Xalqaro Nordik Universiteti 123-guruh talabasi



Yüklə 228,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü228,91 Kb.
#112002
1   2
23-variant (1) (1)

Sahifalarni varaqlash  
Bir yoshdan so‘ng qog‘oz yirtishni rasmlari ko‘p kitobcha yoki jurnal sahifalarini 
varaqlashga almashtirish mumkin.
Munchoqlar  
Bolalarga mayda buyumlarni ushlash yoqadi, bu juda foydali. Shuning uchun 
bo‘yningizga turli o‘lcham va shakldagi munchoqlari bor biror-bir taqinchoqni taqib 
oling. Go‘dak ularni zavq va qiziqish bilan ushlay boshlaydi.
Bir-biriga kiruvchi kosachalar  
Ulardan minoralar qurish , bir-birining ichiga kiritish mumkin. Ushbu o‘yin bolada 
buyumlarning o‘lchami haqidagi tushunchani shakllantiradi.
Yormalar  
Kosachaga istalgan yormani soling va uni bolaga bering. U yormani qo‘li bilan 
ushlab ko‘radi yoki barmoqlari orasidan to‘kadi. Ushbu o‘yin mayda motorika va 
taktil hissiyotlarni yaxshi rivojlantiradi.
Qumda rasm solish  
Patnisga qum seping. Bolaning barmoqchasini o‘z qlingizga olib, uni qum bo‘ylab 
yuriting. Rasm chizishni chiziq, to‘g‘ri burchak, doira kabi oddiy shakllardan 
boshlab, ularni asta-sekinlik bilan murakkablashtirish mumkin.
 


3 yoshlik krizisning psixologik xususiyatlari. 
Bola o‘sishi davomida bir davrdan boshqasiga o‘tayotganda krizis 
bosqichini boshidan kechiradi. 
Ko‘pchilik psixologlar fikriga ko‘ra, bu tabiiy holat va bolaning ruhiy 
rivojlanishi uchun juda ham zarurdir. Bolada krizis 1 yoshda, 3 yoshda, 7 yoshda va 
o‘smirlikda bo‘ladi. 3 yoshli bolalardagi krizis paytida nima qilish kerakligini 
hamma ota-onalar ham bilavermaydi. 
Agar 3 yoshdan oshgan farzandingiz injiq, hamma takliflarga rad javobini 
berayotgan bo‘lsa, u 3 yosh krizis davrini boshidan kechirayotgan bo‘lishi mumkin. 
Bu davrda bola o‘zini onasining bir qismi emas, shaxs sifatida qabul qila boshlaydi. 
O‘zining xohishlari, fikrlari borligini tushunib yetadi. Lekin, u hozircha o‘zini 
qanday tutsa hammasi yaxshi bo‘lishini bilmaydi, tushunmaydi. Shuning uchun ham 
jim turmaslik uchun hamma narsa qilishi mumkin – tortishishi, yig‘lashi, g‘alva 
qilishi. 
Xo‘sh, bu krizisning belgilari qanday? 
1. Negativizm. Ya’ni farzandingiz hamma narsaga negativ reaksiya 
qiladi,hattoki o‘zi yaxshi ko‘rgan taomni taklif qilsangiz ham rad javobini 
eshitishingiz mumkin. 
2. O‘jarlik. Farzandingiz o‘z aytganida oxirigacha turib oladi. Salqin kunda 
yupqa kiyim kiyish uchun yoki siz xohlamagan biror ishni qilish uchun jon-jahdi 
bilan kurashishi mumkin. Bu o‘jarlikni qat’iylik bilan aralashtirmasligimiz kerak. 
Qat’iylik yaxshi xulq, ya’ni qat’iyatli bola o‘z xohlaganini talab qilishi bilan birga 
kattalarning fikrini inobatga oladi. O‘jarlik esa shunchaki o‘zi xohlagan narsa 
bo‘lishini talab qilishdir, tushuntirishlar befoyda. 
3. O‘zboshimchalik. Bola hamma narsani o‘zi bajarishga, o‘zi hal qilishga 
mustaqil bo‘lishga intiladi. 


4. Agressivlik. Agar farzandingiz bog‘chaga borsa, bolalar bilan urishishi, 
ularni xafa qilishi mumkin. Agar farzandingizni aka-opalari bo‘lsa, ularni 
boshqarishga, aytganini qildirishga urinishi mumkin. 
Krizisni boshidan kechirayotgan bola o‘z harakatlaridan o‘zi aziyat chekadi, 
lekin o‘zini boshqara olmaydi. 
Mutaxassislarning aytishicha, bu davr uzoq davom etmaydi. Psixologlarning 
aksari bu bola rivojlanishi uchun zarur davr deb ta’kidlashadi. Chunki bu davrda 
bolalar o‘z fikrlarini o‘tkazishni o‘rganishadi. Uzoq davom etmaydigan ushbu 
davrdan asablarimizni asragan holda, bola ruhiyatiga zarar bermasdan o‘tib 
olishimiz uchun quyidagilarga amal qilishni tavsiya etamiz: 
1. Bu krizis aksar bolalarda uchraydigan tabiiy holat ekanini tushuning. Ya’ni, 
muloyim 
farzandingizning 
tarbiyasizligi 
yuragingizni 
g‘ash 
qilmasin, 
farzandingizni to‘g‘ri yo‘lga solaman deb juda ham qattiq qo‘l bo‘lmang, 
asabiylashmang, ularni qattiq jazolamang. 
2. Farzandingiz mustaqil nimadir qilishini qo‘llab-quvvatlang va bu ishi uchun 
uni maqtab qo‘ying. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu davrda bola mustaqillikka 
o‘rganadi. Shuning uchun farzandingiz qilmoqchi bo‘lgan ishlarda imkon boricha, 
xavfsiz sharoit yaratib bering. Natija siz xohlagandek bo‘lmasa ham, ishiga 
aralashmaslikka harakat qiling. Qayerdir ifloslanar, balki idishlar sinar, eng asosiysi, 
bola sog‘ligi va xavfsizligidir. 
3. O‘zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Halovatingizni yo‘qotganingizni 
ko‘rgan farzandingiz sizga yoqmagan ishida davom etadi, agar siz imkoni boricha, 
uning qilgan ishlariga xotirjam munosabat bildirsangiz, bola ishini takrorlashga 
qiziqmaydi ham. 

Yüklə 228,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin