Xamsanavislik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si”



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə6/19
tarix06.06.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#125741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Танлов фан Хамсанавислик анъанаси 2

Ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali ma’ruza, muammoli ta’lim, davra suhbati, aqliy hujum va boshqalar.
Adabiyotlar: A4, A6, A9, Q10, Q19, Q21, Q23, Q24, M39, M40.
Amir Xusrav Dehlaviy – xamsanavislik an’anasining asoschisi.
Xusrav Dehlaviy adabiy merosi, xususan, “Xamsa”sining yaratilish tarixi. "Xamsa" so’zining lug’aviy va istilohdagi ma`nolari. Xamsa va beshliklar. Xamsaning adabiy an`ana sifatida yuzaga kelishi. “Matla’ ul-anvor”, “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht”, “Oinai Iskandariy” dostonlari kompozitsiyasi hamda mazmun-mundarijasida an’anaviylik va o’ziga xoslik. “Xamsatayn”, turkiy va fors-tojik adabiyotida unga munosabat.
Ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali ma’ruza, muammoli ta’lim, davra suhbati, aqliy hujum va boshqalar.
Adabiyotlar: A4, A6, A8, Q10, Q14, Q15,Q16, Q17, Q18, Q20, Q23.


Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang” dostonlar turkumi.
Abdurahmon Jomiyning adabiy merosi haqida umumiy tushuncha. “Haft avrang” dostonlar turkumining yaratilish jarayoni, xamsa va sab’a masalasi. Jomiyninig an’anaviy syujetlarga munosabati. “Silsilat uz-zahab”, “Salamon va Ibsol”, “Tuhfat ul-ahror”, “Sabhat ul-abror”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, Xiradnomai Iskandariy” dostonlari haqida nazariy ma’lumotlar.
Jomiyning “Xusrav va Shirin” syujetiga munosabati, "Yusuf va Zulayho" dostoni muqobil asar sifatida.
Abdurahmon Jomiyning “Shoh Bahrom” syujetiga murojaat qilmaganligi masalasi.
Ta’lim texnologiyalari: ko’rgazmali ma’ruza, muammoli ta’lim, davra suhbati, aqliy hujum va boshqalar.
Adabiyotlar: A4, A6, A8, Q10, Q14, Q15,Q16, Q17, Q18, Q19, Q23.


Alisher Navoiy "Xamsa"sining yaratilish tarixi.
Alisher Navoiyning xamsanavislik va xamsnavislarga munosabati. "Sadi Iskandariy" dostonining beshinchi va so’nggi (89) boblari tahlili. "Xamsa" va boshqa beshliklar. "Muhokamat ul-lug’atayn"da Navoiy salaflari haqidagi ma`lumot. Navoiy "Xamsa"sining yaratilish jarayoni. "Xamsa" yozishga tayyorgarlik. Navoiyning xamsanavislarga doir tanqidiy qarashlari. "Xamsa" takmili masalasi. An`anaviy muqaddima takmili, syujet takmili, kompozitsiya takmili. Navoiy "Xamsa"sida an`ana va o’ziga xoslik masalasi.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin