Xarakter “Xarakter”



Yüklə 31,39 Kb.
səhifə5/7
tarix04.03.2023
ölçüsü31,39 Kb.
#86553
1   2   3   4   5   6   7
5-ma\'ruza Xarakter, Qobiliyat

Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘limini, o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi.
Tipologiyaning o‘ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
1. «Badiiy tip» uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
2. «Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining sezgi a’zolariga va funktsional xususiyatlariga layoqat deb ataladi.


IZOHLI LUG‘AT
GENIALLIK - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodi bilan o‘zini namoyon qilish hodisasi.
DIFFERENTSIAL PSIXOLOGIYO - psixologiya fanining bir qismi bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi yakka-psixologik farqlarni o‘rganadi.
ZEHN, LAYOQAT - nerv sistemasining ba’zi genetik determinlashgan anatom - fiziologik xususiyati bo‘lib, bu kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishning dastlabki yakka tug‘ma tabiiy zaminidir.
KOMMUNIKATIV QOBILIYATLAR - shaxs qobiliyatlaridan bo‘lib, bu kishining boshqa odamlar bilan bo‘ladigan muloqotini yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyati psixologik qovushuvchanlikni ta’minlaydigan qobiliyatidir.
UMUMIY ISTE’DOD - kishining qobiliyatlari birligi bo‘lib, bu shaxsning aqliy-intelektual imkoniyatlari doirasi bilan faoliyatining o‘ziga xosligi darajasini belgilab berishda shartlanadi.
OLIGOFRENIYA - aqli zaiflik, psixik funktsiyalar taraqqiyotining ortda qolishi.
QOBILIYATLAR – shaxsning-ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir.

Yüklə 31,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin