Xalqaro Nordik universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi



Yüklə 42,31 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü42,31 Kb.
#180473
1   2   3   4   5
Raximova Madina - Iqtisoditotga kirish 3-topshiriq

Andorrada maxsus qurilgan masjid yo‘q va hukumat arzon loyihalar uchun yerlar kamligini aytib, masjidga yer ajratishdan bosh tortib kelmoqda. 2003 yilda mahalliy imom yepiskop Joan Marti Alanisga masjid qurish uchun cherkovdan yer ajratishni yoki foydalanilmaydigan cherkovlardagi bo‘sh joylardan masjid sifatida foydalanishni iltimos qilgan. Bir necha yil davomida musulmonlar jamoasi va hukumat o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarga qaramay, hech qanday masjid qurilmadi. Shunga qaramay, mamlakatdagi musulmonlarda o‘zlarining kichik "ibodat qilish joylari" mavjud bo‘lib, mamlakat bo‘ylab tarqalgan ushbu ibodatxonalar soniga cheklovlar qo‘yilmagan. Chunki diniy guruhlarni va diniy ibodatlarni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish va tasdiqlashni aniq talab qiladigan qonun yo‘q. Uyushmalar to‘g‘risidagi qonun umumiy bo‘lib, unda diniy tashkilotlar haqida so‘z yuritilmaydi. Uyushmalarning konsolidasiyalangan reestrida barcha turdagi uyushmalar, shu jumladan, diniy guruhlar ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tish majburiy emas, ammo hukumatning nodavlat tashkilotlarga ko‘rsatadigan ko‘magi uchun guruhlar ro‘yxatdan o‘tishlari yoki qayta ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. 
Davlat tenglik va diskriminasiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini, shu jumladan, diniy kamsitishlarni taqiqlashni parlamentga qonun-loyihasi sifatida taqdim etgan. Qonun bo‘yicha ovoz berish va buni ta’minlash 2019 yil boshida kutilgan edi. Ammo hukumat musulmon va yahudiylarning qabriston uchun yer ajratish borasidagi talablariga ijobiy javob bermadi1.
Andorra tarixiga nazar
Andorra, bu ’’Marca Hispanica’’(Ispan yurishlarida, Buyuk Karl tomonidan 795 yilda Andalusiya xalifalari va Karoling imperiyasi o‘rtasidagi urushda mudofaa to‘sig‘i sifatida o‘rnatilgan hudud) mustaqil ravishda ajralib, ya’ni arablarning nasroniy Fransiyaga kirib borishini oldini olish uchun tashkil etilgan bufer davlat deb qaralgan. (Buning uchun Buyuk Karl ularni doimiy ravishda qo‘llab quvvatlagan). Knyazlik Birinchi Jahon urushi paytida Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi, ammo janglarda bevosita qatnashmadi. Ikkinchi Jahon urushi paytida esa Andorra betarafligini saqlagan holatda, Fransiya va Ispaniya, o‘rtasida kontrabandaning muhim yo‘li sifatida tarixda qolgan. 1933 yilda Fransiya o‘sha yilgi inqilob va ish tashlashlar sababli saylovlar oldidan yuz bergan ijtimoiy notinchliklardan so‘ng Andorrani ishg‘ol qildi. Andorraning siyosiy tizimi xuddi shu yilda konstitusiyaviy referendumidan so‘ng modernizasiya qilindi, shu yildan boshlab Andorra Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Kengashiga a’zo bo‘ldi. Andorra - Fransiya prezidenti va Urxel katolik yepiskopi (Kataloniya, Ispaniya) bilan sherik knyazlar hamkorligidagi parlament davlatidir. Andorraning nisbatan o‘zini izolyasiya qilganini hisobga olgan holda, Andorra Yevropa tarixining asosan chetda qolib, Fransiya, Ispaniya va Portugaliyadan tashqari boshqa mamlakatlar bilan kam aloqada bo‘lgan. So‘nggi paytlarda uning rivojlanib borayotgan turizm, transport va kommunikasiyalar sohasidagi o‘zgarishlar katta bo‘ldi.
Qiziq ma’lumot: 1993 yilgacha Andorra o‘z syuzerenlariga har yili o‘lpon to‘lagan. O‘lpon sifatida Fransiya prezidentiga – 960 frank; Urxel yepiskopiga 460 peset, 12 bosh pishloq, 12 xo‘roz, 12 kaklik, 6 dona son go‘shti berilgan.
Andorra boy davlatlar qatoriga kiradimi? 
Evropadagi kichik davlat bo‘lishiga qaramasdan, Andorra juda rivojlangan hudud. Shuningdek, u kishi jon boshiga daromad bilan o‘lchaganda, dunyodagi 23-boy mamlakat hisoblanadi. Mamlakat byudjetining asosiy daromadi turizm va tamaki bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 80 foizini tashkil etadi; Andorraga har yili eng kamida 10 milliongacha sayyoh tashrif buyuradi va xususiy tadbirkorlik deyarli cheklovlarsiz ishlaydi. Andorrada qishloq xo‘jaligining rivojlanishi yerlarning atigi 2 yoki 5 foizini yetishtirishga yaroqli ekanligi bilan cheklangan. Ushbu sohada aholining 1 foizdan kamrog‘i ishlaydi. Temir rudalari, qo‘rg‘oshin, mineral suv va o‘rmonlarning zaxiralari, gidroyenergetika resurslari mavjud.

Yüklə 42,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin