Xalqaro sport va olimpiya xarakati



Yüklə 56,22 Kb.
səhifə1/3
tarix22.11.2019
ölçüsü56,22 Kb.
#29661
  1   2   3
XALQARO SPORT VA OLIMPIYA XARAKATI

. XALQARO SPORT VA OLIMPIYA XARAKATI
Reja:

  1. Xalqaro sport va olimpiya xarakatining vujudga kelishi.

  2. XOKning tashil topishi, maqsadi va vazifalari.

  3. Zamonaviy Olimpiya o'yinlarining xususiyatlari.

Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelishi XIX asrning oxirgi yillariga to'g'ri keladi. Bu davrlarda tarix sahnasida nisbatan osoyishtalik hukm surayotgan bir payt edi. Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelish sabablari ko'pgina rasmiy manbalarda izohlangan. Ularni quyidagicha sharhlash mumkin.

Xalqaro sport aloqalarining vujudga kelish sabablaridan biri, jahondagi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning rivojlanishida, deb bilish zarur bo'ladi. XIX asrning oxirlarida Germaniya, Angliya, Fransiya, AQSH, Rossiya, Italiya kabi taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuqori darajaga ko'tarildi. Bu davrda ishlab chiqarish, fan, ta'lim tez rivojlandi. Bu jarayonlar ishlab chiqarish, xalqaro uyushmalar, trestlar, sindikatlarni va bir qator boshqa yangi tarmoqlarni tashkil etish bilan birgalikda davom etdi. Yevropa mamlakatlari va Amerikada ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonining mahsuli sifatida aloqa va kommunikatsiya vositalari yuzaga keldi. Chegaralangan kichik doiradagi milliy jarayonlar jamoat taraqqiyotiga putur yetkaza boshladi. Bunday sharoitda turli sohalar bo'yicha xalqaro munosabatlarni kuchaytirish, ya'ni iqtisodiy, ilmiy, madaniy va sportdagi aloqalarni bog'lash qonuniyat darajasiga yetdi.

XIX asrning oxiri nisbatan tinchlik-osoyishtalik bilan o'tdi. Fransiya-Yaponiya urushidan (1870-1871) va Parij Kommunasidan (1871) boshlab, rus-yapon urushigacha (1904-1905) va Rossiyadagi birinchi inqilobgacha (1905-1907) jahonda hech qanday yirik urushlar bo'lmagan edi. Bunday holat mamlakatlararo aloqalar va sportni rivojlantirishga qulaylik yaratdi.

Jamoat harakatlari yoshlar orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo'yicha jamoatchilik (ommaviy) harakatining yuzaga kelishi ham bunga katta sabab bo'ldi. XIX asrning so'nggi choragi jamoat arboblari, tibbiyotchilar, pedagoglarning yoshlarga ta'lim berish, jismoniy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan umumiy harakatlari, faoliyatlari ancha kengaygan davr edi.Bu jarayonlarda jismoniy tarbiya va sportning yangi shakllari, usullarini izlash boshlandi. Ba'zi mutafakkirlar mil­liy jismoniy tarbiya va sport bilan chegaralanib qolmasdan, balki xalqaro sport aloqalarini o'rgatishni tavsiya etib maydonga chiqdilar. Bu yo'lda Fransiya, Yunoniston, Angliya, Germaniya, Rossiya, AQSH, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning jamoatchiligi o'z faoliyatlari bilan alohida ajralib turar edi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash maqsadida olimpiya o'yinlaridan foydalanish kabi fikrlar ham bildiriladi. Bu to'g'rida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy, nemis gimnastika maktabining asoschilari I.X.Guts-muts va G.Fit, rus jismoniy ta'limi tizimining asoschisi P.F.Lesgaft va boshqalar bir necha bor ta'kidlashgan.

Ular qadimgi yunon olimpiya o'yinlari kabi musobaqalarni tashkil etish yoshlarni jismoniy va ma'naviy jihatdan tarbiyalash yo'lida ko'p xizmat qilishi mumkinligini e'tirof etganlar.



Olimpiadalarga oid arxeologik qazilmalar. Yoshlarni jis­moniy tarbiyalashning modeli sifatida qadimgi Olimpiya o'yinlaridan foydalanish g'oyalari ommalashib bordi. Bunda qadimgi Olimpiya qishlog'ini arxeologik qazishlar natijasi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. XVIII asrda arxeolog olimlarning diqqat-e'tiborini qum va loyqalar bosib yotgan qadimgi Olimpiada o'yinlarining o'rni o'ziga jalb etgan edi. Eng avvalo, qadimgi Olimpiya joyini Bernard de Monfakon (Fransiya), keyin nemis olimi Ioaxim Vinkelman, ingliz arxeologi Richard Gandmer va boshqalar aniqladi.

XIX asr boshida birinchi qazish ishlari o'tkazildi. Nemis arxeologi Ernest Kursius (1814-1896) boshchiligida o'tkazilgan qazish ishlari ancha muvaffaqiyatli o'tdi. Olti ma­rotaba tashkil etilgan ekspeditsiya (1875-1881) natijasida Olimpiyada ko'p sonli arxitektura inshootlari va haykallarning qoldiqlari topildi. 1887-yilda arxeologik qazish ishlarining natijalari matbuotda e'lon qilindi. Bu esa qadimgi olimpiya o'yinlariga bo'lgan qiziqish va havasni oshirib yubordi. Shu asosda jamoatchilik doirasida olimpiya harakatini tiklash g'oyalari tug'ildi.

Sportning rivojlanishi va XSUni tuzish. Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelish sabablaridan eng muhimi sportni rivojlantirish va xalqaro sport uyushmalarini (XSU) tuzish harakati bo'ldi. Hozirgi davr sporti XVIII-XIX asrlardagi yirik ijtimoiy o'zgarishlar, ishlab chiqarish jarayonidagi inqiloblar, harbiy ishlar, fan, madaniyat va san'atdagi taraqqiyot mahsulidir.

XIX asrning ikkinchi yarmida juda ko'p hoziigi zamon sport turlari va o'yinlari vujudga keldi. Turli mamlakatlarda sport klublari tashkil etildi, musobaqalar o'tkaziladigan bo'ldi, sport inshootlari (tomosha joylari) qurildi. Angliyadagi Temza daryolarida va Rossiyaning Niva daiyosida eshkak eshish hamda yelkan sportini rivojlantirish uchun boy tajribalar to'plangan edi. XIX asrning boshidan buyon maxsus sport tur­lari bo'yicha musobaqalar o'tkazib borilgan. 1829 yil Angliyada Kembridj va Oksford universitetlari o'rtasida eshkak eshish bo'yicha musobaqa uyushtirildi. 1838 yildan boshlab esa Xenleyn parus va eshkak eshish regatasi o'tkazila boshla,di.

Rossiyada 1847 yilda Peterburgda yelkan sporti birinchi rasmiy musobaqa o'tkazildi. AQSHda 1852 yilda (Vinnipeg ko'li) eshkak eshish bo'yicha musobaqa tashkil etishdi. Vengriya, Yunoniston, Amerika, Avstraliya va boshqa bir qator mamlakatlarda suzish bo'yicha musobaqalar tashkil etila boshlanadi.

1845 yilda Itonda (Angliya), birinchi yengil atletika musobaqalari o'tkaziladi. 1860 yilda Angliyada 15 ta klub mavjud bo'lib, ular o'rtasida, ayniqsa, universitetlar orasida musobaqalar o'tkazish an'anaga aylandi. 1876 yilda Vengriyada va bir yildan keyin Nyu-Yorkda birinchi yengil atletika musobaqalari uyushtiriladi. Bu sport turi Germaniya, Fran­siya va Yunonistonda ham rivoj topdi. Boshqa mamlakat­larda esa u o'z rivojini birmuncha qiyinroq boshlaydi.

Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Norvegiya xalqlari orasida chang'i va konkida uchish sporti keng tarqalgan edi. 1769 yilda Oslo shahri yaqinida jahonda birinchi marotaba chang'ida yugurish musobaqasi o'tkazilgan edi. XIX asrning 60-yillarida bu sport turlari bo'yicha muntazam ravishda mu­sobaqalar o'tkaziladi. Chang'ida sakrash uchun birinchi tramplinlar vujudga keldi.

Bu davrlarda ko'pgina sport o'yinlari ham rivojlanadi. Futbol texnikasi va taktikasi ancha takomillashtiriladi. Bunda puflab to'ldiriladigan rezinali kameraning yaratilishi (50- yillar) muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

1863 yilda Angliyada futbol ligasi tashkil etiladi. Bu hozirgi davr futbolining yaratilish asosini tashkil etgan edi.

Kegli o'yini, laun-tennis va kriket ham rivoj topadi hamda ular uchun maxsus o'yin maydonlari quriladi. 1883 yil Regbi shahrida (Angliya) charm to'p o'yini boshlanadi. Bunda bir o'yinchi to'pni qo'l bilan ushlab oladi va darvoza tomon yugurib borib, uni otadi. Futboldagi qoidani buzgan bu o'yinchining harakati asosida yangi o'yin turi paydo bo'ladi. Bu o'yin shu shahar nomi (Regbi) bilan atala boshlanadi. Keyinchalik bu o'yin boshqa mamlakatlarda ham tez rivojlanadi. AQSHda bu o'yin amerika futboliga aylanadi.

Bu davrlarda rivoj topgan sport turlaridan yana biri boks edi. Angliyada bu sport turi keng tarqalib, XIX asrda profes­sional turga aylanib ketadi.

Fransiya, Italiya, Germaniya, Vengriya, Rossiya, Angliya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda shpaga va rapirada qilichbozlik xalq tarixiga chuqur singib ketgan tur hisoblanar edi. Taniqli kishilar orasida ot sporti, miltiq, to'pponcha va kamondan o'q otish ham rivqjlangan edi. Otchoparlar, otish tirlari qurila boshlanadi va poyga, o'q otish musobaqalari uyushtiriladi. XIX asrning 60-yillarida ba'zi bir mamlakatlarda velosport bi­lan shug'ullanishi vujudga keldi. Rossiya, Germaniya Yunon­iston, Vengriya kabi asosan kurash mashur edi.

XIX asr oxirlariga kelib jismoniy mashqlar, sport, gim­nastika, o'yinlar va sayohatlarni (turizm) bir-biridan ajratish va turlariga bo'lish tizimiga asos solindi.

XIX asrning birinchi va ikkinchi yarmida ayrim mamlakat­larda Olimpiya o'yinlarini amaliy jihatdan tiklashga harakat qi­lindi. 1834-1836-yillaida Shvetsiyaning Ramiyoz shahrida ikki marotaba Skandinaviya Olimpiya o'yinlari o'tkazilgan. Uning dasturidan qisqa va o'rta masofalaiga yugurish, balandlikka va langar cho'p bilan (shest) sakrash, kurash kabi turlar joy olgan. Bu o'yinning tashabbuskori Lind universitetining professori Gustav Iogann Shartau bo'lgan. Uning taklifi bilan qadimgi olimpiadalar haqida ma'ruzalar o'qilgan.

Yunonlarning olimpiya o'yinlariga qiziqishi, albatta, ma'lumdir. XIX asrda Yunoniston tomonidan qadimgi olim­piya o'yinlarini qayta tiklash haqidagi takliflar ko'p takrorlangan. Mamlakat mustaqilligi tarafdori bo'lgan Evangelis Sappas har to'it yilda o'yinlarni o'tkazish va unda sport, sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ko'igazmalarini tashkil etishni taklif qilgan edi. U olimpiya o'yinlari jarayonida ko'rgazmalar asosida savdo, iqtisod va madaniy aloqalarning o'zaro kuchayishini ko'ra bilgan. U o'z mablag'lari hisobiga ko'rgazma zallari va savdo shaxobchalarini quradi. Uning tashabbusi bilan 1859 yilda Afinada Panorek o'yinlari o'tkazilib, unda faqat yunonlargina ishtirok etgan.

Moddiy ta'minotning talabga javob bermagani sababiga ko'ra, bu o'yinlar ahyon-ahyonda (1870, 1875, 1888 yil) o'tkazilgan. Bu o'yinlar musobaqa sifa­tida yuqori saviyada bo'lmasada, olimpiya harakatining qayta tiklanishiga muhim hissa qo'shgan edi.

Mamlakatlardagi sport klublari asta-sekin milliy uyushmalar va ligalarga birlasha boshladi. 1868 yilda Germaniyada barcha gimnastika uyushmalari Nemis gimnastika uyushmasiga birlashdi.

1888 yil AQSHda havaskor atletik uyushma, 1903 yil Shvetsiyada - umumshved sport uyushmasi tashkil etildi. Umummilliy sport tashkilotlari boshqa mamlakatlarda ham yuzaga kela boshladi. Bu uyushmalarning boshida asosan yirik kapital egalari turar edi.

Ular ko'pincha metsenat (homiy) sifatida klublar, ligalar, uyushmalarning faoliyatini taqdirlash bo'yicha ishtirok etishgan.

XIX asr oxirida mamlakatlardagi sport tashkilotlarining o'zaro tajriba almashish faoliyatlari yuzaga kelib, keyinchalik ular Xalqaro sport uyushmalariga asos solganlar.

1881 yilda jahonda birinchi marotaba Yevropa gimnastika uyushmasi tashkil etilgan. Shu yilning o'zida esa Xalqaro gim­nastika federatsiyasi (DIJ) tashkil topgan. 1882 yilda Konkida uchish Xalqaro uyushmasi (ISU) va Xalqaro eshkak eshish federatsiyasi (FISA), 1900 yilda Xalqaro velosport uyushmasi (USI), 1904 yilda Xalqaro futbol federatsiya-assotsiatsiyasi (FIFA), 1908 yilda Xalqaro havaskorlik suzish federatsiyasi (FINA), va Xalqaro muz ustida xokkey Ugasi, 1912 yilda Xalqaro yengil atletika havaskorlik federatsiyasi (IAAF), 1913 yilda Xalqaro nayzabozlik federatsiyasi (FIB) tashkil etilgan.

1885 yilda Xalqaro Xristian yonlar uyushmasi (UMSA) sport departamenti bilan birgalikda tashkil etildi. 1902 yilda esa «Makkabi» uyushmasi, ya'ni yahudiylar tashkiloti tuzildi.Shu tariqa xalqaro sport uyushmalari va olimpiya qo'mitasini tashkil etishiga sharoitlar yaratiladi.

Birinchi xalqaro Kongress. Qadimgi olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi to'xtatilganidan keyin (394 y.) roppa-rosa bir yarim ming yildan oshiq vaqt o'tdi. 1894-yilda Xalqaro Olimpiya qo'mitasining tashkil etilishi va 1896 yil I Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi bilan sport olamining yangi tarixiy davri boshlandi.

Bu ikki katta sohaning tashkil etilishi fransuz jamoat arbobi, pedagog va ma'rifatchi baron Per de Kuberten (1863-1937) faohyati bilan chambarchas bog'liqdir. U zodagon (aristokrat) oilasida tug'ilib, tarbiya oladi. Uning dunyoqarashi demokratiyaga ishonch, sportdagi irq, millatchilik va kamsitishlaiga nafrat ruhida shakllangan. Bir qancha yillar fransuz sport uyushmasida kotib bo'lib xizmat qilgan. U jismoniy tarbiya va sport bo'yicha qator kitoblarning muallifidir.

Per de Kuberten olimpiya o'yinlariga (1912) bag'ishlab o'tkazilgan san'at tanlovida «Sport madhiyasi» poemasi uchun oltin medal bilan taqdirlangan edi. Kubertenning xalqaro olimpiya harakati rivoji uchun qilgan xizmatlari hech bir narsaga almashtirib bo'lmas darajada bebahodir.

Birinchi xalqaro atletik kongress 23 iyun 1894 yilda Parijdagi Sorbonna univresitetida o'tkaziladi. Kongressda 12 mamlakat vakillari ishtirok etadi. 21 mamlakat esa yozma ravishda o'z roziligini bildiradi. Katta mamlakat hisoblangan Germaniya bundan bosh tortadi, chunki mamlakat tepasidagi harbiylar Olimpiya o'yinlari g'oyalariga qarshi edilar.

Kongressda asosan to'rtta masala muhokama etiladi, ya'ni:

1. Havaskorlik va professional sport haqida.

2. Olimpiya o'yinlarini qayta tiklash to'g'risida.

3. O'yinlarning dasturi va uni o'tkazish tartiblari haqida.

4. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining tarkibi haqida.

1894 yil 23 iyunda Kongressda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tuzilganligi haqida qaror qabul qilindi. Uning tarkibiga Yunoniston, Fransiya, Ros­siya, Angliya, AQSH, Shvetsiya, Vengriya, Chexiya, Belgiya, Argentina, Yangi Zelandiya vakillari kiritildi. Olimpiya qo'mitasining birinchi Prezidenti etib yunonistonlik Demetrius Vikelas (1894-1896) saylandi. Keyinchalik uning o'rnini Per de Kuberten egalladi va to 1925-yilgacha XOQ Prezidenti sifatida faoliyat ko'rsatdi. So'nggi 12 yil davomida u XOQ Faxriy Prezidenti deb hisoblandi.

Kongressda Olimpiya xartiyasi tasdiqlandi. Unda XOQning maqsad va vazifalari, o'yin qoidalari va ular bilan bog'liq asosiy masalalar ifoda etilgan edi.

I Kongress Xalqaro Olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning mohiyati keyingi Olimpiya harakatini rivojlantirishda asosiy o'rinda turadi. Kongress kun tartibidagi barcha masalalarni ко'rib chiqib, tegishli qarorlarni qabul qildi.

Olimpiya Kongressida I Olimpiya o'yini Afinada o'tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Antik Olimpiya o'yinlari vatani yunoniston bo'lganlgi va D.Vikelasning XOQ Prezidenti qilib saylanishi buning asosiy sababi edi.

1896 yil 6 aprelda Afinada I yozgi Olimpiya o'yinlari ochildi. O'yinlarga 14 mamlakatdan 245 nafar sportchi keldi. Ular Avstraliya, Avstriya,Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Yunoniston, Daniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Chili, Shveysariya, Shvetsiya mamlakatlarining vakillari edi. O'yinlar dasturiga ko'ra 9 tur: yengil atletika, gimnastika, suzish, yuk (tosh) ko'tarish, kurash, o'q otish, qilichbozlik, velosiped poygasi va tennis bo'yicha kurashlar olib borildi. Yengil atletika turida AQSH sportchilari 9 ta (12 tadan) yuqori natijalarni qo'lga kiritdi. Uch hatlab sakrashda D.Konnoli birinchi Olimpiya chempioni bo'ldi. Gimnastika turida Germaniya sportchilari g'olib bo'ldi. K.Shuman tayanib sakrashda eng yaxshi natijaga erishdi. Velopoygada fransuz P.Masson g'olib keldi.

Tennisda ingliz D.Boland, suzish venger A.Xayosh ustunlik qilishdi. Otish va qihchbozlik bo'yicha ochkolar to'plashda yunonlar yuqori ko'rsatkichlaiga erishib, g'olib bo'lishdi. Yunonlar umumiy ochkolar bo'yicha birinchilikni egalladi. Amerikalik R.Garret disk uloqtirishda va yadro iig'itishda g'olib bo'ldi. Shuningdek, u uzunlikka sakrashda ikkinchi va balandlikka sakrashda uchinchi o'rinni egallab, barchaning e'tiborini qozonishga sazovor bo'ldi. Qiziqarli tomoni shundaki, Garret o'yinlarga tasodifan tushib qolgan. Chunki u Yunonistonda o'z ta'tilini o'tkazib yuiganda, Olimpiya o'yinlari haqidagi xabarni eshitadi va jamoa ro'yxatiga o'z ism-sharifini kiritadi.

U umrida disk uloqtirmagan, faqat o'yindan 3 kun oldin mashq qilib o'rgangan. Uning tabiiy qobiliyati va sport­dagi faoliyatlari Olimpiya chempioni bo'lishga sabab bo'lgan.

70 ming tomoshabin sig'adigan stadiondagilarning e'tiborini yunon dehqoni Sandros Adis jalb etadi. U marafon yugurishida g'olib kelgan (Marafon shahridan Afinagacha bo'lgan masofa - 42 km. atrofida).

Afinadagi Olimpiya o'yinlari maqsaddagidek bo'lib o'tdi. Kubertenning boshlagan harakati to'la amalga oshdi. Bu XX asrning eng diqqatga sazovor tadbirlaridan biriga aylandi va Olimpiya o'yinlarining har to'rt yilda o'tkazib borilishiga asos soldi.

Xulosa qilib aytganda, Xalqaro sport uyushmalarining tash­kil etilishi va xalqaro sport musobaqalarining o'tkazilishi qadimgi yunon olimpiya o'yinlarini qayta tiklashga sabab bo'ldi. Bu yo'lda Yevropa mamlakatlarining hissasi g'oyat kattadir.

Xalqaro Olimpiya o'yinlarini tashkil qilishdagi harakatlarda fransuz jamoat arbobi Per de Kubertenning tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari hamda yunon xalqining o'z an'analariga sodiqligi tarixda o'chmas iz qoldirdi.

I Olimpiya o'yinlari faqat ishtirok etgan davlatlarninggina emas, balki jahondagi juda ko'p mamlakatlarning sport­chilari, yoshlari va mutaxassislarini dadil qadamlar bilan Olimpiya harakatini rivojlantirishga rag'batlantirdi.

Olimpiya an'analarini qayta tiklash harakati

Insoniyatning iroda, aql va jismoniy harakatini tarbiyalashga xizmat etuvchi qadimgi Olimpiya bayramlarini qayta tiklash g'oyalari uyg'onish davriga kelib paydo bo'la boshladi. Uning ilk tashabbuskorlaridan bin italiyalik davlat arbobi Matteo Polmiyeri (1406-1476) hisoblanadi. U o'zining «Fuqarolik hayoti haqida» nomli kitobida antik Olimpiya o'yinlarining yoshlarni jismoniy tarbiyalashdagi mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, «Hayot shahri» ki­tobida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatga xizmat qilish ehtiyojini singdirish inson hayotining ma'naviy me'yorlarini tarkib toptirishning asosi ekanligini e'tirof etgan.

Qadimgi Olimpiya o'yinlaridan ibrat olishni Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, Fridrix Shiller, Mixail Lomonosov, Iyeronim Merkurialis va boshqa donishmandlar ham tavsiya etishgan.

Ba'zi bir davlatlarda qadimgi Olimpiya o'yinlari o'tkazish amaliy jihatdan kuchga kiigan. Bunday o'yinlar faqat bir davlat miqyosidagina o'tkazilganligi ko'zga tashlanadi. 1604 yilda Robert Dover (Angliya) yoshlar orasida Olimpiya o'yinlariga o'xshash musobaqa o'tkazishga muvaffaq bo'ladi. Bu voqea «Gotevold o'yinlari» (joyining nomi asosida) nomi bilan tarixda qoldi. Gotevold tepaliklarida o'tkazilgan musobaqalar dasturida rapira, sablya, shpagada qilichbozlik, ku­rash, futbol (sul) o'yini, bosqon uloqtirish, otda poyga, shaxmat va boshqa o'yinlar bo'lgan.

Kapitan Robert Doverning o'yinlari o'ttiz yildan ortiq davr ichida o'tkazib borildi. Uning 1641 yilda vafot etishi bi­lan uning o'yinlari ham to'xtab qoldi.

Antik Olimpiya o'yinlari timsolidagi musobaqa keyin­chalik Germaniya, Shvetsiya, AQSH, Kanada, Gretsiya kabi davlatlarda ham o'tkazilgan.

Har bir mamlakatning imkoniyat doirasi va o'zlariga xos xususiyatlari asosida o'yinlar ham turlicha tus olgan. Masalan, 1845 yilda Kanadada bu «Monreal Olimpiya o'yinlari» nomi bilan o'tkazilgan.

Shu tariqa jahonda Olimpiya o'yinlari xalqaro miqyosida o'tkazishiga asta-sekin zamin tayyorlangan. XIX asrning oxirida bu ish to'la amalga oshirildi.

1920 yilda birinchi jahon urushdan keyingi davrdagi birinchi olimpiada o`yinlari bo`lib o`tdi. Bu o`yinlar Belgiya poytaxti Antverpen shaxrida o`tkazildi. Urush natijasida yetkazilgan zarar iqtisodiy qiyinchiliklar o`yinlarni tayyorlash va o`tkazishga ta`sir qildi. Belgiya hukumati zarur bo`lgan sport inshoatlarini qurishga yetarli darajada mablag` olmagani uchun ham sport inshoatlari ayrim metsenat- kapitalistlar bergan yordam va sportchilar ortasida yig`ilgan mablag` hisobiga qurildi.

1920 yilda bo`ladigan olimpia o`yinlari (hisob bo`yicha VII olimpiada o`yinlarga) xalqaro ahvol keskinlashib ketgan bir vaqtda tayyorlanildi. Dunyoning oltidan bir qismi jahonda birinchi ishchi-dehqonlar davlati vujudga keldi. Birinchi marta VII olimpiada o`yinlarida besh qit`a sportchilarining birligi va do`stligining simvoli - beshta xalqaro olimpiada bayrog`i hirpiradi. Ammo, bunga qaramasdan, Germaniya va uning 1914-1918 yillar jahon urushidagi ittifoqchilarining sportchilari olimpiada o`yinlariga qo`yilmadi.

VII olimpiada o`yinlarida 29 mamlakatdan 2606 sportchi qatnashdi. Urushda qatnashmagan yoki undan kam zarar ko`rgan mamlakatlarning sportchilari yaxshigina muvaffaqiyatlarga erishdilar. O`yinda 13 ta yangi rekordlar o`rnatildi, shundan 6 tasi jahon rekordidan yuqori edi. Qo`lga kiritilgan medallarning g`ayri rasmiy hisobi va hisoblab chiqilgan ochkolar (bu 1912 yildagi olimpiada o`yinlardan boshlab yuritilgan) bo`yicha birinchi o`rinni AQSh, ikkinchi o`rinni Shvetsiya, uchinchi o`rinni Angliya, to`rtinchi o`rinni Finlyanda sportchilari egalladilar.

VIII olimpiada o`yinlari 1924 yili Parij (Fransiya) da o`tkazildi. Bunda 44 mamlakatdan 3092 sportchi qatnashdi. AQSh sportchilari Yevropaga yengilgina g`alabaga to`la erishish ishonchi bilan keldilar. Ammo Yevropa sportchilari, ayniqsa, finlar, inglizlar ularga qattiq qarshilik ko`rsatdilar.

Futbol o`yinlari ayniqsa qiziqarli o`tdi. Sportning bu turida Urugvay komandasi g`olib chiqgan edi. IX Olimpiada o`yinlarida 46 mamlakatdan 3015 sportchi qatnashadi, jumladan Germaniya sportchilari ham qatnashdilar. Sport nuqtai nazaridan olib qaraganda bu o`yinlar uncha ahamiyatga ega emas edi. Sportning ko`pgina turlaridan erishilgan texnik natijalar 1924 yildagi olimpia o`yinlaridagi natijalardan past edi. Uncha ko`p bo`lmagan yaxshi natijalar IX olimpiadaning sport texnika natijalarining umumiy manzarasi (yani musobaqalarda qo`lga kiritilgan past ko`rsatgichlar) ni o`zgartira olmadi.

X Olimpiada o`yinlari 1932 yilda Los-Anjeles (AQSh)da o`tkazildi. Amerikaning hukmron doiralari Amsterdamda ancha putur yetgan AQShning sport sohasidagi obrosini tiklashni ko`zlab, X olimpia o`yinlarini katta dabdaba bilan o`tkazishga qaror qildilar. Los-Anjeles sport inshoatlarining yirik kompleksi – olimpiada stadioni, suzish xavzasi, mashq qilish maydonchalari maydonlar va olimpiada qishlog`i qurildi. Aqsh komandasining muvaffaqiyat qozonishini ta`minlash uchun unga juda ko`p mashhur negr sportchilari kiritildi.

Ammo AQSh xukmron doiralarining X olimpiada o`yinlaridan kutgan umidlari to`la ro`yobga chiqmadi. Olimpia o`yinlarida 38 mamlakatdan 1408 sportchi qatnashdi. Yaponiya vakillari suzishda g`olib chiqdilar. Ular 6 ta imkoniyatdan 5 ta oltin medal oldilar.

Xalqaro olimpiada komiteti (XOK) 1936 yilda bo`ladigan XI olimpiada o`yinlarini fashistlar Germaniyada o`tkazishga qaror qildi. Bu jahonning ilg`or kayfiyatdagi barcha sportchilarining qat`iy noroziligiga sabab bo`ldi. Jahonning ilg`or jamoatchilik fikri Berlin o`yinlariga baykot e`lon qilishdi.

IX olimpiada o`yinlarini fashistlar Germaniyadan birorta demokratikmamlakatga ko`chirishini talab qildi. Ammo shunga qaramasdan, o`yinlar Berlinda o`tkazildi. XOK jahon sport jamoatchiligining ovoziga quloq solmadi.

XI olimpiada o`yinlarida 49 mamlakatdan 4069 sportchi qatnashdi. Sport musobaqalarida, ayniqsa yengil atletika musobaqalarida negr sportchilari ustunlik qildilar.

Keyinchalik, ya`ni 1954 yilda Xalqaro olimpeada komiteti «o`yinlarda qayg`uli o`qibatlarga olib kelgan harbiylashtirish va natsizmning kuchli ruhi hukmronlik qilganligini» tan oldi.

Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o`rtasidagi davrda qishki olimpiada o`yinlari ham o`tkazila boshlandi. I qishgi Olimpiada 1924 yili Fransiyada Shamoni degan joyda bo`lib o`tdi. Olimpiada programmasiga chang`ida yugirish, slalom, tramplinkida figurali yugirish kiritildi.

II Qishgi olimpiada 1928 yili Shvetsiyada Sent-Moritseda o`tkazildi. Bu olimpiada 1932 va 1936 yillardagi olimpiada o`yinlarida g`alaba qozongan novregiyalik figurachi Soniya Xeni katta yutuqga erishdi.

Oq olimpiada 1932 yil AQShda, Leyk Plesidada o`tkazildi. Bu olimpiada 1936 yilda Germaniyada, Garmish-Partenkirxenda bo`ldi. Barcha qishki olimpiada o`yinlarida Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa Norvegiya sportchilari katta muvaffaqiyatga erishdilar.

Urushdan keyingi yillarda Olimpiya o'yinlari yana davom ettirildi. 1948-1952-yillarda Olimpiya o'yinlarida AQSH g'olib chiqdi va keyingi o'yinlarda esa ikkinchi o'ringa tushib ketdi, ya'ni Melburn (1956), Rim (1960), Myunxen (1972), Barselona (1992) olimpiadalarida ikkinchi o'rinni egallaganlar. Uchinchi o'rinlarni esa 1976-yilgi qishki (Insburg) va yozgi (Monreal), 1988-yilda Seulda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida oldilar. Amerika sportchilari ko'proq yengil at­letika, suzish, o'q otish, basketbol, boks, figurali uchish kabi turlarda doimo ustun bo'lib kelmoqda.

Olimpiya sporti urushdan keyingi yillarda chet el mamlakatlarida keng miqyosda rivojlanib ketdi. Bunga, asosan, bu mam­lakatlarda ikki yozgi va qishki Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi sabab bo'ldi. Shu asosda gimnastika, dzyu-do hamda qishki sport turlari Yaponiyada; konkida uchish va chang'i sport turlari, xokkey Kanada, Skandinaviya mamlakatlari va Finlyandiyada; konkida figurali uchish, tog' chang'i sporti Fransiya, GFR va Avstraliyada; futbol-Braziliya, Angliya, GFR, Gollandiya, Italiya, Argentina va boshqa mamlakatlarda rivoj topdi.

Jahonda jismoniy tarbiya va sport rivoji bir xilda bo'lmadi. G'arbda sport bilan shug'ullanuvchilarning ijtimoiy guruhlari ko'p qirralidir.

«Sport hamma uchun». So'nggi 20-30 yil mobaynida ba'zi bir G'arb mamlakatlarida «Sport hamma uchun» hara­kati avj ola boshladi. Uning tarqalishi Madaniy aloqalar bo'yicha Kengashning Yevropa iqtisodiy hamjamiyati doirasida tarkib topishi bilan bog'liqdir. 1975 yilda «Sport hamma uchun» Yevropa xartiyasi (Nizom) qabul qilindi, unda jamiyatning kelgusi taraqqiyot dasturi ishlab chiqildi. «Sport hamma uchun» harakatining umumahamiyatga ega bo'lgan dasturida yugurish, yurish, aerobika, atletik gimnastika, oddiy musobaqalar uyushtirish, turli xil o'yinlar, shahardan tashqariga sayohat va sayrlar asosiy mashg'ulot bo'lib hisoblanadi. Bu jarayonlar yangi davrda vujudga kelgan rekreatsion harakatning davomi desa bo'ladi. Bu harakat turli mamlakat­larda har xil nom bilan yuritila boshladi. Masalan, Norvegiya va Germaniya Federativ Respublikasida «Trimm», Italiyada — «Biz sizlaiga taqlid qilamiz», AQSHda «Jismoniy faollik» kabi.

«Sport hamma uchun» harakati rekreatsion jismoniy mashqlar shaklidagi jismoniy tarbiya mashg'ulotidir. Bu o'z navbatida, mehnatkashlar ommaviy-jismoniy madaniyatining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Bu harakatni keng targ'ibot qilishga ommaviy axborot vositalari jalb qilindi. Ko'p sonli ishlab chiqarish firmalari, aholining turli xil jismoniy tarbiya vositalariga qiziqishini hisobga olgan holda juda ko'p miqdorda sport buyumlari, kiyimlarini bozorga chiqarmoqda.



Sport va cherkov. Cherkovlar sportdan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga harakat qildi. Urushdan keyingi davr­larda cherkov xodimlari davlat yordamida yoshlarni cherkovga jalb qilishda sport imkoniyatlarini keng qo'lladilar. AQSHda xristian yoshlarining birlashgan harakati (tashkilot), talaba-katolik milliy tashkilotlari jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan shug'ullandi. Germaniyada 40-yillarda «Doyche Yugendkrift» («Germaniyaning yosh kuchlari») va «Eyxenkroys» («Dub xoch») tashkilotlari Vatikan bilan kelishilgan holda tuzilgan edi. Italiyada katolik spotchilari uyushmasi faoliyat ko'rsatdi. Sportdan keng foydalanuvchi eng yirik cherkovlardan biri, xristianlarning Xalqaro assotsiatsiyasi (IMKA) hisoblanadi. Cherkovlar, ayniqsa, Vatikan yoshlarni ma'naviy jihatdan tarbiyalash vositasi sifatida sportni tan oldi.

1952 yilda papa Piy II Xalqaro sport ilmiy Kongressiga yo'llagan xatida «Cherkov sportining texnika, gigiyena, fiziologiya tomonlari bilan qiziqmaydi. Katolik cherkov xodimlari sportning tana va ruhni tarbiyalaydigan vositalarini tan oladi», - deydi. 1968 yil papa Pavel VI Vatikanda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi qatnashchilarini qabul qildi. U o'z nutqida «Cherkov sportining rivojlanishiga sidqidillik bi­lan qiziqadi, chunki din va Olimpiya o'yinlari orasida ziddi- yatlar ko'rinmaydi», - degan edi. Shunday qilib, cherkov hozirgi zamon dunyosiga qo'shilishiga majbur bo'ldi, deyish mumkin.



Olimpiya sportining rivojlanishi. G'arb mamlakatlarining ko'pchiligi Olimpiya sport turlarini rivojlantirishga katta e'tibor bermoqda edi. Urushdan keyingi yillarda G'arb davlatlarida Olimpiya sport turlarini rivojlantirishda bir qator asosiy yo'nalishlar vujudga keldi.

Birinchidan, Olimpiya sportini rivojlantirishda davlatlarning roli o'sib bordi. Ikkinchidan, Olimpiya sportiga ta'sir etuvchi monopoliyalar, korporatsiyalar, firmalarning moliyaviy ta'minoti davlat bilan birgalikda amalga oshirildi. Uchinchidan, katta sportda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalari keng qo'llanila boshladi. To'rtinchidan, sportchilarni tayyorlash maqsadida maxsus markazlar, bir necha davlatlar birlashib mashg'ulotlar o'tkazish joylari amalda qo'llanildi. Bunday holatlar, ayniqsa, AQSHda ko'proq uchramoqda. AQSHda Olimpiya sportiga rahbarlik bir qator tashkilotlar tomonidan olib boriladi.

Bunda Oliy o'quv yurtlariaro Milliy assotsiatsiya (NKAA), Havaskorlik atletika jamiyati (AAYU), Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) faol ishtirok etadi. Uzoq vaqtlar bu uch tashkilot o'rtasida mustahkam aloqa bo'lmagan, chunki o'zaro kelishmovchiliklar kuchli bo'lgan edi. Bunda moliyaviy ta'minot, milliy jamoani tarkib toptirish, Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish, boshqa xalqaro musobaqalarda qat­nashish kabi masalalarda o'zaro kelisha olmaganlar. Bunday holatlarni tugatishga AQSHda «Havaskorlik sporti haqida»gi qonunning qabul qilinishi (1978) sabab bo'lgan. Shu qonun asosida AQSH MOQ mamlakatdagi barcha havaskorlik sport uyushmalarini o'ziga birlashtirib olgan.

Shu sababdan, barcha masalalami MOQ hal etadi. AQSHda Olimpiya va Panamerika o'yinlarida jamoalarning qatnashish-qatnashmasligini MOQ hal etadi.

AQSH MOQsi Olimpiya va Panamerika o'yinlariga jamoalarni tayyorlash, qatnashish va barcha faoliyatlarga rahbarlikni amalga oshiradi. Bunda moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sportchilarning mashg'ulotlarini tashkil etish, ilmiy-uslubiy tavsiyalar tarqa-tish va boshqalar muhim o'rin tutadi.

AQSHda Olimpiya sportining deyarli barcha turlari mavjud. Ular orasida suzish, velosport, o'q otish, boks, yengil atletika kabi turlar kengroq tarqalgan. Ma'qul bo'lgan sport turlaridan ot va yelkan sporti, golf, qilichbozlik kabilar hisoblanadi. Bu turlar bilan ko'pincha xususiy sport klublari shug'ullanadi. Ulaiga badavlat kishilar a'zo bo'ladilar. Shular qatorida baliq ovi, sayohat (turizm), amerikacha futbol, Sokker (Evrona futboli) beysbol va regbi ko'p qo'llaniladi. Ame­rika terma jamoalarini tayyorlash o'quv mashg'ulot markazlari Kolorado-Springs va Skvo-Vellida o'tkaziladi. Kolorado-Springs sport majmuida bir yo'la 800 sportchi shug'ullanishi mumkin. Olimpiya sportining yuqori natijalarga ko'maklashuvchi masalalarini Agoya, Arizona, Janubiy Kaliforniya universitetlarining laboratoriyalarida o'iganiladi.



Sport va biznes. Urushdan keyingi yillarda jahonda jis­moniy tarbiya va sportga monopoliyalar, trestlar, matbuot homiylari, kino va televideniya rahbarlarining qiziqishi ortib bordi. Katta tijorat (biznes) uchun tadbirkorlar professional sportdan keng foydalandilar. Ular boks, futbol, xokkey, beys­bol, avtosport va boshqa turlarni daromad manbaiga aylantirib yuborishdi. Professional sportchilarni mol (tovar) kabi sotib olish va sotish kuchaydi. Professional sport ham, havas­korlik sporti ham siyosat bilan uzviy bog'lanib qoldi. AQSHda professional sportchilardan prezident va senatorlarni saylashda keng foydalandilar. Turnirlarda siyosiy arboblar professional sportchilar bilan birga chiqadilar. Bu si­yosiy partiyalarda, turli kompaniyalarda o'z mavqelarini yaxshilash yo'lida ularga manfaat keltiradi.

Siyosatdan yiroqlik, insonparvarlik, havaskorlik. Urushdan keyingi davrlarda G'arb mamlakatlari sport-gimnastika harakatining nazariy-amaliy faoliyatida sportdagi asosiy tamoyillardan yuz o'girish holatlari yuzaga keldi. Ya'ni siyosat­dan yiroqlashuv, insonparvarlik va havaskorlik yangi yo'nalishlarda davom etdi. Sportda kamsitish, chegaralanishga yo'l qo'yilmaslik g'oyalari rivojlandi. Lekin kamsitish o'rniga siyosiy jihatdan b'azi mamlakatlarni o'z yo'lidan qaytarishga kirishildi. Bu xalqaro sport maydonlaridagi ba'zi davlatlarni siqish, xalqaro ahvolning keskinlashuvi (Vengriyada - 1956, Chexoslovakiyada -1968, Afg'onistonda - 1979 voqealar va h.k.) sabab bo'ldi. Bunday holatlar sportdagi gumanizm tamoyillariga ham ta'sir o'tkazdi.

Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda insonpar­varlik g'oyalaridan uzoqlashishning asosiy sabablaridan biri sportchilarning yuqori natijalarni ko'rsatishi uchun doping ishlatilishi (giyohvandlik), sportga aloqador bo'lmagan turli xil musobaqalarning uyushtirilishi (xotin-qizlar, odamlarning itlar bilan olishuvi va h.k.) sabab bo'ldi.

Havaskorlik harakatining halokatga uchrashi esa urushdan so'nggi davrlardagi milliy va tashqi sabablar bilan bog'liqdir. Ichki sabablardan biri shuki, har yili sportda eng yuqori natijalarni ko'rsatish talabi kuchayadi, sportdan keladigan daromadlarni yo'q qilish, bunda ommaviy axborot vositalarini ishga solish kuchaydi.

Tashqi sabablar esa sport­dagi havaskorlikning susayishi, xalqaro sport maydonlarida kuchlar tengligining o'zgarishlari hisoblanadi.

Shu sababdan, havaskorlik sport tamoyillarini saqlash eski yo'lga qaytdi, ya'ni havaskorlik sporti professional sport chegarasi doirasida rivoj topa boshladi. Olimpiya xartiyasidan «Havaskorlik» atamasi o'chirib yuborildi.

1984 yilda Los-Anjelesda o'tkazilgan XXIII o'yinlardan boshlab, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) va bir qator sport federatsiyalarining (XSF) ruxsati bilan professional sportchilar Olimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini oldilar. Asosan, ular futbol, basketbol, xokkey tennis, figurali uchish kabi turlarda ishtirok etdilar.

Inqiroz (krizis) holatlaridan ustun kelish yo'lida sportda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarini qo'llash amalga oshirildi. Bu sportdagi yuksak natijalaiga erishish yo'llarida ko'mak bo'ldi. AQSH, GFR, Yaponiya, Fransiya, Angliya, Italiya kabi taraqqiy qilgan yirik mamlakatlarda tibbiyot, fiziologiya, psixologiya sohalarida ilmiy tadqiqot o'tkazildi. Sportga o'rgatish va mashg'ulotlarni tashkil qilish usullari ishlab chiqildi. Ilmiy-tadqiqot natijalariga asosan, universitetlar va kollejlarning majmualarida hamda yuqori malakali sportchilarni jalb etish yo'li bilan ilmiy markazlarda katta sinov-tajribalar amalga oshirib borildi.

Xulosa shundan iboratki, Ikkinchi jahon urushidan ke­yingi yillarda jismoniy tarbiya va sport jahonning barcha mamlakatlarida tezlik bilan rivojlandi. Eski usullardan voz kechildi. Xalqaro sport harakati va Olimpiya o'yinlarining o'tkazilishi yoshlarni sportga jalb etish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va ularning sport mahoratlarini oshirishda katta rag'batlantiruvchi kuch bo'ldi. Bu jarayonlar AQSH, GFR, Fransiya, Italiya, Skandinaviya mamlakatlari hamda Sharqda Yaponiya, Koreya kabi mamlakatlarda keng rivijlandi.

Nemis sportchilarining xalqaro sport va Olimpiya maydonlariga chiqish yo'li oson kechmadi. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) qaroriga binoan Birinchi jahon urushining asosiy sababchisi sifatida Germaniya 1920 y. (Antverpen) va 1924-yilgi (Parij) Olimpiya o'yinlariga qo'yilmadi. Lekin Germaniya hnkumati va jamoatchi sport tashkilotlari mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat- lardan foydalandilar. 1926 yilga kelib, nemis sportchilari og'ir atletika, ot sporti, yengil atletika, yunon-rum kurashi, suv polosi kabi turlari bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egalladi. 1928 yilda Amsterdamdagi o'yinlarda nemis sport­chilari paydo bo'lib, birdaniga yuqori natijalarga erishdi. Ular olgan medallari soniga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi. AQSH sportchilari birinchi o'rinda edi.

1930 yilda Germaniya 1936-yildagi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish huquqiga ega bo'ldi. Shu tariqa XI Olimpiyada Berlinda va IV qishki Olimpiyada o'yinlari Gormish - Partenkirxenda o'tkazildi.

1933 yilda Gitler mamlakatda fashistik va militaristik tartiblarini o'rnatib, Olimpiya o'yinlari bayrog'i ostida o'zining qabih siyosatidan foydalandi. Bunday sharoitda Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga qarshi demokratik kuchlar qanchalik harakat qilmasin, o'yinlar Berlinda tashkil qilindi. Germaniyadagi totalitar tuzum o'zining Yevropadaga «Yangi tartibini» namoyish qildi.

Germaniya o'z hududida o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida hammadan ko'proq medallar olishga erishdi. Umuman, medallar quyidagicha taqsimlandi: Germaniya - 89 (33-26-30)ta, AQSH - 56 (24-20-12)ta edi. Germaniyaning akademik eshkak eshish (baydarka va kanoe), og'ir atletika, gimnastika, ot va yelkan sporti, boks, besh kurash kabi turlari ustunligi bor edi.

1936 yilgi qishki Olimpiyadada tog' chang'isi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi muso- baqalarda Germaniyaga teng keladigan raqiblar ham yo'q edi.

1938 yilda XOQ yana bir katta xatoga yo'l qo'ydi. Ya'ni sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun gitlerchilar Ger- maniyasini «Quvonch orqali kuch» kubogi bilan taqdirladi.

Italiya. Jismoniy tarbiya va sport bu mamlakatda keng doirada taraqqiy etdi. Mussolinining siyosati yangi urushga tayyorgarlik va buyuk Italiyani yaratishga qaratildi. Xalq maorifi vazirligi tarmog'idagi jismoniy tarbiya departamenti «Balilla milliy operasi» maxsus tashkiloti yordamida bolalarni jismoniy trabiyalash ishlarini amalga oshirdi. «Balilla» guruhi 8-13 yoshdagi o'g'il va qiz bolalarni hamda 14-18 yoshdagi yoshlar va qizlarni o'z ichiga oladi. «Balilla milliy operasi» markaz va viloyatlarda tashkil qilinadi. Unda yengil atletika, qilichbozlik, gimnastika, eshkak eshish va boshqa sport turlaridan keng foydalanildi. Joylarning geografik va iqlim sha- roitlariga qarab sport turlari tanlanadi. Ya'ni Alp tog'larida - tog' chang'isi sporti, dengiz yoqalarida - suzish, yelkan sporti, daryolarda - suzish va eshkak eshish, tekisliklarda - ot sporti, maxsus joylarda sport o'yinlari: regbi, futbol, basketbol, voleybol, o'q otish, velosiped, avtomotosport kabilar mavjud edi. Harbiy-sport ishlari sportklublar, jamiyatlar va uyushmalarda ohb borildi.

Italiya sport tashkilotlari Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) tomonidan boshqarildi va xalqaro sport hayotida faol ishtirok etdi. Italiya sportchilari 1900-yildan boshlab, uzluksiz ravishda Olimpiya o'yinlari, Yevropa chempionatlari hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib keldi, Italiyaning futbol bo'yicha terma jamoasi («Skuadra Adzurra») ikki marotaba (1934, 1938 y.y.) chempion bo'ldi. U 1936 yilda Olimpiya oltin medaliga sazovor bo'ldi. Jahon va Yevropa chempionatlarida italiyalik qilichbozlar, velosipedchilar, o'q otuvchilar, tog' chang'ilari, gimnastikachilar va boshqa bir qator sport turlari vakillari g'alabalarni qo'lga kiritdi. Italiya deyarli barcha xalqaro sport uyushmalari tarkibidan o'rin egallagan edi.

Yaponiya. Bu mamlakatda milliy xususiyatlar asosida jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi yuqori darajada o'sib bordi. O'sha davrlarda Yaponiyaning siyosati Osiyoni bosib olishga qaratilgan edi. Shu maqsadda maktablar va sport-gimnastika tashkilotlaridan unumli foydalanildi. O'quv yurtlari va sport klublari jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy markaziga aylantirildi. Bo'lajak oddiy harbiy- larni tayyorlash boshlang'ich maktablarda, amalga oshirildi. Bunda eski milliy jismoniy mashqlar, ya'ni dzyu-do, kenzo (tayoqlarda qilich tushish), kamondan o'q otish va hozirgi zamon sport turlari: gimnastika hamda o'yinlar qo'llanilgan. Kollejlar va universitetlarda harbiy kadrlar tayyorlanib, ularda ham dzyu-do, karate, qilichbozlik, o'q otish, gimnastika, beysbol, regbi, suzish, yengil atletika mashqlaridan maqsadli foydalanilgan. Yaponiyada sumo milliy kurashi keng tarqal- gan.

Yaponiya sportchilari xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib keldilar. Ular 1912 yilgi V Olimpiadadan 1936 yildagi XI Olimpiyadagacha doimiy ravishda ishtirok etdi. Birinchi oltin medalni M.Oda 1928 yilda uch hatlab sakrash bellashuvlarida qo'lga kiritgan. 1932 yilgi Olimpiya o'yinlarida (Los-Anjeles) yaponiyaliklar suzish bo'yicha 6 turdan beshtasida g'alabaga erishadi. 100 m. masofaga erkin suzish bo'yicha 15 yoshli Ya.Miyazaki birinchi o'rinni egalladi.

1500 m.ga erkin suzish bo'yicha 14 yoshli K.Kitamura g'olib chiqdi. U yosh bo'lsa-da, bu masofani 19 daqiqa 12,4 soniyada bosib o'tib, jahon rekordini o'rnatdi. Bu natijani boshqalar faqat 20 yildan keyin o'zgartirishga' muvaffaq bo'lishgan.

Yaponiyalik chavandoz T.Insi o'yinlarda oltin medal sohibi bo'lishga erishdi. 1936 yilgi Olimpiadada yaponlar suvda suzish bo'yicha 11 ta medalga ega bo'lib (4-2-5), bu sport turida peshqadam bo'lishdi.

Xulosa qilib aytganda, Berlin-Rim-Tokio uchligidagi siyosiy munosabatlar va urush harakatlari bosqinchilik hamda fashistlashish darajasiga ko'ra bir-birini to'ldirdi. O'quvchilar va yoshlarni harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlash, harbiy xizmatlarning jangovarligini oshirshda sport-gimnastika burjua tashkiloti davlat hokimiyatiga yaqindan yordam berdi.

Xalqaro sport harakati va uning g'oliblariga ma'lum darajada itoat etgan bu davlatlar Olimpiya o'yinlarida ongli faollik hamda ustunlik bilan ishtirok etib keldi. Bunday jihatlar har bir mamlakatdagi sportchi yoshlarning qiziqishlarini rivojlantirishga muhim hissa qo'shganligi bilan e'tiborga molikdir.

Demokratiya vakillari deb yuritilgan AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport-gim­nastika harakati birmuncha o'zgacha rivojlana boshladi. Ular haqida quyidagi ma'lumotlar guvohlik qilishi mumkin.



Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin