birligiga hisoblanganda qisqarsa, miqyos samarasi - musbat, ko'rsatilgan ko'rsatkichlar dinamikasi tamoyillari teskari nisbatda OO'lsa - manfiy bo'ladi.
Rivojlanish jarayonida ko'plab mamlakatlaming (ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlaming) ta'minlanganligi baravarlashgani sababli ham mutloq, ham qiyosiy ustunliklar uchun asos yo'qoladi. Miqyos samarasini beradigan ommaviy ishlab chiqarish ta'minlangan taqdirdagina xalqaro savdo foydali bo'ladi. BuniIig uchun bozor sig'imi asosiy omilga aylanadi, uni alohida blingan mamlakatlar ichida ta'minlash qiyin.
Bunga, odatda, jahon ~zoridagi operatsiyalar hisobiga erishiladi. Yagona integratsiyalangan bozorning shakllanishi shunga olib keladiki, iste'mo1chilarga ko'p miqdordagi mahsulot ancha past narxlarda taklif qilinadi. Shu tariqa, mikroiqtisodiy muammolar makroiqtisodiy darajaga o'tadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi bo'lgan firmaning daromadi milliy iqtisodiyotning jahon bozoriga integratsiyalashuvi darajasiga bog'liqdir.
Xalqaro savdo mazmuniga doir biz bayon etgan barcha yondoshuvlami ancha osonlik bilan dastlabki ikki qarashga kiritsa bo'ladi. Zero, ma'lumki, mam1akatda ortiqcha bo'lgan resurslar sarflanadigan mahsulot sham, tovarlar hayot tsikli ham, miqyos samaralari ham - ularning barchasi ishlab chiqarish chiqimlaJiga bevosita bog'liq.
Shuning uchun dastlabki ikki qarash - eng universal doktrinalar bo'lib, qolganlari esa ulami aniqlashtirish hisoblanadi. Shuni ta'kidlash joizki, xalqaro savdo - tashqi iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turJarining boshlang'icl1, muvofiqlashtiruvchi va ko'paytiruvchi negizi hisoblanadio:
Tashqi iqtisodiy faoliyatning xorijiy sarmoyani jalb etishdek shaklinirw samaradorligi ham uning darajasiga bog'liq. Savdodagi qonun huijatlari tomonidan belgilangan boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.
Ayni vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar davlatning iqtisodiy tizimiga ta'sir ko'rsatish vositasi bo'lib maydonga chiqadi, u tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Hozirgi jahon xo'jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadinin o'stirish, xalq xo'jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillariga aylanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar orqali jahon bozorining tovar va xizmatlarga talabi muayyan davlatning ichki bozoriga o'tkaziladi, bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga imkon yaratadi, bu, o'z navbatida, sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo, moliya muassasalari va xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi.
Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi. Ko'pchilik davlatlarda mavjlold bo'lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o'z tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ulami rivojlantirish yo'nalishlarini sha!dlantirishga ham, boshqa mamlakatlaming tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy siyosatiga ham faol ta'sir ko'rsatish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining ushbu doirasini savdo-siyosiy mexanizm sifatida ta'riflash mumkin.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari, asosan, O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki doimiy ravishda qo’shimcha foyda olishga imkon beruvchi va mijozlar manfaatiga mos keluvchi yangi moliyaviy instrumentlar qo’llamoqda va bugungi kunda u AQSH, Germaniya, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Koreya, Xitoy, Indoneziya, Turkiya banklari kredit liniyalariga xizmat ko’rsatmoqda.
Bankning e'tiborli xalqaro moliya institutlari- Jahon banki guruhi, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, MFK bilan faol hamkorligi aniq loyihalarda amalga oshiriladi.
Loyihalar o’ziga ketgan xarajatlarni qoplashi, atrof-muhitni himoyalash talablariga javob berishi, import o’rnini bosa olishi, mamlakat eksport potentsiali tez o’sishiga imkon berishi lozim. Bularning puxta tekshiruvi bizga kreditorlar va qarzdorlarga barcha majburiyatlarni suzsiz bajarilishini ta'minlash huquqini beradi. Iqtisodiyotning quyidagi yo’nalishlari bo’yicha loyihalar ustuvor sanalmoqda:
• paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning rivoji;
• meva va sabzavotlar etishtirish va qayta ishlash;
• don ishlab chiqarish va qayta ishlash;
• neft va gaz qazib chiqaruvchi sanoat;
• tog-kon sanoati - qimmatbaho va rangli metallar qazib chiqarish va qayta ishlash;
• kimyo texnologiyasi majmui;
• qurilish mollari ishlab chiqarish;
• kichik va o’rta biznes korxonalari;
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo konsepsiyasi Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an'anaviy va eng rivojlangan ko'rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80% tashqi savdoning ulushiga to'g'ri keladi. Dunyoda mavjud bo'lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roll kattadir. Iqtisodcht olim.Saksning fikricha dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati ishq Savdoda ko'rinadi.
Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sog'lom iqtisodiyotni bosil qila olgani yo'q. Xalqaro savdoda xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo'ladigan turli davlatlami tovar ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi aloqalaming bir shakll bo'lib, ular o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy bog'liqlikni namoyon qiladi. Mamlakatlar iqtisodiyotida ITI ta'siri ostida ro'y berayotgan tuzilmaviy o'zgarishlar. (sanoat Ishlab chiqarishning Ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuv) milliy xo'jaliklarning o'zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro savdoni faollashuviga imkon yaratmoqda.
Xalqaro savdo Ishlab chiqarishga nisbatan tezroq o'smoqda. Tashqi savdo aylanmasini tablif qilish shuni ko'rsatadiki, jahonda ishlab chiqarish 6 10%ga ko'paygan holda jahon savdosi 16ga o'smoqda. Tashqi savdo» deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq to'lanadigan olib kirishi, ya'ni, import va haq to'lanadigan olib chiqish, ya'ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning haq to'lanadigan tova aylanmasi yig'indisi xalqaro savdo deb ataladi.
Xalqaro savdo tushunchasi tomoq ma'noda ham ishlatilishi mumkin, Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar aylanasining yig'indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar aylanmasining yig'indisi va x.k. Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo'yicha milliy siyosat muammosi yotib, 200 yillar mobaynida bu mavzuda qizg'in tortishuvlar bo'lib turibdi.
Erkin savdo yoki proteksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo'lsa shu holda saqlash oldingi asrlaming xarakteri edi. Bizning davrimizda bu ikki yo'nalish o'zaro bog'liqdir. Ammo ko'p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo tamoyilining bosh vazifasini bajaradi. Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo'lib Adam Smit o'z ta'rifini bergan edi. Adam Smit wayirboshlash har bir mamlaka uchun foydali bo'lib, har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega bo'lishini ta'kidlagan edi. Adam Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi bo'lgan va erkin savdo siyosatining har qanday shakli uchun asos bo'lib kelgan.
David Rikardo «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi (1817-yil) nomli asarida bosh berk ko'chadan klassik nazariyani keltirib chiqardi. U xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajratgan holda, davlatlar uchun qanday holatlarda davlatlararo ayirboshlash manfaatli ekanini ko'rsatib berdi. Har bir davlat uchun ustunlik qilgan yoki kuchsizligi nisbatan kamroq bo'lgan sohaga ixtisoslashish manfaat keltiradi degan fikri berdi.
Uning qarashlar konsepsiyasi taqqoslanishi nazariyasi yoki prinsipida o'z aksini topdi. D. Rikardo o'z ta'limotida xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun mumkin va manfaatligini, ayirboshlash barcha uchun foydali bo'lgan narx zonalarini aniqlab bergan bod Dion Styuart Mill o'zining «Siyosiy kitisod asoslari (1848-yil) nomli asarida qanday narxda ayirboshlashni amalga oshirilishini foydali ekanligini ko'rsatgan edi. Styuart Millning ta'limoti bo'yicha ayirboshlash narxi talab va taklif qonuniga ko'ra, har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini qoplaydigan daraja bilan belgilanadi.
Djon Styuart Millning muhim xizmatlaridan biri uning xalqaro narx qonuni yoki xalqaro narx nazariyasidir. Xalqaro narx qonunida ta'kidlanishicha, shunday narx mavjudki u davlatlar orasidagi tovar ayirboshlashni optimallashtiradi. Bu bozor narxi bo'lib, u talab va taklifga bog'liqdir. Kavak siyosiy kapiadeh larming hair yasini rivojlantirib Gotfrid Xaberler o'z qarashlar konsepsiyasini nafaqat mehnatga, balki ishlab chiqarishning barcha omillariga e'tiborni qaratgan edi. Xalqaro savdo oqimini nima bilan aniqlanishi va uning tarkibini Eli Xeksher va Bertil Olinlar o'zlarining zamonaviy qarashlarida aks ettirdilar.
Ular nishly ustunlik tushunasini izohlab u yoki bu davlatning ma'lum bir tovarlarga ixtisoslashishini olamning ishlab chiqarish omilariga egalik darajasiga bog'liqdir deyilgan edi. E.Xeksher va B.Olin narxlarning ishlab chiqarish omillariga tenglashtirish nazariyasini ilgari surdilar. 1948 yilda Amerikalik iqtisodchilar Samuelson va V.Stolper o'z nazariyalarini kisib Xeksher-Olin ta'limotining isbotini yanada mukammallashtirib, ishlab chiqarish omillaridan biri, texnika asosan bir mukammal raqobat va tovarlaming to'la harakatchanligi mavjud bo'lganda xalqaro ayirboshlash ishlab chiqarish omillarining davlatlar orasidagi narxini tenglashtiradi degan
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.
Erkin savdo yo‘lida juda ko‘p to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar:
1) boj to‘lovlari. Boj to‘lovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
2) import kvotalari. Import kvotalari yordamida ma’lum bir vaqt oralig‘ida import qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlarning maksimal hajmi o‘rnatiladi;
3) tarifsiz to‘siqlar. Tarifsiz to‘siqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qo‘yish yoki oddiy ma’muriy taqiqlashlar tushuniladi;
4) eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo to‘siqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari o‘zlarining ma’lum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.
Erkin savdo (fritrederlik) siyosati proteksionizm siyosatining aksi bo‘lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
XULOSA Jahon bozorida ishtirok etayotgan mamlakatlarning soʼnggi yillardagi tashqi savdo siyosatida tashqi savdoni tartibga solish dastak va vositalaridan foydalanish tendentsiyalari koʼzga yaqqol tashlanadi. Jahon savdosi erkinlashib borishi oʼrniga deyarli barcha davlatlar anʼanaviy qabul qilingan tarif va notarif usullardan tashqari boshqa turdagi dastak va vositalardan oʼzlarining ichki bozorlarini himoyalash yoki tashqi bozorda faoliyat koʼrsatayotgan eksportchilarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida qoʼllashga harakat qilmoqdalar. Аmmo, jahon savdo tashkiloti bunday protektsionistik harakatlar va urinishlarga zid oʼlaroq tovar, mahsulot, ish va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlashga qaratilgan siyosatni davom ettirmoqda. Tashqi savdoni tartibga solishda nisbatan qatʼiy usul, dastak va vositalarni koʼproq Osiyo davlatlari faol qoʼllayotganlari ham tahlil natijalarida maʼlum boʼldi. Osiyo davlatlari jahon bozorida oʼzlariga munosib mustahkam oʼrin egallash uchun tashqi savdoni tartibga solishning milliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga toʼgʼri keladigan barcha usullaridan foydalanishga harakat qilishmoqda. Nazariy jihatdan olib qaraganda, rivojlanishning jadal bosqichi va davrlarida Germaniya ham(19- asrning oxirlari), АQSh ham (20-asrning boshlari) tashqi savdoda keng koʼlamli dastak va usullardan foydalanishgan. Bir qaraganda, globallashuv va tashqi savdoning keng miqyoslarda erkinlashtirilishi yuz berayotgan soʼnggi 15- 20 yilda, aslida rivojlangan davlatlar ham oʼzaro turli usullarni qoʼllab kelishmoqda. Yaponiyaning keyingi 5-10 yilda iqtisodiyotidagi nisbiy tushkunlik hodisalari borgan sari tendentsiyaga aylangandan soʼng, bu davlat ham tashqi savdoda protektsionistik (muhofazakorlik) yondashuvlariga koʼproq murojaat eta boshladi. Biroq, bizningcha, bunday tendentsiyalar uzoq davr uchun davom etishi mumkin emas. Chunki, rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti mazmunmohiyatiga koʼra erkin bozor iqtisodiyoti boʼlganligi sababli bundan choratadbirlar u yoki bu iqtisodiy muammo keskinlashib ketishining oldini olish uchun qoʼllaniladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Oʼzbekiston jahon bozoriga chiqib faol tashqi savdo siyosatini amalga oshirishi uchun yuqorida taʼkidlangan usul va vositalardan imkoni boricha qayishqoq shaklda, milliy ishlab chiqaruvchilarning manfaatlaridan kelib chiqib, ularning mavqeini yanada mustahkamlashga qaratilgan tashqi savdo siyosatini amalga oshirishi maqsadga muvofiq. Buning uchun taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan qoʼlanilayotgan usul va vositalarni doimiy tahlil etish, ularning bizning sharoitlarga muvofiq keladiganlarini oʼzlashtirib olish lozim