Xalqaro Turizm fakulteti tu-91 guruh talabasi Saydaliyev Asadbekning



Yüklə 322,26 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü322,26 Kb.
#176680
1   2   3   4
SaydalivevAsad

2.9. Kuzatish obyekti — bu tekshirish o'tkaziladigan hodisa va jarayonlar yig‘indisi yoki statistik m a’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig‘i)dir. Masalan, aholi ro'yxati o'tkazilavotgan bo'lsa, biz aniq belgilab olishimiz kerak, qaysi aholini ro‘yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi yoki doimiy aholinimi? Tijorat korxonalarini ro'yxatga olish uchun, oldin aniq bilishimiz kerakki, qaysi korxonalar tijorat korxonalari bo’lib hisoblanadi?


2.10. Kuzatish birligi - bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega b o ig an birlikdir. Kuzatish birligi bo‘ lib aholi ro‘yxatida har bir shaxs, korxonalar ro‘yxatida har bir korxona hisoblanadi.


2.11. Statistik kuzatish dasturini ishlab chiqish.
Statistik kuzatishni tashkil qilish va uni o‘tkazishda qo'pol xatolarga yo‘l qo‘yilsa, statistik kuzatish natijalarining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham bu murakkab ishni boshlashdan oldin har tomonlama muhokama va ekspertiza qilingan kuzatish rejasini tuzish zarur. Statistik kuzatish rejasi dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni o ‘z ichiga oladi. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari quyidagilardan tashkil topadi: kuzatish maqsadi va vazifalari; kuzatish dasturi; kuzatish obyekti va birligi; kuzatish formulyari va yo‘riqnoma. Har bir ishni bajarishdan oldin uni nima uchun bajarayapmiz o‘zi, maqsad nima, degan savollarga javob bo‘lishi kerak. Bu tamoyil statistik kuzatishga ham to iiq tegishli. Demak, aniq va tushunarli bo‘lmagan maqsad va vazifalar belgilansa, statistik kuzatish jarayonida keraksiz ma’lumotlami to‘plab, kerakli ma’lumotlar qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Maqsad va vazifalar aniqlangandan so‘ng kuzatish dasturi tuziladi.
Kuzatish dasturi - bu kuzatish davomida yig‘ilishi kerak bo‘lgan savollar yoki qayd qilinishi lozim bo‘lgan belgilar va ko‘rsatkichlar ro'yxatidir. U qisqa, tushunarli bo‘lishi kerak va faqat aniq javob olinishi 38 mumkin bo‘lgan , shubha tug‘dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og‘ir va mas’uliyatli bosqichidir.
Indeks tahlili
3.1. Statistik kuzatishning shakli,usuli va turini aniqlang. Shakllari: hisobot va maxsus statistik kuzatishlar(aholi ro’yxati,biryo’lakay uchet,statistik tekshirishlar)
Usullari:hujjatli,so’roq javob,anketali,korrespondentli,o’zi qayd qilish,ekspedsiyali.
Turlari: yoppasiga va qisman(tanlab kuzatish,asosiy qismini tekshirish,monografik)
2) 1. Taqsimlash qatorining turi va mohiyatini belgilang.
Ayrim hollarda tiplarning shakllanish sharoitlarini ifodalaydigan guruhlarni har xiI belgilar, masalan ko 'p energiya talabchan tarmoqlarda - iste'mol qilingan elektroenergiya, ko 'p xom-ashyo talabchan tarmoqlarda - tovar - moddiy zaxiralar, mehnat talabchan tarmoqlarda - ishchilar soni, kapital talabchan tarmoqlarda - asbob-uskunalar qiymati asosida tuzish mumkin. Bunday tartibda guruhlash belgilarini olish guruhlar belgilarini ixtisoslashtirish deb yuritiladi. Shu bilan birga tiplarni to'laroq belgilash maqsadida konkret sharoitni hisobga olib guruhlar oralig'ini ham ixtisoslashtirish tavsiya etiladi.


3.2. Tuzilmaviy guruhlash odatda rna' lum bir Tuzilmaviy belgiga qarab to 'plam tuzilishini ta'riflaydi. Buning uchun dastlab bir belgi asosida taqsimot asosida to'plam qatori tuziladi, so'ngra har qaysi guruh uchun tuzilmani ta'riflovchi guruhlardagi yig'ma hajmi va u bilan yaqindan bog'liq bo'lgan belgilar to'plama miqdorlari hisoblanadi va nihoyat ularga asoslanib ayrim guruhlaming umumiy to 'plamdagi hissalari aniqlanadi. Tuzilmaviy guruhlash taqsimot qatorlari bilan umumiylikka ega, ammo ulardan qator jihatlari bilan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashlar bilan taqsimot qatorlari bir biriga 0 'xshashib ketadi, ammo ular vazifalari va tuzilish jihatidan bir biridan farq qiladi. Tuzilmaviy guruhlashda ko' zlangan maqsad - to 'plam tuzilishini 0 'rganish. Buning uchun har bir tuzilma bir to' da ko'rsatkichlar yordamida tavsiflanishi kerak, bu holda uning turli jihatlari oydinlashadi. Taqsimot qatorlari esa statistik to 'plam tuzilmaviy xususiyatlarini va qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.

3.3. Chiziqli diagramma yordamida variatsion qatorlar ham tasvirlanadi. Bu holda gorizontal o’qqa qatoming asoslari (variantalar), ya 'ni o’zzgaruvchan belgi qiymatlari, vertikal o'qqa esa ulaming uchrashish sonlari (ayni qiymatga ega bo' lgan obyektlar soni) joylashtiriladi. Diskret variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma taqsimot poligoni deb ataladi. Shirkat xo 'jaliklarining paxtachilik brigadalari soniga qarab taqsimot poligon shaklida tasvirlangan.
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimot gistogrammasi deb yuritiladi.O'zbekiston fermer ho 'jaliklarida paxta terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi bo 'yicha taqsimlanishi taqsimot gistogrammasi shaklida tasvirlangan.
Teng oraliqli variatsion qatorlarni yuqorida bayon etilgan usulda tuzish natijasida oddiy taqsimot qatorlari hosil bo'ladi. Bundan tashqari, kumulyativ (lotincha «cumulatio» - yig'ish, jamg'arish, to 'planish) taqsimot qatorlari ham qo'llanadi. Ular oddiy qatorlarning ketma-ket oraliqlarini birlashtirib (yig'ib), ularga tegishli variantlar sonini jamg'arish yo'li bilan tuziladi. Kumulyativ variatsion qatorlarni ikki usulda tuzish murnkin. Birinchi usulda jamg'arish jarayoni kichik qiymatli birinchi oraliqdan kattalari tomon yo 'nalishda arnalga oshiriladi.



Yüklə 322,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin