Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 93,94 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü93,94 Kb.
#178227
1   2   3   4   5   6
“Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati

Kurs ishining maqsadi: “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyati va o‘ziga xosliklarini tashkil etishni muvofiqlashtirish.
Kurs ishining vazifalari:
- “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining maqsadi va vazifalarini o’rganish va tahlil qilish.
- “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashdagi ahamiyatini va ilmiy pedagogik jihatlarini yoritib berish.
- Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘qitish tizimini modernizatsiyalashni ilmiy jihatdan o‘rganish.
- STEAM va SMART ta’lim texnologiyalarini joriy etishda xalqaro tajribalar tuzilishi va mazmunini yoritish.
- Kurs ishi materiallari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: Texnologiya fanini o‘rgatish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining texnologiya o‘qituvchisini tayyorlashni yoritish jarayoni.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Texnologik ta'lim yo'nalishi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institutlari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Kurs ishining metodlari: Mavzuga oid normativ me’yorlari hujjatlarni sohaga oid prezident qarorlarini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzulishi va hajmi: kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. “XALQARO TADQIQOTLAR VA TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR” FANINI O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1-§. “Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar” fanining maqsadi va vazifalari
Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganJar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
O’quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarning eng muhimi, yetakchisi bo’lib hisoblanadi. Pedagogik jarayon o’zining qanchalik murakkabligi va davomiyligidan qat’iy nazar, u, eng avvalo, maqsadni aniqlashdan boshlanadi. Pedagogik jarayonning boshqa tashkil etuvchi qismlari (tamoyil, mazmun, shakl, usul, vosita va b.) belgilangan maqsadga bo’ysunadilar, ular maqsadga muvofiq holda tanlanadi va o’zaro uyg’unlashtiriladi. Pedagogik maqsad pedagog va talabaning hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir. An’anaviy didaktikada ham ko’pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., Galperin P.D, Lerner I.Ya., Kraevskiy V.V., Maxmutov M.I., Talizina N.F. va b.) o’quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari bo’yichailmiy izlanishlar olib borishgan va bu masalalar bo’yicha ma’lum tajriba ham to’plangan. Jumladan, zamonaviy darsning ta’lim berish, tarbiyalash va talaba shaxsini rivojlantirish maqsadlarini aniqlash hamda ularga erishish yo’llari bo’yicha ma’lum darajada nazariy va amaliy ma’lumotlar mavjud. Lekin, o’qituvchi(uning timsolida o’quv yurti) qanday natijaga erishishni xohlaydi? Bir qarashda bu savolga javob berish osonga o’xshaydi. Biror fan yoki uning bo’limini o’qitishda o’qituvchio’z oldiga uni talabalarga tushuntirishni, mazmunining o’zlashtirilishini va buning natijasida talabalar uni amalda qo’llay olishlariga erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Lekin, “tushunish”, “o’zlashtirish”, “anglash”, “qo’llash” degani nimani bildiradi? Qo’yilgan maqsadga erishilganligini o’qituvchi qanday aniqlashi mumkin? Agar talabaning qo’yilgan maqsadga erishgani yoki erisha olmaganligini aniqlash usuli mavjud.
Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar fanining maqsadi bo’lajak texnologiya fani o‘qituvchisini eng ilg‘or tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish va shu orqali ta’lim sifatini ko‘tarish, hamda yoshlarni raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlashga ko‘maklashishdir.
Bu fanning vazifalari talabalarni texnologiya fanidan mutaxassis tayyorlashda ularda mavjud kompetensiyalarni zamon talablariga mos shakllantirishdan iboratdir.
Ma'lumki, atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. Shuning uchun ta'limning natijasi maktab ta'limining 1-bosqichiga bog‘liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyati cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchani ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. Bir qator ishlar boshlang‘ich ta'limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish sohasidir.

Yüklə 93,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin