Xalqaro Nordik universiteti Iqtisodiyot yo’nalishi



Yüklə 42,31 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü42,31 Kb.
#180473
1   2   3   4   5
Raximova Madina - Iqtisoditotga kirish 3-topshiriq

Andorrada ta’lim tizimi
Maktablar ta’lim 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun majburiydir. Faqat o‘rta ta’limgina davlat tomonidan bepul amalga oshiriladi. Davlatning tarixiy va rasmiy tili katalon tili bo‘lib, hukumat katalon tilidan foydalanishni, uni saqlab qolishni doimiy ravishda rag‘batlantiradi. Masalan, Andorradagi Kataloniya toponimikasi komissiyasi, ushbu tilni ishlatuvchilar, katalon tilida tashkil etilgan maktablarni tanlovchilar, va ta’limga qurbi yetmaydigan qatlamni ham ushbu tildan foydalantirgan holda bepul darslar tashkil etib, moddiy jihatdan ta’minlab keladi. Jahon mamlakatlaridan farqli o‘laroq bu davlatda ingliz tili keng tarqalmagan va qiziqish bildirilmagan til sifatida e’tirof etiladi 
Muntazam qurolli kuchlariga ega bo‘lmagan Andorra, qanday himoyalanadi? 
Andorrada muntazam qurolli kuchlar mavjud emas; shart vaziyatlarda bu vazifani Andorra polisiyasi amalga oshiradi. Andorraning himoyasiga esa – siyosiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan Fransiya va Ispaniya javobgardir.
Tabiati va iqlimi 
Sharqiy Pireney tog‘ tizmasida joylashganligi sabab, Andorra asosan yassi tog‘lardan iborat bo‘lib, eng balandi Koma Pedrosa 2942 metrni tashkil etadi. Andorrada qishda o‘rtacha qor ko‘proq bo‘lishi va yozda biroz salqinroq ekanligi bilan belgilanadi. Bahor va yoz oylarida ham nam havo, ya’ni yog‘ingarchilik kuzgacha davom etishi mumkin (may, iyun va avgust oylari odatda eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan oylar); qishda esa, tog‘li hududlardan tashqari, boshqa hududlarida kamroq yomg‘ir yog‘adi, bu esa Andorra tog‘larida juda ko‘p qor yog‘ishini izohlaydi. Doimiy harorat rejimi salqin yoz, uzoq va sovuq qish bilan tavsiflanadi.
Andorra ijtimoiy soh ava iqtisodiyoti
Maktab taʼlimi — fransuz yoki ispancha tizimda. „Diari d’Andorra“- katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) — katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8-10-asrlar) va roman (12- 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Muomalada — fransuz franki va ispan peseti.
Iqtisodiyot
YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 %i band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega.
Kuchli tomonlari: iqtisodning asosi — turizm. Bank sistemalarining yuqori jihatdan mahfiy hisoblanadi. Eksportga qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan: don, kartoshka va tamakini chiqaradi.
Zaif tomonlari: Fransiya va Ispaniya davlatning iqtisodiy siyosatini belgilab beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarini va xom-ashyo importiga bogʻlanib qolgan.
Eksport: $148.7 million (2005). Eksport hamkorlari: Ispaniya 59.5 %, Fransiya 17.0 % (2006).
Import: $1.879 mlrd (2005). Import — hamkorlari: Ispaniya 53.2 %, Fransiya 21.1 % (2006).


Yüklə 42,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin