"Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar



Yüklə 50,08 Kb.
səhifə1/5
tarix17.10.2023
ölçüsü50,08 Kb.
#156721
  1   2   3   4   5
7. Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA.

Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi
Reja:
  1. "Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar.


  2. Mehnat taqsimoti va pul to’g’risidagi ta'limot.
  3. Unumli va unumsiz mehnat to’g’risidagi ta'limot.

  4. XULOSA.




























    1. "Xalqlar boyligi…" asaridagi iqtisodiy qarashlar.

Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kyerkolidi shaqrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta'lim oldi, u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o’qiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o`qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga baqishlangan o’zining birinchi "Ahloqiy xissiyot nazariyasi" kitobini yaratdi, ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristoqratning oilasiga tarbiyachi bo’lib keldi (gyersog Bakleyu). o’z tarbiyalanuvchisi bilan Yevropa bo’ylab sayoxatga chiqdi, Shveysariyada Voltyer, Fransiyada Didro, Fiziokratlar F.Kene va A.Tyurgo, D.Alamber, Gelveskiy va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta'sir qildi. U 1766 yilda o’z yurtiga qaytdi va o’zining bosh asari - "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot" ni yozishga kirishdi, bu asar 1766 yil martda londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo’lib, birinchisidan qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg’arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchunchisida - kapitalm taraqqiyot ining tarixiy shart-sharoitlari, to’rtinchisida - Merkantilizm va Fiziokratlarning ta'limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Buyuk ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda besh marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchlikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi. O`sib borayotgan burjuaziya uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feoldalizm qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo’ldi. Yangi kapitalistik, ya'ni bozor iqtisodiyotining klassik ta'limoti yaratildi.A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi


Yüklə 50,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin