Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


120 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SOMONDAN APPLIKATSIYa 
Poxol (somon). Poxol-somondan sanoatda to‘qish va dekoratsiya, applikatsiya 
ishlarida (qutichalar, panellar, qalamdonlar) va shu kabilarga bezak berishda 
foydalaniladi. Bu maqsadda bug‘doy, javdar, arpa somonlari ishlatiladi. Agarda bu 
o‘simliklarning poyasi yaxshilab ko‘rib chiqilsa, poyaning o‘zaro bo‘g‘imlar bilan 
birikkanligini, eng yuqoridagi qismi ingichkaroq, uzunroqligini ko‘rish mumkin. 
Poyani ana shu bo‘g‘imlardan qirqib olib qismlarga ajratiladi. Qirqilgan poya 


121 
qismlari ko‘rinishi va uzunligiga ko‘ra navlarga ajratiladi: eng uzuni I nav, 
kaltarog‘i II, eng qisqasi III nav bo‘ladi.
 
Applikatsiya va bezash ishlarida ishlatishdan oldin somon bog‘lami 
tog‘oraga solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi va tog‘orada bir sutka saqlanadi. Bir 
sutkadan so‘ng uni tog‘oradan olib, suvi silqitib tushiriladi va har birini uzunasiga 
o‘rtasidan bo‘linadi. Qirqqanda pastdan yuqoriga qarab qirqiladi. So‘ngra 
somonning qirqilgan tomonini pastga qaratib qo‘yib, iliq qilib dazmollanadi. 
Dazmolning qiziganlik va dazmollash vaqtiga ko‘ra somonni turli rangga kiritish 
mumkin. Masalan, och-sariq, sariq, och jigar rang, jigar rang. Dazmollangan 
somon ehtiyotlik bilan qutichaga solib qo‘yiladi. Agarda somondan biron narsa 
yoki masalan qo‘g‘irchoq to‘qiladigan bo‘lsa, uni tog‘oradan namligida olib, 4-5 
somondan iborat lenta to‘qiladi yoki bog‘ qilib bog‘lab, qo‘g‘irchoq yasaladi, 
to‘qilgan somon lentadan shlyapalar va shu kabilar to‘qish mumkin. Yong‘oq, 
cho‘chqayong‘oq, meva va poliz ekinlarining urug‘lari (danaklari) keng tarqalgan, 
to‘plash va saqlash oson bo‘lgan material hisoblanadi. Yong‘oqqa ishlov berish 
oson hamda u pishiq materialdir. Agar yong‘oqni, ayniqsa yeryong‘oqni diqqat 
bilan kuzatib faraz qilinsa, u yoki bu obraz (yong‘oq — toshbaqa, qo‘ng‘iz, 
qayiqcha yeryong‘oq — qush, jonivorlar, ular tanalarining ayrim qismi) kishi ko‘z 
o‘ngiga keladi. 
Eman daraxti mevasini yetilgan vaqtida usti yumshoqligida terib olish va ular 
ortiqcha qurib ketmasligi uchun issiqlik manbalaridan uzoqroqda saqlash kerak. 
Ana shunday qilinganda ularni teshish, qismlarga ajratish qiyin bo‘lmaydi. Eman 
daraxti mevasini pallasi bilan birga yig‘ish kerak, chunki ulardan mustaqil narsalar 
yasash yoki narsalarning bezagi sifatida foydalanish mumkin. Meva va poliz 
ekinlarining urug‘ (danak)larini yaxshilab yuvish, artish, quritish hamda 
qutichalarga solib qo‘yish kerak. Qamish, g‘o‘zapoyani yaxshilab tozalash va 
ularni uzunliklariga moslab yasalgan quticha, g‘iloflarga solib qo‘yish kerak. 
Quyidagi rasmlarda somondan bajarilgan applikatsiya ishlari namunalari 
keltirilgan: 


122 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin