Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


- rasm. Nisbiy jahon narxining shakllanishi



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə6/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
жахон 2

2.2.1.- rasm. Nisbiy jahon narxining shakllanishi.

Nazariy jihatdan bir necha variant bo’lishi mumkin: Agar 1-tovarning nisbiy jahon narxi uning I mamlakatdagi nisbiy narxidan (R1/R2 < A1/A2), o’z navbatida, II mamlakatdagi nisbiy narxdan ham pastroq bo’lganda 1-tovar ishlab chiqarilmaydi, zero uni sotish foyda keltirmaydi, chunki jahonda ikki mamlakat bor xolos. Agar 1-tovarning nisbiy jahon narxi uning I mamlakatdagi nisbiy narxiga teng bo’lsa (R1/R2 = A1/A2), bu vaziyatda I mamlakatdagi ishchilar har ikki tovar uchun bir xil narxga ega bo’lishadi, shuning uchun ularga bu ikki tovardan qaysi birini ishlab chiqarishning farqi yo’q (RS nisbiy taklif grafigining pastki gorizontal qismi).
Agar 1-tovarning nisbiy jahon narxi uning I mamlakatdagi nisbiy narxidan yuqori (R1/R2 > A1/A2) bo’lsa, bu mamlakat 1-tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ayni paytda, 1-tovarning nisbiy jahon narxi uning II mamlakatdagi nisbiy narxidan pastroq bo’lganda (R1/R2 < A1*/A2*) II mamlakat 2-tovarni ishlab
chiqarishga ixtisoslashadi (RS nisbiy taklif nisbiy taklif egri chizig’ning vertikal qismi). Har ikki mamlakatdagi mehnat resurslari (mos ravishda L va L*) cheklanganligi bois, I mamlakat 1-tovarga ixtisoslashganda uni ishlab chiqarish hajmi L/A1 va o’z navbatida, II mamlakat 2-tovarga ixtisoslashganda uni ishlab chiqarish hajmi L*/A2* ni tashkil etadi. SHuning uchun 1-tovarning nisbiy narxi A1/A2 va A1*/A2* chegarasida bo’ladi, bu tovarning nisbiy taklifi esa quyidagiga teng bo’ladi:
(L/A1) / (L*/A2*) (3)
Agar 1-tovarning nisbiy jahon narxi uning II mamlakatdagi nisbiy narxiga teng bo’lsa (R1/R2 = A1*/A2*), II mamlakat uchun qaysi tovarni ishlab chiqarishning farqi yo’q: 1-tovar uchun ham, 2-tovar uchun ham bir xil narxga ega bo’ladi (RS nisbiy taklif nisbiy taklif egri chizig’ning yuqori gorizontal qismi).
Agar 1-tovarning nisbiy jahon narxi uning II mamlakatdagi nisbiy narxidan yuqori (R1/R2 > A1*/A2*), o’z navbatida, I mamlakatdagi nisbiy narxdan ham yuqori bo’lganda 2-tovar ishlab chiqarilmaydi, Har ikki mamlakat 1-tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 1-tovar nisbiy taklifi grafigi cheksizlikka intiladi.
Mamlakatlar o’zlari nisbiy ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashganda o’zaro savdo har ikki mamlakat uchun qay darajada nafliligini qanday hisoblash mumkin degan haqli savol tug’iladi.
@ Savdodan keladigan yutuq (gains from trade) — mamlakatlar o’zlari nisbiy ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashganda savdoda ishtirok etuvchi har ikki mamlakat bu savdodan oladigan iqtisodiy naf.
Savdodan keladigan yutuq mamlakatning o’z tovarlari hisobiga ichki bozordagiga nisbatan chetdan xorijiy tovarlarga ko’proq ega bo’lishi natijasida vujudga keladi. Savdodan keladigan yutuqqa ikki taraflama qarash mumkin: mehnat xarajatlarini tejash va icte’molning ko’payishi.
I mamlakat bir birlik ish vaqtida 1/A1 ta 1-tovarni va 1/A2 ta 2-tovarni ishlab chiqara oladi, 1-tovarning 2-tovar narxi orqali ifodalangan nisbiy narxi avvalgidek, R1/R2 ga teng. Binobarin, mamlakat vaqt birligida (1/A1)x(R1/R2) ta 2-tovarni import qila oladi. Toki 1-tovarni xorijga sotish orqali II mamlakatdan 2-tovarni o’z ichki bozoriga nisbatan ko’proq sotib olish imkoni bor ekan, chetdan tovar sotib olish I mamlakat uchun foydali bo’ladi, ya’ni:
(1/A1)x(R1/R2) >(1/A2) (1)
Yoki tengsizlikni har ikki tomonini (1/A1) ga bo’lsak:
(R1/R2) >( A1/A2) (2)

  1. tengsizlik nisbiy ustunlik nazariyasining mamlakatlar o’zlari nisbiy ustunlikka ega bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini ifoda etuvchi asosiy tenglamasiga ekvivalent. SHuning uchun I mamlakat uchun 2-tovarga ega bo’lishning eng samarali usuli 1-tovarni ko’proq ishlab chiqarib uni 2-tovarga ayirboshlashdan iborat. II mamlakat uchun esa aksincha, 1-tovarga ega bo’lishning eng samarali usuli 2-tovarni ko’proq ishlab chiqarib uni 1-tovarga ayirboshlashdan iborat.

Savdodan keladigan yutuqni har ikki mamlakatda birinchi va ikkinchi tovarlar iste’moli miqdorining qanchaga ko’payishi ham belgilaydi. (2.2.2.-rasm).

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin