Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə1/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
жахон 2


2-MAVZU. XALQARO SAVDONING RIVOJLANISH NAZARIYALARI VA MODELLARI
2.1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo. Xalqaro savdo kontseptsiyasi
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan ko’rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro’y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining (2008 y. inqirozgacha bo’lgan davr) 75-80%i tashqi savdoning ulushiga to’g’ri keladi.
Dunyoda mavjud bo’lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha “dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko’rinadi. Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sog’lom iqtisodiyotni hosil qila olgani yo’q”.
Xalqaro savdoda xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo’ladigan turli davlatlarni tovar ishlab chiqaruvchilari o’rtasidagi aloqalarning bir shakli bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy bog’liqlikni namoyon qiladi.
Mamlakatlar iqtisodiyotida ITI ta’siri ostida ro’y berayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar, (sanoat ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi) milliy xo’jaliklarning o’zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro savdoni faollashuviga imkon yaratmoqda. Xalqaro savdo ishlab chiqarishga nisbatan tezroq o’smoqda. Tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, jahonda ishlab chiqarish 10%ga ko’paygan xolda jahon savdosi 16%ga o’smoqda.
“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq to’lanadigan olib kirishi, ya’ni, import va haq to’lanadigan olib chiqish, ya’ni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning hak to’lanadigan tovar aylanmasi yig’indisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo tushunchasi torroq ma’noda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar aylanmasining yig’indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar aylanmasining yig’indisi va hokazo
Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo’yicha milliy siyosat muammosi yotib, 200 yillar mobaynida bu mavzuda qizg’in tortishuvlar bo’lib turibdi.
Erkin savdo yoki protektsionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo’lsa shu holda saqlash oldingi asrlarning xarakteri edi. Bizning davrimizda bu ikki yo’nalish o’zaro bog’liqdir. Ammo ko’p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo tamoyilining bosh vazifasini bajaradi.
Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo’lib Adam Smit o’z ta’rifini bergan edi. Adam Smit “ayirboshlash har bir mamlakat uchun foydali bo’lib, har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega bo’lishini” ta’kidlagan edi. Adam Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi bo’lgan va erkin savdo siyosatining har qanday shakli uchun asos bo’lib kelgan.
David Rikardo “Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi” (1817yil) nomli asarida boshi berk ko’chadan klassik nazariyani keltirib chiqardi. U xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajratgan holda, davlatlar uchun qanday holatlarda davlatlararo ayirboshlash manfaatli ekanini ko’rsatib berdi. Har bir davlat uchun ustunlik qilgan yoki kuchsizligi nisbatan kamroq bo’lgan sohaga ixtisoslashish manfaat keltiradi degan fikrni berdi. Uning qarashlar kontseptsiyasi taqqoslanishi nazariyasi yoki printsipida o’z aksini topdi.
D. Rikardo o’z ta’limotida xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun mumkin va manfaatligini, ayirboshlash barcha uchun foydali bo’lgan narh zonalarini aniqlab bergan bo’lsa, Djon Styuart Mill’ o’zining “Siyosiy iqtisod asoslari”(1848yil) nomli asarida qanday narxda ayrboshlashni amalga oshirilishini foydali ekanligini ko’rsatgan edi. Styuart Mill’ning ta’limoti bo’yicha ayirboshlash narhi talab va taklif qonuniga ko’ra, har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini qoplaydigan daraja bilan belgilanadi. Djon Styuart Mill’ning muhim xizmatlaridan biri uning xalqaro narh qonuni yoki “xalqaro narx nazariyasi”dir. Xalqaro narh qonunida ta’kidlanishicha, shunday narh mavjudki u davlatlar orasidagi tovar ayirboshlashni optimallashtiradi. Bu bozor narhi bo’lib, u talab va taklifga bog’liqdir.
Klassik siyosiy iqtisodchilarning nazariyasini rivojlantirib Gotfrid Xaberler o’z qarashlar kontseptsiyasini nafaqat mehnatga, balki ishlab chiqarishning barcha omillariga e’tiborni qaratgan edi.
Xalqaro savdo oqimini nima bilan aniqlanishi va uning tarkibini Eli Xeksher va Bertil’ Olinlar o’zlarining zamonaviy qarashlarida aks ettirdilar. Ular nisbiy ustunlik tushunasini izohlab u yoki bu davlatning ma’lum bir tovarlarga ixtisoslashishini ularning ishlab chiqarish omilariga egalik darajasiga bog’liqdir deyilgan edi. E.Xeksher va B.Olin “narxlarning ishlab chiqarish omillariga tenglashtirish” nazariyasini ilgari surdilar.
1948 yilda Amerikalik iqtisodchilar P. Samuel’son va V. Stolper o’z nazariyalarini kiritib Xeksher-Olin ta’limotining isbotini yanada mukammallashtirib, ishlab chiqarish omillaridan biri, texnika asosan bir mukammal raqobat va tovarlarning to’la harakatchanligi mavjud bo’lganda xalqaro ayirboshlash ishlab chiqarish omillarining davlatlar orasidagi narxini tenglashtiradi degan edi. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari o’z tarixiga ega, albatta. Mamlakatlarning nima sababdan o’zaro oldi-sotdi kilishi masalasi XVII asrning boshlaridanoq iqtisodchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Endigina vujudga kelgan iqtisodiy ta’limot maktablari tashki savdoni rivojlantirishga o’z e’tiborlarini karatishgan.

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin