Xalqaro savdo nazariyalari


D. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi



Yüklə 94,24 Kb.
səhifə4/9
tarix29.11.2023
ölçüsü94,24 Kb.
#169943
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Xalqaro savdo nazariyalari

3. D. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi

D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko`chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta`minlashda yoki ko`proq ustunlikka ega bo`lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o`rtasidagi savdo ko`proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o`zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi”da o`z echimiga ega bo`ldi.


Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo`lsin. SHuni hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasini qo`llaymiz:
2-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan mehnat sarfi.




Movut (bir dona)

Vino ( barrel’)

Portugaliya

90

80

Angliya

100

120

YUqoridagi misoldan ko`rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. YA`ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo`lga qo`yish ko`proq foyda olib kelishini ta`kidlaydi. CHunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel’ vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. YA`ni, Portugaliya bir barrel’ vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o`z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo`ladi.


O`zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo`lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo`ladi.

120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.


Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. YA`ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o`rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. YA`ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel’ vino (o`zidagiga nisbatan 5/6 barrel’) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug’i:


9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel’ vino.


Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel’ vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel’ vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.


SHunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag’batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o`tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo`ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. CHunki, mamlakatlar o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to`lovlari o`zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o`zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o`zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. YUqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:

  • mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o`rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo`lishini;

  • transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;

  • mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo`llash hamda ularni ko`p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o`zgarishlar e`tiborga olinmasligini ta`minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.

Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo`llash mumkin. CHunonchi, bir barrel’ Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. SHuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o`rtasidagi o`zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:



Yüklə 94,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin