Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


«Gullagan shaftolining novdasi» ni yasash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

«Gullagan shaftolining novdasi» ni yasash 
Mashg‘ulot vazifalari: bolalarda qog‘ozni bir necha marotaba buklab qirqish 
asosida gul barglarini hosil qilish‚ gul barglarini novdaga yelimlab, chiroyli 
gullagan shaftoli novdasini yasash malakalarini o‘stirish. 
Mashg‘ulotga tayyorgarlik. 
Bolalar bilan hovli yoki ko‘chadagi gullagan shaftoli daraxtini kuzatish. Gullarning 
tuzilishiga, rangiga, novdada joylashishiga bolalarni e’tiborlarini jalb qilish. 
Mashg‘ulotning borishi: 
Tarbiyachi: bolajonlar, mana o‘lkamizda bahor fasli. Bahorda tabiatda juda katta 
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Shoirlarimiz aytganidek:
Keldi bahor, gul bahor‚ 
Erib bitdi, oppoq qor. 
Uchib keldi, qushlarjon 
Daraxtlar taqdi marjon. 
Ha, «daraxtlar taqdi marjon». Shoirlarimiz, daraxt kurtaklarini marjonga 
o‘xshatishyapti, bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng, daraxtimiz chiroyli bo‘lib, chaman - 


88 
chaman gullaydi. Keling, bugungi mashg‘ulotda, xuddi shunday gullagan 
daraxtlarning novdasini biz ham tayyorlashni o‘rganamiz. Biz sizlar bilan gullagan 
shaftoli novdasini yasaymiz. Kerakli ashyolar oldingizdagi stolga qo‘yilgan. 
Novdani oldimizga qo‘yib, pushti rangdagi g‘ijim qog‘ozdan kvadrat shaklini 
qirqib olamiz. Uni ikkiga, so‘ng to‘rtga buklaymiz, natijada kichik kvadratchalar 
hosil bo‘ladi. Buklangan kvadratchaning bir uchini ushlab turib, ochiq uchlarini 
qaychi bilan yarim doira tarzida qirqib olamiz, buklangan kog‘ozni ochamiz. 
O‘rtasiga barmog‘imizni qo‘yib tursak gul bargining cheti qayrilib qoladi. Chuqur 
joyining orqasiga ozgina yelim surtiladi. So‘ngra novdaga yelimlanadi. Gullarni 
yelimlashdan oldin tarbiyachi bolalarga shaftoli guli novdada qanday 
joylashganligini eslatib, tabiiy holiga o‘xshatib, ketma-ket yelimlash kerakligi 
uqtiriladi. Gul yaprog‘ini qirqa olmagan bolalarga yakka holda yordam 
ko‘rsatiladi. Mashg‘ulot davomida bolalarning yaxshi ishlari rag‘batlantirilib 
boriladi. 
Tayyor novdalarni solib qo‘yish uchun xar bir stolga, bolalarning o‘zlari 
yasagan guldonlar qo‘yib chiqiladi. Bolalar gullagan novdani guldonlarga solib 
qo‘yadilar.
Tarbiyachi: bolalar‚ qarang, siz yasagan gullab turgan shaftoli 
novdachalaringiz xonamizni yana ham chiroyli qilib yubordi. 
Bolalarni o‘z ishlari natijasidan zavqlanishga o‘rgatib boriladi. Shu tariqa 
mashg‘ulot yakunlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin