Mustaqil ish bu talabaning ma’lum fanni hususiyatlarini o‘rganganligini ko‘rsatuvchi ijodiy ish bo‘lib, shu fanning ma’lum mavzularini qamrab olishi kerak.
Talabaning mustaqil ishi uning shaxsiy fikri hamda ijodiy yondashuvini ko‘rsatadi va ko‘chirmachilik (plagiat) holatlari aniqlanganda baholanmaydi.
Mustaqil ishni tayyorlash jarayonida talaba ma’lum adabiyotlardan tegishli mavzularini o‘qigan halda real hayotdagi iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tahlilini kelitirishi, mavzuga oid jahon tajribasi va fan taraqqiyoti natijalarini aks ettirishi talab etiladi.
TOPSHIRIQ MAVZULARI
№
Topshiriq mavzusi
Talabaning tartib raqami
…
…
…
TOPSHIRIQNI BAHOLASH ME’ZONI
№
Baholash me’zoni
Qo‘yiladigan ball
Berilgan mavzuni to‘liq yoritib berishi, mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, asosiy qismni yoritish, turli xil tahlil usullaridan foydalanishi, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Shuningdek:
iqtisodiy atamalar, tushunchalar va nazariyalardan keng foydalanadi;
statistik va iqtisodiy ma’lumotlarni sharxlashi;
iqtisodiy tahlil vositalaridan foydalanishi;
iqtisodiy g‘oyalarni mantiqiy va aniq va tizimli ifoda etishi
15 balgacha
Berilgan mavzuni qisman yoritib berishi, mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, asosiy qismni yoritish, xulosani shakllantirish, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Shuningdek:
iqtisodiy atamalar, tushunchalar va nazariyalardan foydalanadi;
statistik va iqtisodiy ma’lumotlarni sharxlashi;
iqtisodiy tahlil vositalaridan foydalanishi;
10 balgacha
Berilgan mavzuga sayoz yondoshuv bo‘lsa, mavzuning doir adabiyotlar tahlili bo‘lmasa, mavzu qisqa va yetarlicha ochib berilmasa, xulosa va takliflar bayon etilmasa hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda;
5 balgacha
Talaba topshiriq bo‘yicha ko‘chirmakashlikka (plagiat) yo‘l qo‘ysa, boshqa talaba tomonidan bajarilgan topshiriqni o‘zlashtirsa, berilgan topshiriqqa (mavzuga) oid material yuklamasa, topshiqir belgilangan muddatlariga qatiiy amal qilmasa, hamda fan (mavzu) bo‘yicha aniq tasavvurga ega emasligi;
0
Iqtisodiyot va biznesni boshqarish kafedrasi mudiri X. Sabirov