96
Quyidagi rasmlarda kantli dekorativ applikatsiya ishi berilgan:
Geometrik shaklli applikatsiyalar.
Bajarilish texnologiyasiga ko‘ra
applikatsiyaning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli applikatsiyalardir.
Geometrik shakllar:
talabalarning kvadrat, to‘g‘ri burchak, uchburchak,
aylana qog‘oz bo‘lagi va o‘lchov asboblari haqidagi mavjud bilimlarini
97
mustahkamlaydi. Ularning badiiy didini o‘stiradilar, doira,
kvadratda naqshlar
tuzish bo‘yicha olingan bilimlarini chuqurlashtiradi. O‘quvchilar ayrim
predmetlarni detalma-detal taxlil qilib, geometrik shakllarni to‘g‘ri
idrok etishni
o‘rganadilar. Masalan, archa bir biriga kiygizilgan uchburchakka o‘xshaydi yoki
yukmashinasi turli o‘lchamdagi to‘g‘ri burchaklardan, g‘ildiragi aylanadan tashkil
topkanligini idrok etadilar. Bolalarda “Ko‘p-kam”, “Uzunasiga”, “Ko‘ndalangiga”,
“Ikki qismga qirqish”, “ Teng qismlarga” kabi tushunchalar mustahkamlanadi.
Bolalar ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Ularda estetik did
tarbiyalanadi.
Geometrik shaklli applikatsiyalarni ham naqshli,
predmetli, syujetli
applikatsiyalarga ajratish mumkin.
Doira, kvadrat va ovaldan naqshlar yasash. Naqsh detallari: turli
o‘lchamdagi kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi.
Kvadratda naqsh dioganal
bo‘yicha tuziladi-bunda shakllarni simmetrik joylashtirish qulay.
Geometrik shakllardan predmetli applikatsiya. Bolalarning predmetlarni
fazoviy idrok etishi rivojlanishi kerak. Bizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa,
daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u yoki bu darajada
geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin.
Ko‘p rangli applikatsiyalarni qirqish anchagina murakkab ish bo‘lib‚
tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu turdagi applikatsiyani bajarishda
fonni tanlash muhimdir. Fon ifodalanadigan predmet xuddi bo‘rtib turgandek,
yorqin
ko‘rinadi. Hammasi o‘ylangan kompozitsiyaga bog‘liq.
Fonda
joylashadigan detallar rangi ham shunday tanlanlanadi. Bunda detallarning tabiiy
joylashishi va ular o‘lchamlarining uyg‘unligiga e’tibor berishi kerak. Bu ishlarni
bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallarning
konturlari oldindan
belgilamay qirqiladi; ayrim detallar esa belgilangan natura-qoralamalar bo‘yicha
qirqiladi. Applikatsiyalarning ifodaliligi va jonliligiga erishishning usullari
98
ko‘p. Ayrim detallarning tag qismida kesiklar qilinib yelimlashda boshqa qog‘oz
qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: