: XARAKTER
“Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi.
Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini ikki xilini aniqlash imkoniyatiga ega:
Shaxs xarakterining xususiyati ro‘yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning o‘ziga xos xislati uning munosabatlariga bog‘liq.
Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.
Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Chunonchi, mehnatda ko‘zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:
diqqatning to‘planishiga;
harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga;
irodaviy zo‘r berishga;
usullar mahsuldorligiga;
aqlning ishtirokiga bog‘liq
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to‘rtta tizimi farqlanadi.
Jamoa va ayrim odamlarga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).
Mehnatga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma’suliyat yoki ma’suliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishi kabilar).
Narsalarga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo‘lish kabilar).
Odamning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, o‘zini katta olish, kamtarlik kabilar).
Dostları ilə paylaş: |