Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


Xalqaro savdoning klassik nazariyalari



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə2/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
жахон 2

2.2. Xalqaro savdoning klassik nazariyalari Merkantilistik nazariya.
O’rta asrlar feodalizmining taraqqiyoti davrida dengiz sayyoxchiligi yutuklariga asoslangan buyuk jugrofiy kashfiyotlar yangi qit’alarga borish imkoniyatini berdi. Fapbiy yarim sharda topilgan oltin undan pul sifatida foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Milliy davlatlar mustaxkamlana bordi, ularning eng kuchlilari esa kuchsizlarini bosib olib uzlarining koloniyalariga aylantirdi va o’z ta’sir doiralarini kengaytirish uchun kurash olib bordi. SHaharlar iqtisodiy markazlar sifatida yana ham muximrok ahamiyat kasb eta boshladi.
San’atdagi Uygonish davri ta’lim soxasida ham sifat jixatdan yangi pogonaga sakrashga olib keldi. Ana shunday tarixiy vaziyatda o’z-o’zini ta’minlashga karatilgan feodal nazariyalar doirasidan chetga chiqa oladigan va yangi xo’jalik tizimi doirasida tovarning ahamiyatini asoslab beradigan hamda milliy davlatlarning xorijga ekspansiyalarini amalga oshirishi zarurligini isbotlab beruvchi iqtisodiy nazariyaga extiyoj tug’ildi. Merkantilizm ana shunday nazariyaga aylandi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotning bir yo’nalishi bo’lib, u yevropalik olimlar (Tomas Mun (1571-1641), Charles Davenant (1656-1714) Jaen Baptiste Colbert (1619-1683), Sir William Petty (1623-1687)) tomonidan ishlab chiqilgan. Merkantilistlar ishlab chiqarishning tovar tabiatiga urg’u berishgan.
Merkantilistlar nuqtai nazariga ko’ra, dunyo cheklangan mikdordagi boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fakatgina boshqa mamlakatning kambag’allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning ko’payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bo’lganligi bois, har bir mamlakatga
kuchli iqtisodiyotdan tashkari armiya, xarbiy va savdo flotini o’z ichiga olgan kuchli davlat "mashina"si ham kerakki, u mamlakatning boshka mamlakatlardan ustunligini ta’minlay olsin.
Merkantilistlar iqtisodiy tizimni uch tarmoqdan - ishlab chiqarish, kishlok xo’jaligi tarmoklari va xorijiy koloniyalardan tashkil topgan deb hisoblashadi. Savdogarlarga iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo’lgan eng muhim guruh, mehnatga esa asosiy ishlab chiqarish omili sifatida qaralgan.
Mamlakat boyligini bu mamlakatda mavjud bo’lgan oltin va kumush miqdori bilan bog’lagan holda, tashqi savdoning merkantilistik maktabi namoyondalari milliy mavkeni mustahkamlash uchun davlat kuyidagilarni amalga oshirishi kerak deb hisoblaydi:

  • ijobiy savdo balansini ushlab turish — tovarlarni mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga ko’proq olib chiqish, zero bu mamlakatga oltin kirib kelishini ta’minlaydi, bu esa o’z navbatida ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikni oshiradi;

  • ijobiy savdo koldigini ta’minlash maksadida eksportni kupaytirish va importni kiskartirish uchun tashki savdoni tariflar, kvotalar va savdo siyosatining boshka dastaklari yordamida tartibga solish;

  • chetga xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, mamlakatda kazib olinmaydigan xomashyolarni chetdan bojlarsiz import kilishga ruxsat berish, bu oltin zaxiralarini jamlash va tayyor maxsulotlarning eksport narxlarini past darajada ushlab turish imkoniyatini beradi;

  • koloniyalarning metropoliyadan tashkari barcha boshka mamlakatlar bilan xar kanday savdosini ta’qiqlash, fakat metropoliyagina koloniyalarda ishlab chiqarilgan tovarlarni xorijga sotishi mumkin, shu bilan birgalikda koloniyalarda tayyor tavarlar ishlab chiqarishni ta’qiqlash orkali ularni metropoliya uchun xomashyo etkazib beruvchiga aylantirish.

Merkantilistik karashlardan iqtisodiy tizim to’la bo’lmagan bandlik sharoitida faoliyat olib borayotganligi kelib chiqadi, buning natijasida esa chetdan kirib kelgan kushimcha oltin ortikcha ishchi kuchi bilan birlashishi va ishlab chiqarishni kupaytirishi mumkin. Aks xolda esa, ya’ni tulik bandlik nazarda tutilsa, chetdan oltin kirib kelishi inflyatsiyani o’sishiga olib keladi, bu esa ushbu oltinlardan samarali foydalanish imkoniyatini bermaydi.
Amaldagi iqtisodiy siyosat
Merkantilizm namoyondalari dunyoqarashlari bilan asoslangan amaliy iqtisodiy siyosat qimmatbaho metallarni ishlatish va ayirboshlash ustidan davlat nazoratini o’rnatilishiga olib keldi. Hukumat xususiy shaxslar tomonidan oltin va kumushni chetga olib chiqishni ta’qiqlab qo’yishga harakat qila boshladi. Qo’lga tushib qolganlar turli jazolarga, xattoki o’lim jazosigacha mahkum qilindi.
Hukumat tashki savdoni amalga oshrishni aloxida yunalishlar bo’yicha va aloxida kompaniyalargagina ruxsat berardi. Bu kompaniyalarning asosiy vazifasi savdo balansini ijobiy koldikka erishishini ta’minlash edi. Usha paytda vujudga kelgan savdo monopoliyalari —«Hudson Bay Company» va «Dutch East India Trading Company» — bir nacha o’n yillab, XVIII asrning o’rtalarigacha faoliyat olib bordi. Bundan tashkari, hukumat eksportga subsidiyalar ajratgan, is’temol tovarlar importiga bojxona bojlari joriy etgan, ayni paytda eksport tovarga aylantirish mumkin bulgan xom ashyo importiga boj joriy etilmagan.
Merkantilistlarning xalqaro savdo nazariyasi uchun sezilarli hissasi shundaki, ular mamlakatning iqtisodiy tarakkiyotida xalqaro savdoning ahamiyatini kayd etdilar va uni rivojlantirish modellaridan birini ishlab chiqdilar. Ular zamonaviy iqtisodiyotda ishlatiladigan to’lov balansi tushunchasini birinchilardan bo’lib izohlab berishgan.
Merkantilistlar dunyokarashlarining chegaralanib kolganligi shundaki, ular bir mamlakatning boyishi fakatgina u savdo olib borayotgan boshka mamlakatning kambagallashuvi hisobiga yuz berishi mumkin deb hisobladilar, xalqaro iqtisodiyot rivojlanib borishini, binobarin mamlakatning rivojlanishi mavjud boylik chegarasida emas, balki bu boylikni kupaytirish hisobiga ham yuz berishi mumkinligini tushuna olmadilar. Birok bir muncha keyinrok vujudga kelgan fiziokratlar ta’limotlaridan farkli ularok, merkantilistlarning karashlari ilmiy tafakkurni xalqaro iqtisodiyotda klassik maktab g’oyalari tomon undadi.
Merkantilistlar maktabi iqtisodiyotda bir yuz ellik yil hukmronlik kildi. Buning natijasida XVIII asrning boshlariga kelib, xalqaro savdo barcha mumkin bulgan, ba’zan umuman sun’iy cheklashlar turi bilan o’rab tashlandi. Turli davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan savdo koidalari nafakat o’zaro savdo yo’liga ulkan to’siq bo’lardi, balki tugilib kelayotgan kapitalistik ishlab chiqarish extiyojlariga ham moe kelmas edi.
Ingliz iqtisodchisi David X’yum “narx-oltin-oqimlar” o’zaro ta’siri mexanizmini ishlab chqish orqali birinchilardan bo’lib merkantilistlarga zarba berdi.
U merkantilistlarning, mamlakat o’zida mavjud oltin miqdorini cheksiz ko’paytirib borishi mumkin, bu uning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligiga ta’sir ko’rsatmaydi, degan fikrlarining noto’g’riligini ko’satib berdi.
David X’yum savdo balansini ijobiy qoldiqda ushlab turish natijasida oltinning oqib kirishi mamlakat ichida pul taklifining ortishiga, ish haqi va narxlarning ko’tarilishiga olib kelishi mumkinligiga o’z e’tiborini qaratdi. Narxlarning oshishi natijasida mamlakatning raqobatbardoshligi pasayadi. Aksincha, oltinning chiqib ketishi mamlakat ichida pul taklifining kamayishiga, ish haqi va narxlarning pasyishiga olib keladi va mamlakat raqobatbardoshligi ortadi. Binobarin, mamlakat savdo balansi qoldig’ini hamisha ijobiy holatda ushlab tura olmaydi – bunga ichki iqtisodiy omillar yo’l qo’ymaydi. Oltinning harakati milliy iqtisodiyotlarni sozlab turadigan nozik mexanizm hisoblanadi, buning natijasida eksport miqdori import miqdori bilan tenglashadi va savdo qoldig’i nolga aylanadi.
Bu tamoyil quyidagilarga asoslanib ishlab chiqilgan: Muomaladagi pul miqdori bilan narx darajasi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjud; Har ikki mamlakatda to’liq bandlik hukmron; Sotiladigan tovarlarga talab narx bo’yicha egiluvchan; Tovarlar bozorida ham, ishlab chiqarish omillari bozorida ham sof raqobat hukmron; Milliy valyuta oltinga, oltin milliy valyutaga erkin ayirboshlanadi.
Mana shu shartlar bajarilganda savdo balansining muvozanatlashuvi avtomat ravishda yuz beradi.
SHunday qilib, merkantilistlar birinchi bo’lib xalqaro savdoning o’ziga xos modelini taklif etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bo’lgan oltin va kumush miqdori bilan bog’liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga qo’proq olib chiqish, eksportni ko’paytirish va importni qisqartirish uchun tashqi savdoni tartibga solish, chetga xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan bojlarsiz import qilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashqari barcha boshqa mamlakatlar bilan har qanday savdosini ta’qiqlash kerak deb ta’kidlaydilar.
Bu maktab namoyondalari ilk bor tashki savdo va mamlakatning ichki iqtisodiy rivojlanishi urtasidagi o’zaro bog’liqdikni kursatib berdilar.
Keyinchalik klassik nomini olgan maktab vakillari tashki savdoga merkantilistcha karashlarga keskin zarba berishdi.

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin