Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati



Yüklə 78,19 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü78,19 Kb.
#168046
  1   2
5.O‘zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi


O‘zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi

Reja:


  1. Milliy valyuta “so'm”ning joriy etilishi bosqichlari 

  2. Mamlakat milliy valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni

  3. O`zbekiston respublikasi valyuta siyosatining asosiy jihatlari

Milliy valyuta “so'm”ning joriy etilishi bosqichlari 
1991 yil 1 sеntyabrda O'zbеkiston mustaqilligining e'lon qilinishi to'liq mustakillikka erishish yo'lidagi birinchi qadam edi. O'zbеkiston siyosiy mustaqillikdan iqtisodiy mustaqillikga o'tishdan tortib, turmushning barcha sohalarida rеal mustaqillikni qo'lga kiritishgacha bo'lgan uzoq va murakkab yo'lni bosib o'tishi lozim edi. Ushbu maqsadlarga erishishda milliy valyutaning joriy etilishi muhim shartlardan biri bo'ldi.
Sobiq ittifoq respublikalari siyosiy mustaqillikka erishgach, rubl hududidan birdan chiqib keta olmadilar. Bu iqtisodiy jihatdan mumkin emas edi, chunki xo'jalik aloqalari, odatda yillab yo'lga qo'yiladi va har qanday o'zgarishlar muayyan vaqtni talab etadi.
O'zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan o'z milliy valyutasini muomalaga kiritishgacha bo'lgan butun davr oralig'idagi iqtisodiy xolat pul qadirsizlanishining nihoyatda yuqori darajasi, moliyaviy va iqtisodiy beqarorlik bilan xarakterlandi.
O'zbekiston naqd rublning yagona emitenti bo'lgan Rossiyadan naqd pul mablag'lari bilan ta'minlashda surunkali qiyinchiliklarni seza boshladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari B.S.Hamidov, Markaziy bank Raisi F.M.Mullajonov, Markaziy bank Raisining o'rinbosari X.M.Yunusov, Inkassatsiya birlashmasi bosh direktori B.P.Halilov va boshqa ma'sul hodimlar haftalab Moskva shahrida xizmat safarlarida bo'lishib, katta mashaqqatlar bilan zarur miqdorlarda respulikamizga naqd pul mablag'larini olib kelishga majbur bo'lar edilar. O'zbekiston o'zi olib ketayotgan qadirsizlangan qog'oz pullar o'rniga jahon bozorida qiymati oltin bilan o'lchanadigan paxta tolasi berishga majbur bo'layotgan edi.
1992 yilning may, iyun oylaridan boshlab qator sobiq ittifoq respublikalari o'z milliy valyutalarini amalga kirita boshladilar.
Sobiq ittifoq respublikalari tomonidan o'z
valyutalarining joriy etilishi 


Mamlakat

Rubl hududidan chiqish sanasi(asosiy (oraliq) valyutaning joriy etilishi)

Belarus

1992 yil may (belorus rubli)

Estoniya

1992 yil iyun (krona )

Latviya

1992 yil iyul (latviya rubli)

Ozarboyjon

1992 yil avgust (manat)

Litva

1992 yil oktyabr (litva taloni)

Ukrayina

1992 yil noyabr (karbovanets)

Qirg'iziston

1993 yil may (som)

Gruziya

1993 yil avgust (kupon)

O'zbekiston

1993 yil noyabr (som-kupon)

Armaniston

1993 yil noyabr (dram)

Qozog'iston

1993 yil noyabr (tenge)

Moldova

1993 yil noyabr (ley)

Turkmaniston

1993 yil noyabr (manat)

Tojikiston

1995 yil may (tojik rubli)

Manba: Transition Report 2000, EBRD va boshqa manbalar. 
Respublikamiz rahbariyati tomonidan ichki iste'mol bozorini ximoya qilish vazifasi qat'iy qilib qo'yildi. O'zbekistonga boshqa davlatlarda o'z kuchini yo'qotgan sovet pullari oqib kelishini oldini olish va O'zbekiston iste'mol bozorini himoyalash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 5 mayda “Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste'mol bozorini himoyalashni kuchaytirish to'g'risida” qaror qabul qildi. Bu qaror asosida aholining tovar sotib olishi va depozit operatsiyalarining bajarilishida passport va kupon tizimi joriy etildi.
Milliy valyutani joriy etish ikki bosqichda olib borildi: birinchi bosqich 1993 yil noyabrdan 1994 yil iyungacha bo'lgan davrni qamrab oldi. Ikkinchi bosqich 1994 yil iyul oyigacha davom etdi. 1993 yil 15 noyabrdan boshlab 1992 yil namunasidagi, nominali 5.000 va 10.000 bo'lgan rubllar muomaladan chiqarildi. Bu pullar faqat Jamg'armabank muassasalarigagina topshirilishi kеrak edi. Shu bilan birga mazkur kupyuralarni bank muassasalarida qiymati pastroq bo'lgan kupyuralarga almashtirish taqiqlandi.
1993 yil 15 noyabrda dastlabki oraliq “so'm-kupon” valyutasi joriy etildi. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 22 noyabrdagi “Istе'mol bozorini himoyalash va rеspublikada pul muomalasini mustaxkamlashga doir qo'shimcha chora - tadbirlar to'grisida”gi qaroriga muvofiq 1993 yil 1 dеkabrdan boshlab O'zbеkiston Rrеspublikasi hududida SSSR Davlat bankining 1961-1962 yillar namunasidagi, qiymati 200,500 va 1.000 rubl bo'lgan pul bilеtlarini to'lov vositasi sifatida qabul qilish to'xtatiladi. Shu tarzda 1993 yilning dеkabr oyida O'zbеkiston Rеspublikasi hududida quyidagi uch turdagi pul birligi momalada bo'ldi: So'm-kuponlar, SSSR Davlat bankining qiymati 100 rublgacha bo'lgan kupyuralari va Rossiya Davlat bankinining 1993 yil namunasidagi kupyuralari.
O'zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va “O'zbеkiston Rеspublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to'grisida” gi qonunning 11-moddasi, shuningdеk, O'zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sеntabrdagi 952-XI sonli qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab O'zbеkiston Rеspublikasi hududida qonuniy to'lov vositasi bo'lgan milliy valyuta - “So'm” muomalaga kiritildi.
Bank muassasalari tomonidan 1994 yil 1 iyul holatiga ko'ra mulkchilik shaklidan qat'iy nazar rеspublika xududida ro'yxatga olingan yuridik shaxslarning xisob-kitob va joriy xisob varaqalaridagi barcha pul mablag'larini, shuningdеk, invеntarlash va buxgaltеrlik xisobi ma'lumotlari asosida 1000 so'm-kupon - 1so'm nisbatida barcha asosiy va aylanma fondlarning balans qiymati, boshqa moddiy boyliklar, dеbitorlik va krеditorlik qarzdorliklari, byudjеtga qarzdorlik hamda bank balansi aktiv va passivlarining barcha qolgan moddalari, rеspublika va maxalliy byudjеtlar mablag'lari qoldiqlari, shuningdеk, tashkil topish manbalaridan qat'iy nazar byudjеtdan tashqari fondlar mablag'larini qayta xisoblab chiqish bo'yicha ishlar olib borildi.
MAMLAKAT MILLIY VALYUTA SIYOSATINING
IQTISODIY MAZMUNI
Bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o’ynaydi. U «ko’p kirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta'minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to’lov balansining aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi o’rin egallaydi.
Valyuta siyosatining shakli va o’rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo’jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o’rni bilan aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo’lsak, birinchi navbatda, har qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagi shakllanib kelmoqda: valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta'minlanganligi, valyutaviy cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlar-aro munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya'ni rivojlanayotgan mamlakatlarni ichki siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko’mak berish.
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming umatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan munosabatlami tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo’yicha ikki tomonlama va ko’p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi. Yamayka valyutaviy kelishuv XVF nizomining o’zgartirishi bilan, yangi jahon valyuta tizimi yo’nalishini aniqlab berdi.
Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo’llaridan biri, davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo’li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo’l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta'sir etiladi. Xo’jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo’ldi. U quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish, kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish iqtisodiy integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi.
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo’yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish bir necha pogonalardan iborat:

  • xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag’lariga ega bo’lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi;

  • xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank, valyuta nazorati tashkilotlari).

Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog’liqligi.
2. Xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.
3. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o’rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya.
4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya'ni suzib yuruvchi
kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o’zgarishining barqaror emasligi.
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-biriga
o`zaro bog’liq bo’lmagan va ularning xalqaro xo’jalikdagi integratsiyalashuvi.
Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo’lib XVF hisoblanadi. O’tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo’yicha yig’ilishlar bo’lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to’g’risida; 1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig’ilishlarini sanab o’tish mumkin.
Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko’ra tarkibiy va joriyga bo’linadi. Tarkibiy valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to’g’ri keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o’z ta'sirini ko’rsatadi. Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir.
Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning ko’rinishlari - valyuta interventsiyasi, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, valyutaning almashuv darajasini boshqarish, valyuta kursining tartibi, devalvatsiya, revolvatsiya.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Foiz stavkasi - ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutlok kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.
Foiz o’zining iqtisodiy ma'nosi bo’yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me'yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog’liq, ya'ni: davr bosqichidan, inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, Markaziy bank siyosati va boshqalardan.
Foiz stavkasi darajasiga ta'sir etuvchi omillarni bir necha guruhga bo’lish mumkin. Masalan, bozordagi talab va taklifga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etuvchi omil bu - davlat tomonidan talab (davlat byudjetining taqchilligi miqdori bilan aniqlanadi) hamda savdo, ishlab chiqarish kompaniyalari va aholi o’rtasidagi talab va taklif.
Ichki omillar ham muhim o’rin tutadi. Bular jumlasiga xorijiy, milliy va xalqaro bozordagi stavkalar darajasi, kapitallar harakatini cheklashlar, to’lov balansini ahvoli kabilarni ko’rsatish mumkin. Va nixoyat, bir qancha omillar borki, ular stavkalarning o’sishiga tezrok ta'sir etadi. Ammo, ular talab va taklifga, kutilayotgan inflyatsiyaning oldini olishga, xavf-xatarlar, soliqlar, valyuta kursi tushishi an'anasiga va shu kabilarga ta'sir etmaydi.
Foiz stavkalarining joylashish jarayoni shu qadar murakkablashdiki, ssuda kapitallari bozoridagi holatlarni yoki foiz stavkalarini to’g’ri prognozlashni tushuntirib berish murakkabdir.
Shu bilan birgalikda, foiz stavkalarining tarkibi yetarli darajada egiluvchandir.
Foiz stavkalari tarkibi asosida ob'ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya'ni, juda keng tarqalgan va likvidli qisqa muddatli operatsiyalar stavkalari tijorat banklari o’z kredit faoliyatini qayta moliyalashtirishda qo’llaniladi.
Stavkalar tarkibi asosida pul bozorining rasmiy hisob stavkasi (qayd qilingan) yoki Markaziy bankning operatsiyalari bo’yicha joriy stavkalari yotadi. Bu stavkalar har doim pul bozori stavkalaridan past bo’ladi, chunki Markaziy bank tomonidan qayta hisobga olingan tijorat veksellari, valyuta kursi xavf-xatarlaridan xolirok bo’ladilar.
Shunday qilib, banklar Markaziy bank tomonidan odatiy holda qayta moliyalashtirilishlari mumkin. Davlat uchun rasmiy hisob stavka kursi valyuta-pul bozorini tartibga solishning asosiy yo’llaridan biridir. Shuning uchun, veksellarning barchasini qayta hisobga olishda foydalanilmaydi (aktseptlovchi banklar soni chegaralangan).
Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini ikkinchi asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba'zan bu alohida mamlakatlar (Kanada, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya)da rasmiy foiz stavkasidan past bo’ladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning o’zi turganligidir. Shuningdek, hukumatning o’zi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi.
Pul-valyuta bozorining uchinchi asosiy elementlariga banklararo depozitlar va unga yaqin depozit sertifikatlari stavkalari kiradi. Bu stavkalar rasmiy kurs stavkasidan kam, xazina veksellari stavkasidan esa, hamisha yuqori turadi.
Hududiy valyuta bozorlarning rivojlanishi bilan foiz stavkalarining muayyan turlari ko’paymoqda. Masalan, LIBOR (London Interbank Offered Rete - LIBOR) - London banklararo mablag’larga taklif stavkasi yuzaga keldi va juda keng kuUanilmoqda. LIBOR o’zida London banklarining bir-biriga ta'minlanmagan ssudalar (1 oydan 1 yilgacha) berishning o’rtacha foiz stavkasidir. LIBOR AQSH dollarida qo’llanilishi keng tarqalgan, lekin bu LIBORni boshqa evrovalyutalarda qo’llanilmasligini anglatmaydi.
Xalqaro ssuda kapitallari bozorining rivojlanishi bilan LIBOR stavkasiga o’xshash boshqa stavkalar paydo bo’ldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR (Nyu-York, Norvegiya), KUBOR (Kuvayt), LYuKSIBOR (Lyuksem-burg) va shu kabilar.
Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari «tenglashish» an'anasiga ega, chunki ular Evrobozorda hududiy markaziy yaqinlikdadirlar. 1985 yildan Frankfurt-Maynda FIBOR (Germaniya markasi uchun), Amsterdamda AIBOR (gulden uchun) stavkalari qo’llanila boshlangan.
Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta'sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.
Hozirgi davrda valyuta interventsiyasidan ko’zlangan maqsad - valyuta kursining qisqa vaqt oralig’ida, kutil-maganda yuzaga keladigan keskin tebranishlarga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o’zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat kila olmaydilar. Shu sababli, valyuta interventsiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi.
Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zahiralari yoki Markaziy banklarning banklararo «SVOP» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi.
Valyuta interventsiyasi XLX asrdan boshlab qo’llanila boshladi. Masalan, Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini barqaror tarzda ushlash uchun undan foydalanishgan. Oltin monometallizmi bekor qilingandan so’ng, valyuta interventsiyasidan foydalanish keng tarqaldi. 1929-1933 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga kelgan sharoitda, Markaziy banklar valyuta dempingiga ko’mak berish uchun o’z valyutalari kursini tushirish maqsadida valyuta interventsiyasidan foydalandilar.
Valyuta interventsiyasi o’tkazishning moddiy bazasi vazifasini, 1930-yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda tashkil qilingan, maqsadli valyuta fondlari - oltin, chet el va milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o’tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va yo’nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Frantsiyada bu maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarining summasi miqdorida ajratilgan fonddir. Frantsiya Markaziy banki o’zining interventsiya operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor kilmaslik uchun uning ulchov ko’rsatkichlarini matbuotda e'lon kilmaydi. AQSHda maqsadli valyuta fondi haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo’qotdi (uning hajmi 2 mlrd. AQSH dollari bo’lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o’zgarmasdan qolmoqda). Chunki, Federal Zaxira banklari valyuta interventsiyasini, asosan, chet el Markaziy banklarining «SVOP» bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Buyuk Britaniyada maqsadli valyuta fondi, mamlakatdagi oltin-valyuta zahiralarini o’zida mujassamlashtirgandir.
Brettonvud tizimi doirasida valyuta interventsiyasi, asosan, qat’iy belgilangan kurslar qadrini ushlab turish maqsadida o’tkazilardi. Interventsiyani o’tkazishda asosiy valyuta AQSH dollari bo’lgani uchun, AQSH boshqa davlatlarga uning kursini ma'lum darajada ushlash yuzasidan majburiyat qo’ydi. Yamayka tizimida suzib yuruvchi valyuta kurslariga o’tilgandan so’ng, valyuta interventsiyasi, asosan, kurslar tez tebranishining oldini olish maqsadida o’tkazilardi. AQSH dollarini zahira valyuta sifatidagi roli pasayishi oqibatida, valyuta interventsiyasida AQSH dollari bilan bir qatorda nemis markasi hamda bir qator G’arbiy Yevropa va Yaponiya davlatlari valyutalari qo’llanila boshlandi.
Hozirgi vaqtda, har qanday interventsiyaning oxirgi maqsadi, valyuta bozoridagi vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda, tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta'minlaydi.
Valyuta interventsiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida, hukumat tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining oldini olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon'yunkturasining salbiy ta'siridan saqlash-larini ko’rsatish mumkin. Ba'zan, davlat o’z valyuta kursini real bo’lmagan kurs darajasida saqlashga harakat qiladi.
Ko’pgina Markaziy banklar mamlakatning oltin-valyuta zahiralari bilan o’tkaziladigan operatsiyalarga extiyotkorlik bilan yondoshmoqdalar va kamroq xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar.
Oxirgi yillar davomida, yetakchi mamlakatlar bir necha marta muvofiqlashgan valyuta interventsiyasini o’tkazdilar. Ularning asosiy maqsadi bo’lib, AQSH dollari kursini tushirish yoki hech bo’lmaganda uning kursi o’sishining oldini olish edi. Biroq, o’tkazilayotgan operatsiyalar summasi nisbatan kam bo’lganligi sababli, sezilarli yutuqlarga erishilmadi. Shunday bo’lsada, shu narsa aniq bo’ldiki, alohida mamlakatlarning shartli interventsiyasiga nisbatan muvofiqlashgan interventsiyaning natijasi ta'sirchanrokdir.
Devalvatsiya - milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining tushishidir.
Devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo’lib, inflyatsiyaning kuchayishi va mamlakat to’lov balansining salbiy qoldiqka ega bo’lishi hisoblanadi.
Devalvatsiya siyosati mamlakat to’lov balansi yomonlashganda va mamlakatga import oqimi sezilarli darajada ko’payganda amalda qo’llash iqtisodiyotga ijobiy ta'sir etadi.
Demak, devalvatsiyani qo’llash shart-sharoiti yuzaga kelganda, uni darxol amalga oshirish lozim, aks holda sun'iy ravishda kursning qat’iy ushlab turilishi, butun iqtisodiyotga sezilarli darajada talofat yetkazishi mumkin.
Revalvatsiya - milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrini oshirishdir. Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’llaniladi.
Inflyatsiyaning nixoyatda past darajada bo’lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to’lov balansining aktiv bo’lishi, hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida raqobatbardoshligining ortishi, revalvatsiyani keltirib chiqaradi. Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jahon amaliyotida kamroq qo’llaniladi.
Odatda, valyutaviy cheklashlar deganda, chet el valyutasi hamda valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan operatsiyalarga davlat tomonidan cheklashlarni joriy qilishga aytiladi. Hozirgi vaqtda, deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda valyutaviy cheklashlar mutlaqo olib tashlangan, ayrimlarida esa, uning zaif ko’rinishini kuzatish mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada 1979 yildan buy on valyutaviy cheklashlar mutlaqo yo`q.
Valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan oltin va valyuta qimmatliklari chiqib ketishining oldini olishda, shu asosda, chet el valyutalariga bo’lgan talabni tartibga solish maqsadida qo’llaniladi.
ADABIYOTLAR RO’YXATI

Yüklə 78,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin