Xulosa Adabiyotlar ro’yxati Andorra davlati haqida umumiy ma’lumot Andorra rasmiy ravishda knyazlik hisoblanib, Yevropaning eng kichik davlatlaridan biridir. Pireney yarim orolidagi bu davlat shimolda Fransiya va janubda Ispaniya bilan chegaradosh. Andorra so‘zining kelib chiqishi noma’lum, ammo ba’zi manbalarda aragon tilida ’’andurrial’’ so‘zidan olingan bo‘lib, “butalar qoplangan joy”, "qalin o‘rmonli joy" degan ma’noni anglatadi deyilgan.
Andoraning poytaxti – Andorra la Vella eng rivojlangan hududlaridan biridir. BMTning 2020 yilgi statistikasiga ko‘ra, Andorraning hozirgi aholisi 85 470 kishini tashkil etadi, umumiy yer esa maydoni 470 km2 dan iborat bo‘lgan ushbu davlatning asosiy aholisi (87,8 foiz) shaharlarda istiqomat qiladi.
Davlat tuzumi Andorra – "parlament knyazligi". Konstitusiyasiga ko‘ra, Andorra knyazligi parlament demokratiyasidir. Andorrada gubernatorlari ("vige") tomonidan namoyish etilgan knyazlar davlat boshlig‘i bo‘lib qoladilar, ammo ularning hokimiyati asosan nominaldir. Oliy qonunchilik organi asosan bir palatali umumiy 28 kishilik kengash bo‘lib, umumiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi bilan 4 yilga saylanadi.
Andorra dini Andorra Konstitusiyasi din erkinligini ta’minlaydi va hukumat amalda ushbu huquqni hurmat qiladi. Knyazlikda rasmiy davlat dini yo‘q. Ammo Konstitusiya Rim-katolik cherkovi bilan xos munosabatlarni tan oladi, garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar bo‘lmasa ham, unga hatto ba’zi imtiyozlarni beradi. Andorra aholisi asosan (88,2%) katoliklar. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 100 nafarga yaqin yahudiylar yashaydi. Buyuk Karl bosqini davrlarigacha u yerda 700 ga yaqin musulmonlar vestgotlardan Segre vodiysi bosib olish orqali kirib kelishgan. Ammo ular o‘zlariga qarshi siyosat tufayli Andorrada qolmay, Tuluza, Narbonna, Karkasson va Nimesga tarqalib ketgan.
AQShning 2006 yildagi ’’diniy erkinliklar’’ to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra, hozirgi kunda Andorrada 2000 nafarga yaqin asosan shimoliy afrikaliklar bo‘lgan musulmonlar bor. Musulmonlar hamjamiyatida 50 ga yaqin talabaga arab tilidan dars beradigan Islomiy madaniyat markazi mavjud.
Ammo hukumat va musulmonlar jamoasi maktablarga bunday saboq berishga imkon beradigan tizim to‘g‘risida hali kelishmagan. Xabarlarga ko‘ra, hukumat arab tili darslarini o‘tkazishga ruxsat bergan, ammo musulmonlar hamjamiyati dars berish uchun dastlabki davrlarda imom topa olmagan.