Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


TABIIY VA TAShLANDIQ MATERIALLARDAN O‘YINChOQLAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

TABIIY VA TAShLANDIQ MATERIALLARDAN O‘YINChOQLAR 
YaSASh 
Tabiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to‘planadi.
 
Ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo‘lajak ish namunasi ko‘rsatiladi. 
Bolalar uni diqqat bilan ko‘rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini
daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so‘ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi 
tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e’tibor beriladigan ob’ekt (eman, zarang, 
akatsiya daraxtlari, hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Bolalarning e’tiborlari va 
aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob’ektning zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari 
va xususiyatlarini ajratishga, to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga 
yo‘llaydigan savollar tuziladi.
 
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga qiziqish 
bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning 
butun go‘zalligini, uning ranglarini, to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining 
elastiklik xususiyatini yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini 
ko‘radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab
ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda 
o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli shaklda bayon 
etib beriladi: jumladan‚ o‘simlik yangi sharoitlarga moslashib, qishga tayyorgarlik 
ko‘ryapti. Barglarni to‘kish bu o‘ziga xos himoya turidir, chunki barglar suvni ko‘p 
bug‘lantiradi, qishda esa tuproqdan namlik juda kam miqdorda keladi. Shundan 
keyin bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning 
asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar ularning tuzilish shakllari 
mehnat darslarida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to‘plangan 
barglar material xizmatini o‘tashi kerak. 
Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini qiyoslashni 
o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan 


123 
barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan 
keyin bolalarga barglarning mehnat mashgulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi, 
buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir 
ekskursiyada bolalarning e’tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb 
etilishi kerak, Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan 
bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri 
tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, rangi 
qandayligiga alohida e’tibor berish topshiriladi. 
Bunday 
uyushtirilgan 
ekskursiyadan 
keyingi 
mashgulotda 
bolalar 
applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o‘z 
istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, 
qiziqishlari yanada ortadi. Bunday mashgulot quyidagi sxemaga ega bo‘lishi 
mumkin: 
1. Mashg‘ulot mavzusi va maqsadini aytish. 
2. O‘tkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat quyidagicha bo‘ladi: 
a) ekskursiyada qaerda bo‘ldik? 
b) qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday? 
v) ularning barglarining shakli bir xilmi? 
g) qanday hasharotlarni ko‘rdik? 
3. Namuna tahlili: 
a) kapalak qanday qismlardan tashkil topgan? 
b) uning qismlari qanday joylashgan? 
v) uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan? 
4. Ishni bajarish tartibini aniqlash: 


124 
a) kapalakning ayrim qismlari (tanasi, qanotlari)ning joylashishini tasvirlash; 
b) kapalakning tanasi va qanotlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil bo‘lgan 
barglarli topish; 
v) ularni qog‘ozda joylashtirish; 
g) ishni amaliy bajarish. 
5. Tarbiyachining ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari. 
6. Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish: 
a) kapalakning ayrim qismlarini qog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash; 
b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarini to‘gri tanlash; 
v) yelimlash ishlarini tartibli bajarish; 
g) kapalakning ko‘z va mo‘ylarini to‘g‘ri tasvirlash; 
d) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning 
nomlarini yozish; 
7. Ishni baholash. 
Ijodiy xarakterdagi ishlar. Masalan: «Baliqlardan kompozitsiya tuzish». 
Tarbiyachi umumiy vazifa beradi, bolalar esa‚ tarbiyachi namunasi asosida o‘z 
variantlarini izlaydilar.
Tarbiyachi doskaga baliq rasmi tasvirlangan plakatni osib qo‘yib, bolalar 
bilan birgalikda baliq tanasi, baliqning boshi, qanotlari, dumining shakli tahlil 
qilinadi. Baliq turiga ko‘ra uning tanasi, qanot va dumlari har xil bo‘lishi 
mumkinligi aniqlanadi, shuning uchun bu ishda turli tabiiy materiallardan 
foydalanish mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi. 
Avval baliq qismlari uchun material tanlash, uning umumiy tarhini chizish kerak. 
Shundan keyin qaysi detalning qanday tartibda yelimlanishini, detallarning 


125 
joylarini aniqlash va so‘ngra ishga kirishish lozim. Bunday yumushlar 
bajarilayotgan ishga ijodiy yondoshishni o‘stirishga yordam beradi. Mashg‘ulotga 
yakun yasash va bajarilgan ishni baholashda tarbiyachi foydalanilgan materiallar 
nomini so‘raydi. 
Bu tabiiy materiallar bilan ishlash mashg‘ulotining taxminiy tuzilishidir.
Quyida jo‘xori so‘tasi‚ eman daraxti mevasi‚ kashtan mevasi‚ qush patlari‚ 
archa daraxti mevasi‚ namatak mevasidan tayyorlangan o‘yinchoq namunalari 
ishlangan: 
Tabiiy materiallardan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin