Xalqaro sport va olimpiya xarakati



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə2/3
tarix22.11.2019
ölçüsü56,22 Kb.
#29661
1   2   3
XALQARO SPORT VA OLIMPIYA XARAKATI


AQSH. Urushlar oralig'i davrida AQSHda moliyaviy iqtisodiy holatga katta e'tibor berildi, bu jahonda taraqqiy etgan kapitalistik dunyoni vujudga keltirdi. AQSH jahonda hokim bo'lish siyosatini olg'a surdi. Boshqa davlatlaiga amerikacha yashash tarzini targ'ib qila boshladi. Bu yo'lda sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi maqsadga qaratilgan tadbirlardan biri bo'lib xizmat qildi.

Yoshlarni tarbiyalashning muhim vazifasi sifatida sportga alohida ahamiyat berildi va sport tashkilotlari faoliyatini qattiq nazorat ostiga oldi. Ko'pgina shtatlardagi maktablarda jismoniy tayyorgarlik haqida qonunlar qabul qilishdi. Shu qonunlar asosida moliyaviy yordam berish, jismoniy tarbiya o'qituvchilarini tayyorlash, jismoniy tarbiya darslariga ajratilgan vaqtlarni belgilash ko'zda tutildi. Shu tariqa umumiy tarbiyaning bir bo'lagi sifatida jismoniy tarbiya qonunlashtirildi.

17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar maktablar sport skaut tashkilotlarida jismoniy tarbiyani olishadi. Bunda gimnastikaga nisbatan sport o'yinlariga ko'proq e'tibor kuchaytirildi. Boylarning bolalari kollejlar, universitetlarda ta'lim olib, jismoniy tarbiya bilan sport klublarida mashg'ul bo'lishdi. Amerikada kollejlar va universitetlar asosan sport ishlarining markazi hisoblanar edi.

Amerikaning kollej va universitetlarida ko'proq yengil atletika, suzish, basketbol, eshkak eshish sporti, tennis, beysbol, amerikacha futbol bilan shug'ullanish tashkil qilindi.

Oliy o'quv yurtlariaro universitet sportining milliy assotsiatsiya (NKAA) yetkachi tashkilot hisoblanar edi. Bu tashkilot 1906 yilda tuzilgan edi.

Amerikada havaskorlik sporti harakatida 1888 yilda tash­kil etilgan atletika uyushmasi asosiy rol o'ynadi. Bu tashkilot Amerikada mavjud bo'lgan barcha sport tashkilotlari ustidan rahbarlik qildi, faqat universitet sporti mustaqil edi. Atletik uyushma boshida yirik moliyaviy va ishlab chiqarish kapitali turar edi. Amerikada 1894 yilda Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) tashkil etilib, u mamlakat Olimpiya harakatini boshqardi. Ikki urush oralig'ida Amerika sport bo'yi­cha jahondagi eng yirik va kuchli davlatga aylandi. Amerika sportchilari yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari, jahon miqyosida o'tkazilgan sport musobaqalarining doimiy qatnashchisi bo'lib qoldi.

Mamlakatda sport taraqqiyotiga asosan 1932 yil Los-Anjelesda o'tkazilgan X yozgi va Leyk-Pleisidda o'tkazilgan IV qishki Olimpiya o'yinlari sababchi bo'ldi. Amerikalik sportchilar Olimpiya o'yinlarida yengil atletika, o'q otish, boks, tramplindan sakrash, tennis, regbi, bobsley, eshkak eshish, suzish kabi turlarda ancha ustunlik qildi. Suvda suzish bo'yicha Jon Veysmyuller 1924 va 1928 yildagi Olimpiya o'yinlarida 5 ta oltin medalga sazovor bo'lgan.

1936 yil Berlindagi Olimpiya o'yinlarida Jessi Ouens 4ta oltin medal bilan mukofotlandi, ya'ni 100 va 200 m.ga yugurish, uzunlikka sakrash va 4x100 m. estafetada qatnashdi. Amerikada irqiy kamsitishlarga qaramasdan, mamlakat shuhrati uchun terma jamoalar tarkibiga negrlar ham kiritildi. Ular Olimpiya o'yinlarida g'olib kelib, keyin professional sportga o'tib ketishardi. Bu davrda Amerikada professional sport amerikacha turmush tarzining xususiyatlaridan biri bo'lib hisoblangan.

Professionallik negizida sport ancha rivojlanib, bunda turli xil reklamalar, matbuot, radio va keyinchalik televideniyeda uzluksiz targ'ibot olib borish muhim rol o'ynadi. Bu o'z navbatida sport trestlari, kompaniyalar, yirik stadionlar qurish kabi maxsus tijorat ishlab chiqarish sohasini yuzaga keltirdi. Bunday sharoitlarda o'tkazilgan matchlar (uchrashuv) va tadbirlar tadbirkorlarga ulkan boyliklar keltirdi. Amerikada professional sport biznesga (savdo, tijorat) ay­landi. Ishbilarmonlar sportchilami ekspluatatsiya qilish yo'li bilan katta boyliklar to'plashdi. Masalan, 1927-yilda boks bo'yicha jahon chempionati o'tkazilib, Tunney va Demis uchrashuvi uyushtirildi va undan 2 mln.dan ortiq dollar foyda olinadi. Shu tariqa Amerikada bokschilar, basketbolchilar, futbolchilar, regbichilar, beysbolchi va xokkeychi sportchilar tovar sifatida sotiladigan va sotib olinadigan darajaga yetib, bu jarayon keng tarmoqlanib ketdi.

Fransiya. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sporti Fransiyada o'ziga xos tarzda rivojlanib bordi. 1920 yilda maktab yoshigacha bo'lgan bolalar va maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi haqida qonun qabul qilindi. Harbiy vazirlik o'quv yurtlarda jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi nizomni tasdiqladi. Jismoniy tarbiyaning vosita va usullari asosi uchun Joq Eberining tabiiy-tayanch gimnastikasi tizimi qayta ishlangan holatda va shvedlar gimnastikasining ba'zi qismlari olingan edi. Ko'p sonli sport klublari va tashkilotlarida Olimpiya o'yinlari turlari, ayniqsa, futbol, tog' chang'isi sporti va figurali uchish kabilar keng rivojlandi.

20-yillar oxiri va 30-yillar boshida mamlakatda faol dam olish jarayonida sportdan foydalanishga katta e'tibor berildi. Bunda rekreatsion sport keng quloch yozdi. 1936 yilda sport ishlari va faol dam olish davlat boshqarmasi tashkil etilishi bilan rekreatsion sport o'z maqomiga ega bo'ldi.

Fransiyada Olimpiya harakatini rivojlantirishda baron Per de Kubertenning nomi bilan bog'liq faoliyatlar ko'p. 1894 yilda Parijda Xalqaro Olimpiya qo'mitasini (XOQ) tuzishga harakat qilindi. Shu asosda Fransiya Milliy Olim­piya qo'mitasi (MOQ, 1894) tashkil etildi. Parijda ikki marotaba Olimpiya o'yinlari o'tkazildi, ya'ni 1900 yilda - II, 1924 yilda - VIII o'yinlari.

Shuningdek, 1924 yilda Shamoni shahrida I qishki Olimpiya o'yinlari tashkil etildi. Bu davrlarda Parijda ko'pgina xalqaro sport uyushmalarining shtab-kvartiralari joylashgan edi.

Fransiya sportchilari 1904 yilda Sent-Luisda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlaridan tashqari, barcha yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarining qatnashchisi hisoblanadi. 1924-1936 yildagi o'yinlarda velosipedchilar g'oliblikka ega bo'lishdi. 1920-1932 yildagi o'yinlarda fransuzlar og'ir atletika va 1920-1924-1928 yildagi Olimpiya o'yinlarida qilichbozlik bo'yicha shuhrat qozongan edilar.

Rossiyaning Olimpiya harakati yo'lidagi intilishlari. XIX asr oxirida Rossiyada jismoniy madaniyat va sport­ning rivojlanishi, uning xalqaro sport harakatiga qo'shilishiga da'vat etdi. Bu esa Olimpiya o'yinlarining kelib chiqish sabablari haqidagi ma'lumotlami o'rganishga qiziqish uyg'otdi.

Olimpiya o'yinlariga o'xshash tadbirlarni Rossiyada o'tkazishni taklif qilgan M.V.Lomonosov hisoblanadi. U «Sog'liqni saqlash haqidagi mulohazalar»ida (1741-1742y.) o'yinlarning mohiyatini tan oladi, lekin uning Olimpiya o'yinlarini o'tkazish haqidagi g'oyalari amalga oshmay qolib ketdi.

1860 yil Rassomlar Akademiyasida ko'rgazma tashkil etildi. Unda V.O.Vereshagin, N.D.Dmitriyevlarning Olim­piya o'yinlari haqidagi rasmlari namoyish etildi. Ular oltin medallar bilan taqdirlandi. Olimpiya o'yinlarining ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari juda ko'p yozuvchilar, shoirlar, pedagoglarning asarlarida ifoda etilgan. P.F.Lesgaft ham «Tarixiy lavhalar» asarida Olimpiya o'yinlari haqida qimmatli fikrlar bildirgan.

Xalqaro Olimpiya qo'mitasining 1894 yil Parijda o'tkazilgan Kongressida rus generali A.R.Butovskiy (1818-1917) qo'initaga a'zo qilib saylandi, 1900 yilgacha u mazkur lavozimni egallab turdi. A.R.Butovskiy rus harbiysida xizmat qilgan va jismoniy tarbiyani yaxshi o'zlashtirgan kishi sifatida taniqli bo'lgan. U Fransiya, Belgiya, Daniya, Shvetsiya, Germaniya kabi mamlakatlarda bo'lib, gimnastika-sport o'yinlari harakati va tizimini o'rgangan, yosh olim Per de Kubertenning ishlari bilan qiziqqan. Ular Olimpiya harakati haqida ko'p mulohazalar yuritganlar.

1994 yil 23 iyulda Sankt-Peterburgda Xuan Antonio Samaranch (o'sha vaqtda XOQ Prezidenti) ishtirokida Per de Kuberten va A.R.Butovskiylar xotirasiga bag'ishlab yaratilgan haykallarning (skulptor M.Anikdjin) ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ta'kidlash lozimki, rus sportchilari xalqaro sport musobaqalari va Olim­piya o'yinlarida muvaffaqiyat bilan qatnashdilar. Bunda Xalqaro Olimpiya qo'mitasidagi (XOQ) Rossiyaning ikkinchi a'zosi graf G.I.Ribopyer (1900-1913), knyaz S.K.Belosolskiylar (1900-1908-yillar) katta xizmat qilishdi.

1908-1910-y illarda S.A.Trubeskoy XOQ a'zoligida bo'ldi. 1910 yildan XOQ a'zosi etib saylangan knyaz L.V.Urusov Oktabr inqilobini qabul qilmadi va Fransiyaga borib yashadi. Shunday bo'lsada, u to 1933-yilgacha XOQ a'zosi sifatida faoliyat ko'rsataverdi.

L.V.Urusov 1923 yilda Rossiya (emigrant) va sovet sport jamoalarining mustaqil ravishda Parijda o'tkazilgan VIII Olimpiya o'yinlarida qatnashishlarini taklif etdi. Bu masala Rimda 23-XOQ sessiyasida ko'rib chiqildi. Vatanparvarlik ruhida qilingan Urusovning harakatlarini XOQ Prezidenti Per de Kuberten ma'qulladi.

Lekin Xartiyaga asosan sovet va Emigrant rus jamoalarining o'yinida qatnashishi mumkin emas edi.

Rus Olimpiadachilari uchun A.R.Butovskiy katta xizmat qildi. 1896 yil u Kiyev sport tashkilotining vakili N.Ritter bi­lan I Olimpiada o'yinida (Afina) bo'ldi. Shu asosda rus sportchilarining Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini ta'minlashga qarata tadbirlar tashkil qildi. 1892 yil 17 oktabrda Peterburgda 10 ta sport va gimnastika tashkilotining yig'ilishi o'tkazildi. II Olimpiyada o'yinlariga (Parij) spoitchilami qatnashtirish uchun astoydil kirishildi. Lekin nа II, na III Olimpiyada o'yinlarida ularning qatnashishiga imkoniyat bo'lmadi, chunki hukumat tomonidan moddiy yordam berilmadi.

1908 yil Londondagi IV Olimpiyada o'yinlari yaqinlashishi bilan Rossiya sportchilarining ahvoli birmuncha yaxshilandi, shug'ullanuvchilar va yaxshi natija ko'rsatuvchilar soni ancha oshdi. Rossiyada Olimpiya qo'mitasi bo'lmaganligi sababli sportchilar birma-bir alohida o'yinlarga yetib boradi. Guruhda 8 kishi bo'lib, N.Panin (figurali uchish), N.Orlov, A.Petrov, Ye.Zamotin va G.Demin (kurash), G.Lind, A.Petrovskiy (yengil atletika) va martineonlardan (velosport) iborat edi. Figurali uchish bo'yicha N.Panin Olimpiya chempioni bo'ldi. Keyingi (Stokgolm) o'yinlarda rus sportchilarini boshqa davlatlar tan ola boshladi.

1911 yil 16 martda Rossiya Olimpiya qo'mitasi (ROQ) tashkil etildi. Uning tarkibiga G.I.Ribopyer, G.A.Dyupperon (XOQ a'zosi sifatida), A.P.Lebedev (Sankt-Peterbuig havas­korlik sport klubi), R.F.Fulda (Moskva, futbol uyushmasi), A.P.Chaplinskiy (S.Peterburg, og'ir atletika uyushmasi), A.K.Lindemut (Riga, Boltiq Olimpiya qo'mitasi), V.N.Shustov (Moskva, konkida uchish uyushmasi), S.V.Ivanov (S.Peterburg, chang'i uyushmasi) kiritildi.

ROQ raisi etib V.I.Srunevskiy (1893-1937) saylandi. U xotin-qizlar bilim yurti direktori, Peterburg uchish havaskor­lik jamiyati raisi edi.

1912 yil Stokgolmda Rossiya sportchilari rasmiy ravishda XOQ a'zosi sifatida qatnashdi. Bunda 170 ga yaqin vakillar, shundan 50 ga yaqin sportchilar bor edi. Lekin natijalar yax­shi bo'lmadi. N.Kleyn (kurash) va o'q otish jamoasi (4 kishi 12 ta) kumush medallarini olishgan - chang'ichilar esa 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.

V OUmpiadadan keyin o'yinlarga juda puxta tayyorlanish zarurligi ma'lum bo'ldi. Shu sababdan, 1912-1913 yil uchun musobaqalar o'tkazish rejalari tuzildi.

Rossiya rahbarlari 1916 yilgi Olimpiya o'yiniga qadar to'rtta umumrossiya o'yinlarini: 1913 yil Kiyevda, 1914 yil - Rigada, 1915yil - Sankt-Peterbuigda va 1916-yil - Moskvada o'tkazishni mo'ljalladilar.

Kiyev va Rigadagi Olimpiya o'yinlari hukumatni (imperiya) ancha qiziqtirdi. Bu o'yinlar dasturiga Olimpiya sport turlarining barchasi kiritildi, asosiy diqqat esa yengil at­letika va futbol musobaqalariga qaratildi.

1914 yil 1 avgustda Germaniya Rossiyaga qarshi urush e'lon qildi. Shu sababdan, sport tashkilotlarining barcha faoliyatlari urushga qarshi qaratildi.

Sovet mamlakati Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga yo'llanma yubordi. Natijada, 1951 yil 7 mayda Venadagi XOQning sessiyasida bu masala ko'rib chiqildi va XOQ prezidenti Otto Mayer talabning qoniqtirilishini ma'lum qildi. Shu tariqa sovet sportchilari Xalqaro Olimpiya o'yinlarining eng faol ishtirokchilariga aylandi.

1952 yil Xelsinki (Finlyandiya). Sovet sportchilari jahonning eng kuchli sportchilari bilan ilk bor uchrashib, kuch sinashdi. Bunda sportchilari (XV Olimpiya o'yinlari) sportchilar 2 ta jahon va 6 ta Olimpiya rekordlarini o'rnatdi. Bu bilan 22 ta oltin, 30 ta kumush va 19 ta bronza medallariga sazovor bo'ldilar. AQSH sportchilari 44 ta oltin medal (sovetlarga nisbatan ikki barobar ko'p) olishdi.

Birinchi sovet oltin medal egasi N.Romashkova (disk uloqtirish) edi. 29 sportchi chempion unvonlariga sazovor bo'lishdi. O'yinlarda ilk qatnashish umuman zafarli bo'lsada, suzish, qilichbozlik, ot sporti, futbol kabi ayrim sport turlarida sportchilar ancha sust qatnashdi.

1956 yil. Kortina-d’Ampesio, Melburn. Qishki Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilari ilk bor Kortina-d’Ampesioda (Italiya) o'tkazilgan VII Olimpiya o'yinlarida ishtirok etdi.Konkida uchuvchilar 4 ta oltin medal egasi bo'lishdi. Xokkeychilar birdaniga Olimpiya, jahon va Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo'lishdi. Chang'ida yurish (2 ta oltin) ham yomon bo'lmadi. Sportchilar jami 7 ta oltin, 3 ta ku­mush va 6 ta bronza medallarini egallab, eng kuchli deb hisoblandi.

XVI yozgi Olimpiya o'yini 1956 yil (noyabr oxiri va dekabr boshi) Melburnda (Avstraliya) o'tkazildi va unda sovet sportchilari 37 ta oltin, 20 ta kumush, 32 ta bronza medallarini olishga muyassar bo'ldi. 58 sportchi Olimpiya chempionlari nomini oldi. V.Kus 5 va 10 km.ga yugurishda jahon sportchilarini hayratda qoldirdi.

1960 yil Skvo-Velli, Rim. Qishki VIII Olimpiya o'yinlari va XVII yozgi Olimpiya o'yinlari (Rim)da ishtirok etgan sovet sportchilari 50 ta oltin, 34 ta kumush va 40 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Umumiy ochkolar bo'yicha sovet sportchilari AQSH va boshqa kuchli mamlakatlarning sportchilarini ortda qoldirdi. Olimpiya chempionlari tarkibida P.Bolotnikov, R.Shavlakadze, opa-singillar Tamara va Irina Press (yengil atletika, Samarqand shahar maktabining sobiq o'quvchilari, urush yillarida Leningarddan ko'chirib yuborilgan), V.Kapitonov (velosport), B.Shaxlin, L.Latinina (gimnastika), S.Filatov (ot sporti), Yu.Vlasov (og'ir atletika), V.Ivanov (eshkak eshish), Ye.Grishin va L.Skoblikova (konkida uch.) kabilar bor edi.

1964 yil Insburk, Tokio. IX qishki (Insburk) va XVIII yozgi Olimpiya o'yinlarida (Tokio) sovet sportchilari yana bir bor o'zlarining mahoratlarini tantanavor namoyish etishdi. Ochkolar bo'yicha jamoalar orasida sovet sportchilari g'olib deb topildi. V.Brumel (yengil atletika), B.Grishin va L.Skoblikova (konkida uchish), V.Popenchenko (boks), G.Promenshikova (suzish) Olimpiya chempioni bo'lishdi.

1968 yil. Grenobl, Mexiko. Qishki Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilari 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali sovrindori bo'lishdi.

Mexiko (Meksika)da o'tkazilgan XIX yozgi Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilari avvalgi davrlardagiga nisbatan past natijalar ko'rsatdilar.

O'yinlarda qatnashgan 322 sportchi atigi 29 ta oltin, 32 ta kumush va 30 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Ular orasida B.Lagutin (boks), A. Medved (kurash), N.Kuchinskaya va M.Varonin (gimnastika), V.Saneyev, Ya.Lusis, V.Golubinchiy (yengil atletika), B.Novikova, M.Rakip, G.Goroxova (nayzabozlik), V.Kurensov, L.Jabotinskiy (og'ir atletika) bor edi. Umumiy medallar soni bo'yicha AQSH birinchilikni egalladi.

1972-yil Sapporo. Qishki Olimpiya o'yinlari Yaponiyada (Sapporo) tashkil etildi. Sovet sportchilari 8 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini egallashdi. Bu ularni bir­inchi o'ringa chiqardi.

Myunxenda (Germaniya) o'tkazilgan XX Olimpiya o'yinlari yana sovet sportchilarining ustunligida o'tdi. Unda sovet sportchilari 500 kishi bo'lib, AQSHni ikkinchi o'rinda qoldirdi, ya'ni sovet sportchilari 17 ta sport turi bo'yicha va AQSH 7 ta sport turidan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Sovet sportchlaridan 103 kishi oltin medallar bilan taqdirlandi. 183 sportchi o'yinlarning shohsupasiga ko'tarildi. Sportchilardan V.Alekseyev (og'ir atletika), A.Medved (erkin kurash), V.Saneyev (yengil atletika), N.Avilov (o'nkurash), O.Korbut (gimnastika), L.Bragina (yengil atletika), S.Belov (basketbol), F.Melnik, N.Gishova (yengil atletika) kabilar shon-shuhratga erishdilar.

1976 yil Insbruk. 1976 yil fevralida sovet sportchilari XII qishki Olimpiya o'yinlarida (Insbruk - Avstriya) ishtirok etib, unda 79 sportchi o'z mahoratini namoyish etdi. Ular 13 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza medallari sohibi bo'lib, o'zlarining avvalgi birinchi o'rinlarini matonat bilan saqlab qolishga erishdilar.

1976 yil yozida (Monreal - Kanada) XXI yozgi Olimpiya o'yinlarida ham sovet spoiti katta muvaffaqiyatlaiga erishdi.

O'yinlarda 409 nafar sportchi qatnashdi. Ular uylariga 125 olimpiya medali (49 ta oltin, 41 ta kumush va 35 ta bronza) bilan qaytishdi. Olimpiya chempionlari tarkibida N.Andrianov, N.Kim, L.Turishcheva (gimnastika), V.Saneyev, Yu.Sedix, T.Kazankina (yengil atletika), L.Tediashvili, I.Yarigin (erkin kurash), N.Balboshin (klassik kurash), V.A.Lekseyev (og'ir atletika), V.Krovopuskov (qilichbozlik) bor edi.

1980 yil Leyk-Plesid. Yil boshida sovet sportchilari Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun Leyk-Plesid (AQSH) shahriga boradilar. U yerda muvaffaqiyatli chiqishlar qilib, 22 ta mukofatga (10 ta oltin, 6 ta kumush va bronza medallari) erishadilar. N.Zimlyatov 30, 50 km.ga chang'ida quvish sportida, A.Tixonov (biatlon-estafeta), I.Rodnina (konkida figurali uchish), V.Zozulya (chana sporti) kabilar shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. O'yinlarda AQSH sportchilari g'olib kelishdi.

XXII yozgi Olimpiya o'yinlari Rossiyaning markazi Moskvada 1980-yil 19-iyuldan 3-avgustga qadar o'tkazildi. Bu o'yinlar sotsialistik tizimdagi barcha mamlakatlar uchun joy va mavqe jihatdan birinchi bo'lib hisoblandi. Olimpiya o'yinlarida 81 mamlakatdan kelgan sportchilar jami 203 ta medal uchun kurash olib bordi. Sovet sportchilarining soni 500 dan ortiq edi. Ularning tarkibida Ittifoqchi Respublikalarning yetakchi sportchilari ishtirok etdi.

O'yinlarda maydon egalari (mezbonlar) 80 ta oltin, 69 ta kumush va 46 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.

O'sha vaqtdagi siyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishi, harbiy tahdid haqidagi turli xil uydirmalarning ortib borishi sovetlar va AQSH o'rtasidagi munosabatlarni keskinlashtiigan edi. Bu o'z navbatida, AQSH hukumatining Moskvadagi Olimpiya o'yinlarini boykot qilishiga olib keldi. Shu sababdan, AQSH sport­chilari Moskvadagi o'yinlarda qatnashishdan mahrum bo'ldilar. Bu butun jahon ahlining diqqat-e'tiborini o'ziga jalb etdi, chunki ikki ulkan davlat o'rtasidagi tinchlik, totuvlik muvozanatlari ochiqdan-ochiq buzilgan edi.

XIV (Sarayevo, 1984) va XV (Kalgari, 1988) qishki Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilarining ishtiroki va g'alabalari sport tarixida katta iz qoldirdi. Bu o'yinlarda yosh sportchilarning mahoratlari va kelajagi namoyish etildi.

1984 yil Los-Anjelesda (AQSH) o'tkazilgan XXIII Olim­piya o'yinlarida sovet sportchilari ishtirok etmadi, chunki yuqorida qayd etilgan siyosiy va harbiy tahdidlar, ayniqsa, AQSH sportchilarining Moskvadagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaganligiga javob tariqasida shunday xulosalarga kelingan edi. Bu davrda qilingan xatolarning achchiq oqibatlari faqat keyinroq ma'lum bo'ldi va yuzaga chiqdi. Sovet mamlakati rahbarlari bundan tegishli xulosalar chiqardi va jahonda tinchlikning barqaror bo'lishi yo'lidagi aqliy harakatlarga qo'shildi. Ularning natijalari esa keyingi Olimpiada o'yinlarida o'z ifodasini topdi.

1988 yil Seul. Yozgi XXIV Olimpiya o'yinlari Seulda (Janubiy Koreya) tashkil etildi. Sovet va AQSH sportchilari jahondagi eng kuchli sportchilarning birgalikdagi bellashuvlari yana davom etdi. O'yinlarda 160 mamlakat sport­chilari ishtirok etdi. Sovet sportchilari 55 ta oltin, 31 ta ku­mush va 46 ta bronza medallarni egallab, eng oldingi o'rinda karvonboshilik qildi.

1992 yil Barselona (Ispaniya) shahrida XXV Olimpiya o'yinlari o'tkazildi. Bunda sobiq sovet sportchilari so'nggi bor uyushgan terma jamoalarni tuzib, o'yinlarda muvaffaqiyat bilan ishtirok etdi.

1996 yil (Atlanta), 2000-yil (Sidney) Olimpiya o'yinlarida Rossiya va sobiq respublikalar mustaqil ravishda o'yinlarda ishtirok etishdi.

Xulosa shuki, xalqaro olimpiya o'yinlarida sovet sport­chilarining ishtiroki jahon sportchilari mahoratini oshirish va Olimpiya g'oyalarini demokratlashtirish yo'lida katta xizmat qildi.

1952 yilda Xelsinkida (Finlyandiya) o'tkazilgan XV Olimpiya o'yinlarida Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) hech qanday to'sqinliklarsiz ishtirok etdi. Lekin Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) o'yinlaiga qo'yilmadi. Olimpiadada 11 ta jahon va 47 ta Olimpiya rekordlari o'matildi. Sovet shtangachilari, gimnastikachilari, kurashchilari o'q otuvchi va eshkakchilari katta yutuqlarga erishdi. Olimpiada medallari uchun kurash asosan SSSR, AQSH, Vengriya va Shvetsiya mamlakatlari o'rtasida keskin ravishda o'tdi. AQSH - 76 va SSSR - 71 medalni qo'lga kiritdi. Vengerlar 16 ta oltin, 10 ta kumush va 16 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi va uchinchi o'rinni egallashdi. Chexiya sportchisi Emil Zatopek marafonda va 5, 10 km.ga yugurishda g'olib chiqdi.

XVI Olimpiya o'yinlari (1956 yil Melburn Avstraliya). O'yinlar o'tkazilishi xalqaro munosabatlarning keskinlashuvi davriga to'g'ri keldi. Shunday bo'lsada, o'yinlar keskin kurashlar ostida olib borildi. Yengil atletika, suzish, og'ir at­letika, o'q otish turlari bo'yicha 14 ta jahon va 65 ta olim­piada rekordlari o'rnatildi. V.Kus (SSSR) 5 km va 10 km. masofaga yugurishda g'olib chiqdi. Sovet sportchilari 98 ta oltin, kumush va bronza medallariga ega bo'lib, 624,5 ochko bilan Olimpiada chempioni bo'lishdi. Shu sababli Avstraliya matbuot: «SSSR Amerikaning Olimpiya o'yinlaridagi 60 yillik hukmronligini puchga chiqardi», - deb yozishgan edi.

XVII Olimpiya o'yinlari. 1960-yil Rimda sovet sport­chilari 103 ta oltin, kumish va bronza medallarini olishga er­ishdi. AQSH sportchilari esa 71 medalni qo'lga kiritdi. Sovetlarning 11 yengil atletikachisi oltin medal sohibi bo'ldi. R.Shavlakadze va V.Brumel balandlikka sakrashda ja­hon rekordchisi D.Tomas (AQSH) ustidan g'olib kelishdi. Gimnastikachilar 5 ta oltin va og'ir atletikachilar 1 ta ku­mush medalga sazovor bo'lishdi.

Yu.Vlasov uchkurashda 537,5 kg. (jahon va Olimpiadaning yangi rekordi) natija bilan eng yaxshi sportchi deb tan olindi. Shuningdek, qilichbozlar, velosipedchilar, yelkan va ot sportchilari ham oltin medallarga muyassar bo'lishdi. Olimpiadada Ruminiya, Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, Bolgariya, GDR (qo'shma jamoa) yaxshi natijalarni qo'lga kiritishdi. Efiopiya, Marokka Gana kabi Afrika mamlakatlarining ba'zi sportchilari ham yaxshi natijalarga erishdi.

XVIII Olimpiada o'yinlari, 1964 yil Tokio. AQSH va boshqa bir qator mamlakatlar o'tgan Olimpiada o'yinlaridagi mag'lubiyatlari tufayli bu o'yinlarga shiddatli ravishda tayyorgarlik ko'rishgan edi. O'yinlarda 94 mamlakatdan 93 jamoa ishtirok etdi. (GDR va GFR bir jamoada qatnashdi). Tokioga Yevropadan 28, Aflnadan 22, Osiyodan 20, Amerikadan 21 va Avstraliya hamda Okeaniyadan 2 ta jamoa kelishdi. SSSR 96 ta medal olib peshqadamlik qildi. AQSH ikkinchi va qo'shma Germaniya jamoasi - uchinchi o'rinni egalladi.

XIX Olimpiada o'yinlari, 1968 yil Mexiko. Bu shahar dengiz sathidan 2240 m. balandlikda joylashgan bo'lib, uning iqlim sharoiti sportchilaiga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatdi. Sovet sportchilari umumjamoa hisobida AQSHga yutqazdi. AQSH - 106 va SSSR - 91 ta medalga sazovor bo'lishdi. Olimpiada o'yinlarining natijalari Afrikada sport­ning rivoj topayotganligini namoyish etdi. Efiopiya, Keniya, Tunis va boshqa mamlakatlarning sportchilari yaxshi natijalar ko'rsatadi.

XX Olimpiya o'yinlari, 1972 yil Myunxen (Germaniya). O'yinlarda 11 ta mamlakat yangidan qatnasha boshladi. Shular safida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) ham bor edi. O'yinlarda 46 ta jahon rekordi o'matildi. SSSR - 50 ta oltin, 27 ta kumush, 22 ta bronza, jami - 99 medalga, AQSH esa - 33 ta oltin, 30 ta kumush, 30 ta bronza, jami - 93 medalga sazovor bo'lishdi. GDR 66 ta medalga ega bo'lib, uchinchi o'ringa chiqdi. Sovet sport­chilari L.Turisheva (gimnastika), V.Borzov (sprinter), Kubalik T.Stivenson (boks), AQSH suzuvchisi M.Spits kabilar alohida ajralib turdi.

O'yinlar jarayonida politsiyachilar bilan terrorchilar orasidagi otishma natijasida 11 ta isroillik sport­chilar halok bo'ldi. O'yinlar vaqtincha to'xtatildi.

XXI Olimpiya o'yinlari, 1976 y. Monreal (Kanada). O'yinlar ochilishida Afrika mamlakatlarining 28 jamoasi norozilik ifodasi sifatida chiqib ketdi. Chunki Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) bilan ular aloqador bo'lsada, o'yinga taklif etilgan edi. O'yinlarda 34 ta jahon va 82 ta Olimpiada rekordlari o'rnatildi. Medallar soni bo'yicha SSSR, AQSH, GDR yuqori o'rinlarni egalladi. (SSSR - 125, AQSH - 94, GDR - 90 ta medal).

XXII Olimpiada o'yinlari, 1980 yil, Moskva. Bu o'yinlarga Vyetnam, Angola, Zimbabve, Mozambik kabi mamlakatlar birinchi marotaba tashrif buyurishdi. 25 ta sport turi bo'yicha 203 ta medallar shodasi (komplekt) uchun ku­rash olib borildi. O'yinlarga AQSH va boshqa bir qator kapitalistik mamlakatlardan sportchilar qatnashmadi. Bu haqda o'tgan boblarda bayon etildi. Olimpiada dasturi o'tgan o'yinlarga nisbatan keng va boy edi. O'yinlarda 80 dan ortiq davlatlarning sportchilari ishti­rok etdi. 36 ta jahon, 74 ta Olimpiada rekordlari o'rnatildi.

XXIII Olimpiada o'yinlari, 1984 yil. Los-Anjeles (AQSH). O'yinlarda SSSR va bir qator sotsialistik davlatlar (SSSR tarafdorlari) ishtirok etishmadi. Buning sababi AQSHga boykot javobi bo'lsa, ikkinchidan AQSH hukumati sportchilar xavfsizligini o'z bo'yniga olmadi. O'yinlarda AQSH sportchilari oldingi safda bordi.

XXIV Olimpiada o'yinlari, 1988 y. Seul (Janubiy Koreya). Avvalgi boblarda ta'kidlanganidek, XOQ Prezidenti Xuan Antonio Samaranch va xalqaro sport uyushmalarining rahbarlari tomonidan olib borilgan faol harakatlar tufayli SSSR va AQSH sportchilari yana sport maydonlarida kuch sinasha boshladilar. O'yinlarda 159 mamlakatdan 8473 sport­chi ishtirok etdi. AQSh - 612, SSSR - 518, Janubiy Koreya - 467, GFR - 407, Kanada - 382, Buyuk Britaniya - 370, Xitoy - 293, GDR - 288 sportchi bilan qatnashdi. Olimpiadada SSSR 132 medal (oltin - 55, kumush - 31, bronza - 46 ta) bilan oldingi o'ringa chiqdi. GDR 102 ta (37-35-30) va AQSH) 94 ta medal bilan (36-31-27) keyingi o'rinlarni egalladi.

XXV Olimpiada o'yinlari, 1992 yil. Barselona (Is­paniya). Bu o'yinlarda sobiq SSSR o'rniga Rossiya bilan hamkorlikda sobiq ittifoqdosh Respublikalarning (MDH) sportchilari so'nggi marta biigalikda ishtirok etishdi. O'yinlarda mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH, AQSH, Germaniya, Xitoy, Kuba, Vengriya mamlakatlarining sport­chilari shiddatli kurashlar olib borishdi. MDH - 112 medal (45 ta oltin, 38 ta kumush, 29 ta bronza) bilan birinchilikni egalladi. AQSH - 108 medal (37-34-37), Germaniya - 82 medal (33-21-28), Xitoy - 54 medal (16-22-6), Kuba - 31 medal (14-6-11) va Vengriya - 30 medal (11-12-7) olishga muvaffaq bo'ldi.

XXVI Olimpiada o'yinlari, 1996-yil, Atlanta (AQSH). Bu o'yinlar 19 iyuldan 4 avgustgacha davom etdi. Ularda 197 milliy Olimpiya o'yinlari qo'mitalarining 10305 nafar sportchilari ishtirok etdi. Bu Olimpiada o'yinlari tarixida eng yuqori natija edi. Musobaqalar 26 sport turi bo'yicha o'tdi. Kurashlarda AQSH 44 ta oltin, Rossiya- 26, Germaniya - 20, Xitoy - 16, Fransiya - 15, Italiya - 13, Avstraliya - 9, Kuba 9 ta oltin medallarni sovrindori bo'lishdi. Bu yerda ham ko'ngilsiz hodisa yuz berdi. 27-iyul kechasi Istirohat bog'ida bomba portladi. Natijada, 44 yoshli amerikalik ayol va 40 yoshli turk telekommentator vafot etdi. AQSH Prezidenti Bill Klinton chiqish qilib, mintaqaning barcha hududlaridagi qo'poruvchilarni qoraladi. XOQ bir daqiqa motam sukutini o'tkazib, o'yinlarni davom ettirishga qaror qildi.

XXVII Olimpiada o'yinlari - 2000 y. Sidney (Avstraliya). O'yinlar noyabr oxiri va dekabr oyining boshida o'tkazildi. Bu o'yinga 200 dan ortiq milliy olimpiya qo'mitalarining 11 ming sportchisi ishtirok etishdi. Medallar soni bo'yicha AQSH (oltin - 39, kumush - 25, bronza 33) birinchi, Rossiya (32-28-28) - ikkinchi va Xitoy (28-16- 15) uchinchi o'rinni egalladi. To'rtinchi o'rinni Avstraliya (16-25-17) va beshinchi o'rinni Germaniya (14-17-26) egallashga muvaffaq bo'ldi. Bu Olimpiada XX asrning oxirigj o'yini sifatida tarixda qoldi.

XXVIII Olimpiada o'yinlari Afi­nada 2004 yilda o'tkazildi. Barcha Olim­piya o'yinlari ochilishi marosimi katta tantana bilan boshlanadi. Afinada qadimgi greklarning milliy an'analari va hozirgi zamon texnik vositalari faqat ishtirokchilarnigina emas, balki televideniya orqali tomosha qilgan millionlab kishilarni ham hayratga soldi. XXIX Olimpiada o'yinlari Pekinda 2008-yilda o'tkazildi. XXX Olimpiada o'yinlari Londonda 2012-yilda o'tkazildi.



Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin