Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari


ega bo’lgan) tovarlarni import qiladi



Yüklə 462,82 Kb.
səhifə4/21
tarix09.08.2023
ölçüsü462,82 Kb.
#139027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
жахон 2

ega bo’lgan) tovarlarni import qiladi.
Agar ikki mamlakat savdo hamkoriga nisbatan kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan (ya’ni mamlakat ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha mutlaq ustunlikka ega bo’lgan) tovarlar bilan o’zaro savdo qilganda xalqaro savdo foydali bo’ladi. Mehnat yagona ishlab chiqarish omili bo’lganligi bois ishlab chiqarish xarajatlarida mutlaq ustunlik sharti bir birlik tovarni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt bir mamlakatda ikkinchisidan kamroq bo’lishini anglatadi. Agar to’liq bandlik hukmron bo’lsa, ya’ni tovarlar ishlab chiqarishda barcha mavjud resurslardan to’liq foydalanilyapti deb faraz qilaylik, bir mamlakat doirasida bu shartning bajarilishini quyidagi formula orqali ifodalanilishi mumkin:
A1Q1 + A2Q2  L, (1)
Bu yerda A1 — bir birlik birinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, A2 — bir birlik ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, Q1 — ishlab chiqarilgan birinchi tovar miqdori, Q2 — ishlab chiqarilgan ikkinchi tovar miqdori, L — mamlakatdagi mavjud mehnat resurslari. Formuladan ko’rinib turibdiki, birinchi tovar ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun mamlakat ikkinchi tovar ishlab chiqarishini qisqartirishga majbur. Va, aksincha, ikkinchi tovar ishlab chiqarilishining har qanday ko’paytirilishi birinchi tovar ishlab chiqarilishining kamayishiga olib keladi.
Ikkinchi mamlakatni ko’rib chiqaylik. Bu mamlakatda A1 — bir birlik birinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt, A2 — bir birlik ikkinchi tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt.
Agar birinchi mamlakatda birinchi tovarni ishlab chiqarish uchun ikkinchi mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflansa (bu birinchi mamlakat ikkinchisiga nisbatan mutlaq ustunlikka ega ekanligini bildiradi) bu mamlakat bu tovarni ikkinchi mamlakatga eksport qiladi: A1A1
Agar ikkinchi mamlakatda ikkinchi tovarni ishlab chiqarish uchun birinchi mamlakatga nisbatan kam vaqt sarflansa (bu ikkinchi mamlakat birinchisiga nisbatan mutlaq ustunlikka ega ekanligini bildiradi) bu mamlakat ikkinchi tovarni birinchi mamlakatga eksport qiladi: A2A2
Mutlaq ustunlik nazariyasining kuchli tomoni shundaki, u mehnatning qiymat nazariyasiga asoslangan va mehnat taqsimotining yaqqol ustunliklarini nafaqat milliy miqyosda, balki xalqaro miqyosda ham ko’rsatib beradi. Xalqaro savdoni tushuntirib berishda uning cheklanganligi ham yaqqol ko’rinib turadi.
Bu nazariya u yoki bu tovarlarni ishlab chiqarishda mutlak ustunlik bo’lmaganda mamlakatlar nima sababdan o’zaro savdo olib borishini tushuntirib bera olmaydi.

Yüklə 462,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin