ToT = (Px/Pim) x (Qx /Qim) Xalqaro savdo va iqtisodiy o’sish orasidagi bog’liqlik hamisha jiddiy munozaralar uchun mavzu bo’lib kelgan: bir tomondan ishlab chiqarishni kuchaytirish eksportga yanada arzonroq tovarlar taklifini kengaytirishga va yangi bozorlarni egallashga olib kelishi mumkin, ammo boshqa tomondan esa, buning natijasida iqtisodiy o’sishning tezlashuvi tufayli mamlakatda yuzaga kelgan ustunliklar yanada arzon eksport narxlar orqali xorijga o’tib ketadi. O’sish, uning xalqaro savdoga ta’siri nuqtai nazaridan neytral, eksportni kengaytirishga qaratilgan va import o’rnini qoplashga qaratilgan bo’lishi mumkin. O’sishning xalqaro savdoga ta’siri qanday ishlab chiqarish omillari - eksportni kengaytirishga qaratilgan omillar yoki import o’rnini qoplashga qaratilgan omillarning o’sishi bilan aniqlanadi.
Faraz qilaylik, O’zbekiston va Yaponiya faqat 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqaradi.
Gorizontal o’qqa 1-tovarning nisbiy miqdorini uning o’sishini inobatga olgan holda (Q1+Q1')/(Q2+Q2'), vertikal o’qqa esa nisbiy narx (R1/R2)ni joylashtiramiz. Birinchi mamlakatda eksport qilinadigan 1-tovar ishlab chiqarishi keskin ko’payib ketsin, bu holda uning taklifi ortadi va 2-tovarning nisbiy ishlab chiqarishi kamayadi. Nisbiy taklif egri chizig’i RS nuqtadan RS' ga ko’chadi. 1-tovarning nisbiy narxi (P1/P2)dan (P1/P2)'gacha tushadi (2.3.4-rasm)
.
2.3.4-a rasm. Eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish
2.3.4-b rasm. Importni o’rnini qoplashga yo’naltirilgan o’sish Eksport narxlari tushadi, import narxlari esa ortadi. Bu O’zbekiston uchun savdo sharti yomonlashgani, Yaponiya uchun esa savdo sharti yaxshilanganidan dalolat beradi. Qaysi mamlakatda o’sish boshlangani emas, balki qaysi tovar ishlab chiqarishi ko’payganligi muhim hisoblanadi. 1-tovar ishlab chiqarishi Yaponiyada o’sganda ham bu holatning nisbiy taklif egri chizig’iga ta’siri xuddi yuqorigidek bo’lar edi.
@ Eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish (export-biased growth) — mamlakat eksport qiladigan tovar ishlab chiqarishini kengayishi bo’lib, bu savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib keladi. Eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish har bir mamlakatda eksport tovarini – bizning misolimizda O’zbekistonda 1-tovar, Yaponiyada 2-tovar ishlab chiqarishini ko’payishi bilan aniqlanadi. Jahon bozoriga bu tovarlar taklifining ortishi nisbiy narxlarning pasayishiga olib keladi. CHunki har bir mamlakat nisbiy narxi ortib borayotgan import tovarlarini ilgaridek miqdorda sotib olish uchun nisbiy narxlari tushub borayotgan o’zlarining eksport tovarlarini yanada ko’proq miqdorda sotishga majbur bo’lishadi. Buning natijasida eksportni kengaytirishga qaratilgan o’sish mamlakat savdo shartini savdo hamkorlari foydasiga yaxshilanishiga olib keladi.
Boshqa tomondan esa, agar O’zbekiston va Yaponiyada mos ravishda import qilinadigan 2-tovar yoki 1-tovar ishlab chiqarishi ko’payadigan bo’lsa, nisbiy taklif egri chizig’i RS nuqtadan RS' nuqtaga ko’chadi. Natijada 1-tovarning nisbiy narxi