126
Mashg‘ulotning vazifalari.
Bolalarni tabiiy materiallardan, kartondan,
matodan foydalanib, turli ashyolar yasashga o‘rgatish. Qo‘l mehnati bilan
shug‘ullanishga o‘rgatishni davom ettirish. Bolalarda o‘zlarining
mehnat
ko‘nikmasi va malakalarini mustaqil ravishda qo‘llashni, unga intilishlarini
tarbiyalash. Bolalarni tabiatni asrash va muxofaza qilishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotni jihozlash: dub daraxti, kashtan daraxti mevalari, na’matak guli
mevasi, patlar, plastilin, novdachalar, karton qog‘oz, yelim, ip, igna, mato
qiyqimlari.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi:
bolalar, o‘lkamizda oltin kuz fasli kezmoqda.
Bilamizki, kuz
faslida sabzavot, mevalar pishadi, to‘g‘rimi? Manzarali daraxtlarning mevalari
ham pishib, ko‘chalarimizda, xiyobonlarda ostiga to‘kilib yotibdi. Bilasizmi,
bolalar bugungi mashg‘ulotimizda sizlar bilan
ana shu manzarali daraxt
mevalaridan o‘yinchoqlar yasaymiz. Faqatgina o‘yinchoqlar emas, ilk marta
birinchi sinfga boradigan o‘quvchi kichkintoylarimiz uchun hisob-kitob
mashg‘ulotida foydalanish mumkin bo‘lgan tizimchalarni ham yasaymiz. Tizimcha
yasalishi uchun qalinroq ip olamiz-da kashtan mevasini teshib, ip o‘tkazamiz.
Dastlab bolalar 10 raqami ichida sanashni o‘rganishlari sababli, tizimchaga 10 ta
mevani ipdan o‘tkazib chiqamiz. Bu tizimchani eman daraxti mevasidan ham
tayyorlash mumkin. Agar meva bir oz ko‘rib qolgan bo‘l sa, ozroq suvga solib
qo‘yilsa, ustki po‘stlog‘i yumshaydi va tizimchani tayyorlash mumkin bo‘ladi.
Qani kim sanab beradi?
Tarbiyachi:
barakalla, bolalar sizlar bilan
mana bunday stakanchalar
tayyorlaymiz. Kvadrat shaklidagi karton qog‘oz olib, undan doira qirqamiz. So‘ng
to‘rtburchak shaklidagi qog‘ozning pastki qismini bir sm enlikda qoldirib arra
tishlariga o‘xshatib kesib chiqamizda, ikki tomonini yelimlab, pastki qismidagi
qirqilgan bo‘laklarga yelim surtamiz va doirachaga yelimlaymiz. Stakancha tayyor.
Bolajonlar, sizlar ham stakanchangizni tayyorlab bo‘ldingizlarmi?
127
Barakalla! Stakan tayyor bo‘lgan bo‘lsa, endi mo‘yqalamni
artish uchun
artgich, salfetka, tayyorlaymiz. Keraksiz matolardan bir necha kvadratchalar qirqib
undan doirachalar hosil qilamiz. Doirachalarni ustma-ust qo‘yib, o‘rtasidan tiqib
qo‘yamiz. Mana mo‘yqalam artgich ham tayyor bo‘ldi.
Bolalar, o‘yinchoq ham yasaylik, deyapsizlarmi? Albatta, o‘yinchoqlar ham
yasaymiz. Hozir na’matak va kashtan daraxtining mevasidan "Ninachi va
chumoli"ni yasaymiz. Buning uchun kashtan mevasini olib, unga sal kichikroq
kashtan mevasiga chumolining bosh qismini o‘rnatamiz, oyoq-qo‘llarini esa
novdadan yasab, to‘nkaga o‘tkazib qo‘yamiz, ko‘zlarini esa plastilindan yasaymiz.
Ninachining tanasi
kashtan mevasidan tayyorlanib, uning orqa tomoniga gugurt
cho‘p o‘rnatib, kichik kashtandan bosh qismni yasaymiz: qo‘l-oyoqlarini aso
novdadan tayerlaymiz. Manzarali daraxt mevasidan qanotlarini yasab, plastilin
bilan yopishtiramiz. Mana, ninachimiz ham tayyor! Qani eslangchi,
ninachi
haqidagi qaysi masalni bilasiz?
Bolalar javobi rag‘batlantirilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
Bolalarga chiqindi materiallar (ip, shoyi, mo‘yna, polietilen kabilar)dan
foydalanib har xil mazmunda applikatsiyalar tuzish taklif etiladi. So‘ng ularga
matolardan o‘yinchoqlar, turli bayram ertaliklari uchun ertak kahramonlarining
kiyimlari hamda quvnoq qiziqchilar, petrushkalar kiyimlarini tikishga ham
o‘rgatiladi. Bolalarning o‘zlari yasagan o‘yinchoqlar ijodiy, harakatli o‘yinlar
jarayonida namoyon bo‘ladi. Quyidagi rasmlarda tabiat
ashyolaridan bajarilgan
o‘yinchoqlar namunalari keltirilgan: