Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


114 
Otkritkalar-maketlar.
Bir varaq albom qog‘ozini olib ikkiga buklaymiz. 
Syujetni tanlab razvyortkani applikatsiya bilan bezaladi‚ rangli qalamlar bilan 
bo‘yaladi. So‘ngra qalin qog‘ozdan kerakli shakllar qirqiladi. Bu rasmlarni istalgan 
kitob yoki jurnaldan kalkaga va undan qora qog‘oz orqali karton yoki qalin 
qog‘ozga tushirish mumkin. Shakllarni eski otkritkalar, jurnallar va boshqa 
joylardan qirqib olish mumkin. Figura syujetida nazarda tutilgan joyga 
yopishtiriladi, shundan so‘ng figuraning orqasiga ip yoki qog‘oz kesmasi 
yelimlanadi, uning ikkinchi uchi o‘lchamning orqa devoriga yopishtiriladi. 
Yopishtirilgan qog‘oz yoki ipning uzunligi shunday bo‘lishi kerakki, buklangan 
qog‘oz ochilganda u figurani ko‘tarsin. 


115 
Bosma rasmlardan yoki ustalik bilan tanlangan alohida rasmlardan maketlar 
tayyorlash qiziqarli ishdir. Mazmunni o‘ylab bir varaq olinadi, uni ikkiga buklab, 
so‘ng ochiladi. Uning oxiriga yirikroq rasm yoki fon xizmatini o‘tovchi rasm 
yopishtiriladi. Pastdan polosa buklanib, undan burchak qirqiladi. Endi fonni 
shunday yelimlash kerakki‚ burchak asos varaqlar bukiladigan joyiga to‘g‘ri 
kelsin. Taxlash oson bo‘lishi uchun to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas‚ bir oz burchak 
qilib yelimlanadi. 
Shundan so‘ng manzara yoki biror harakatni ifodalovchi detallarni qatorma-
qator yopishtirish mumkin, biroq asosning old chetiga yaqinlashgan sari 
yopishtiriladigan shakllar balandligi kamayib borishi kerakligini unutmaslik kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin